94
b) o‘ynayotgan tomonlarning har birida bittadan yengil sipoh
qolganda;
v) raqiblarning birida mot qo‘yish
uchun yetarli ustunlik
bo‘lmaganda, ya’ni, shoh va fil shohga qarshi yoki shoh va ot
shohga qarshi bo‘lgan holatlar;
g) ikki tomonning roziligi bilan durang qilish ham mumkin.
2.6. O‘yinni qanday boshlash kerak?
Hurmatli o‘quvchi! Siz shaxmatning boshlang‘ich
qoidalari
va mot qilish usullari bilan tanishdingiz. Demak, endi siz shaxmat
o‘ynashni o‘rgandingiz.
Qiziqarli va aqlli o‘yin – shaxmatni yaxshi o‘zlashtirish,
yuqori natijalarga erishish uchun yana nimalarga e’tibor berish
darkor? O‘yin boshida qanday yurishlar qilish kerak? Bu savollar
har bir havaskor shaxmatchini o‘ylantiradi.
Ma’lumki, o‘yin boshida ikki tomonda ham imkoniyatlar teng
bo‘ladi. Oq va qora donalar teng hududga, simmetrik holatga ega
bo‘ladi. To‘g‘ri, oqlar kichik ustunlikka ega. Bu birinchi bo‘lib
yurish huquqidir.
O‘yinlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
shaxmat ustalarining
uchrashuvlarida oqlarning ustunligi ma’lum vaqt sezilib tursada,
bora-bora qoralar o‘yinni tenglashtirishi mumkin.
Qaysi donalarda o‘ynashidan qat’iy nazar, bilimi va mahorati
ustun o‘yinchi g‘alaba qozonadi. Amalda o‘ynalgan juda ko‘p
o‘yinlarning natijasi nazariy tekshirishlarda
debyut variantlari va
vaziyatlari “sir”lari ochilgan.
Shaxmatda vaqt yurishlar soni bilan belgilanadi. Shunday
ekan, debyutdagi asosiy maqsad –
markazni egallash, qisqa
muddatda ko‘proq kuchni harakatga
keltirish va raqibga
qiyinchiliklar tug‘dirishdan iboratdir.