1. шахмат pra indd


  Kim o‘zining qaysi donasini ushlasa, o‘sha donani  yurishga majbur bo‘ladi. Buni “ushlaganni yurish” deyiladi.  2


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

1. 
Kim o‘zining qaysi donasini ushlasa, o‘sha donani 
yurishga majbur bo‘ladi. Buni “ushlaganni yurish” deyiladi. 
2. 
Kimki raqib donalarini birini ushlasa, o‘sha donani urib 
olishga majbur bo‘ladi. 
3. 
Donani bir xonadan ikkinchi xonaga olib qo‘yib, undan 
qo‘l uzgandan keyingina yurish qilingan hisoblanadi. 
4. 
Agar donalarni katakchalarga to‘g‘rilab qo‘yish zarurati 
tug‘ilsa, unda “to‘g‘rilayapman” deb ogohlantirish kerak. 
5. 
Donani qaysi qo‘l bilan yursa, soatni ham shu qo‘l bilan 
bosish kerak. Shaxmatni ikki qo‘lda o‘ynash qoidaga zid. 
6. 
Tomonlar bir-birining shohiga hujum qilganda, “shoh” 
deb aytishlari shart emas, o‘ynovchilarning o‘zlari ko‘rishlari 
kerak. 
Shaxmat 
o‘rganuvchilarga 
musobaqalarda 
o‘ynagan 
partiyalarini yozib borishga odatlanish tavsiya qilinadi. Chunki ular 


81 
tomonidan qo‘yilgan xato va kamchiliklar murabbiy tomonidan 
tushuntirilishi kerak. Bu bilan ular o‘z o‘yinlarini tahlil qiladi, yo‘l 
qo‘ygan xatolarini topadi va tuzatadi. 
 
2.4. Shaxmat notatsiyasi 
Shaxmat taxtasidagi har bir xona o‘z nomiga, har bir sipoh esa 
o‘zining qisqa ifodasiga ega. Maxsus belgilar yordamida partiya, 
ya’ni taxtadagi sipohlarning yurishi yozib boriladi. Bunday yozib 
borish – shaxmat notatsiyasi deyiladi. 
Uning yordamida turli vaqtlarda turli shaxmatchilar 
tomonidan o‘ynalgan partiyalarni o‘qish va o‘z partiyalarini yozib 
borish mumkin. 
Xonalar va sipohlar ifodasini bilib, har qanday vaziyatni 
osongina yozib olasiz. Partiyani yozib olish uchun avval yurish 
raqami, keyin donalarning qisqacha belgisi hamda katakning nomi 
ifodalanadi. 
Shaxmat adabiyotlaridan foydalanganimizda bir qancha qisqa 
belgilarga duch kelamiz. Ular bilan tanishamiz. 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling