1. шахмат pra indd


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

E.B.Muxin. 
O‘zbekistonlik 
shaxmatchilar 
Evgeniy 
Borisovich Muxinni grossmeysterlarning “kushandasi” deyishadi. 
Muxin 1946–1950 yillar Toshkentdagi o‘quvchilar saroyi 
qoshidagi shaxmat to‘garagida shaxmat sirlaridan voqif bo‘lgan. 
1952 yil respublika kattalar chempionatida 4-7- o‘ringa da’vogarlik 
qildi va peshqadamlar qatoriga o‘tdi. Uning kombinasion qobiliyati 
tobora sayqal topib bordi. Shu tufayli sport ustalari bilan bo‘lgan 
uchrashuvlarda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 
1953 yil Leningradda o‘tkazilgan SSSR jamoa birinchi- ligida 
sport ustasi SHamaevni enggani ko‘pchilikka kutilmagan 
hodisadek tuyuldi. Lekin bu g‘alaba Muxin mahorati tobora ortib 
borayotganligidan dalolat edi. 1955 yilgi respublika chempionatida 
Muxin 2–3-o‘rinni egallab SSSR sport ustaligiga nomzod bo‘ldi. 
1967 yil SSSR sport ustaligi talablarini bajardi. Muxin taktik 
mahoratli, murakkab hisoblarni tez bajarardi. Uning qobiliyatli 
shaxmatchi ekanligini grossmeysterlar ham e’tirof etishgan. 
G.T.Agzamov (1954–1986). O‘zbekistonning birinchi gross- 
meysteri Georgiy Agzamov 1954 yil Toshkent viloyatining 
Olmaliq tumanida tug‘ilgan. 20 yoshida SSSR sport ustasi talabini 
bajargan. 1981 yil SSSR xalqlar spartakiadasida O‘zbekiston terma 
jamoasi safida birinchi taxtada uch nafar jahon chempioni – M.Tal, 
T.Petrosyan va B.Spasskiy hamda L.Polugaevskiy va M.Taymanov 
kabi grossmeysterlar bilan o‘ynagan. 


57 
1982 yil xalqaro sport ustasi va 1984 yil xalqaro grossmeyster 
unvonlarini olgan. Ikki yilda 6 ta xalqaro turnir g‘olibi bo‘lgan va 
5 marta grossmeysterlik talabini bajargan. 1986 yil Sevastopolda 
baxtsiz voqea tufayli 31 yoshida vafot etgan. 
O‘zbekiston shaxmat federasiyasi 2007 yildan buyon har 
yili Toshkent shahrida Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlab 
shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazib kelmoqda.

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling