1. шахмат pra indd


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

Mamajon Muhitdinov (1927–2002). 1927 yil Namangan 
viloyatida tug‘ilgan. Markaziy Osiyoda shaxmat bo‘yicha birinchi 
sport ustasi (1956 yil). 4 marta O‘zbekiston chempioni (1952, 
1954, 1957, 1965 yillar). 1965 yili O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan murabbiy unvoni berilgan. 
1987 yildan xalqaro toifadagi hakam bo‘lgan. 
1949 yil Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari 
institutini tugatgach, 1960 yilgacha temir yo‘l boshqarmasi- da 
muhandis, 1960 yildan 1971 yilgacha respublika o‘quvchi- lar 
saroyidagi shaxmat to‘garagida va mamlakat shaxmat terma 
jamoasida bosh murabbiy bo‘lgan. 
1971 yildan 1981 yilgacha O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 
tarix institutida ilmiy xodim bo‘lgan, tarix fanlari nomzodi. 
1961 yildan 1982 yilgacha O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi- 
ga 
raislikqilgan.1956yildan“SovetO‘zbekistoni”gazetasishaxmat 
bo‘limida va 1967 yildan “Guliston” jurnalida muxbir bo‘lgan. 
Uzoq yil “O‘zbekistonda shaxmat madaniyati tarixi” 
mavzusida tadqiqot olib borgan. Shaxmat nazariyasi va uslubiga oid 
darslik, ommabop kitoblar yozgan va tarjima qilgan. 
Jismoniy tarbiya va sportga qo‘shgan hissasi uchun 1997 yil 
“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Uning shaxmat o‘yiniga 
doir “Shaxmat va adabiyot”, “O‘zbekistonda shaxmatchilik”, “Aql 
mo‘jizasi”, “A’zamovlar sulolasi”, “64 katak – 32 dona”, “Sharq – 
shaxmat vatani”, “Azmiddin Xo‘jaev xotira turnirlari”, “Ot surib, 


58 
fil 
o‘ynatib”, “Sohibqiron dona surganda”, “Kataklarda 
yashiringan olam”, “Shaxmat”, “Maroqli hikoyalar” kabi asarlari 
hozirgacha kitobxonlar tomonidan qiziqish bilan o‘qilmoqda. 
Rustam Mashrukovich Qosimjonov 1979 yil 5 dekabrda 
Toshkentda tug‘ilgan. 5 yoshidan A.V. Grushevskiy rahbarligida 
shaxmat bilan shug‘ullana boshlagan. 1990 yil yoshlar o‘rtasida 
O‘zbekiston chempioni, 1994 yil 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 
o‘rtasida Osiyo chempioni (Qatar), 1996 yil xalqaro sport ustasi
1997 yil kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, xalqaro 
grossmeyster. 
1998 yil kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olibi (Eron), 
1999 yil 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionati 
sovrindori (Armaniston), 2002 yil jahon Kubogi sovrindori 
(Hindiston). 
2004 yil Liviyaning Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE 
chempionatining 
finalida 
o‘zbek 
grossmeysteri 
Rustam 
Qosimjonov angliyalik Maykl Adamsni mag‘lub etib, FIDE tasnifi 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling