1. Шахс ривожланишининг индивидуаллик хусусиятлари дифференциал психологиянинг


Xarakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham


Download 464.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana28.12.2022
Hajmi464.27 Kb.
#1022898
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
20-mavzu. Psixologiya.. Tеmpеramеnt va xaraktеr. Ma\'ruza

Xarakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham 
tashkil etishi mumkin. Mashxur nemis faylasufi va psixologi Eduard Shpranger 
shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha quyidagi tiplarni keltiradi:
1. Ilmiy odam. Faqat yagona ehtiros – tushuntirishga, aloqalarni o‘rnatishga, 
nazariy bilimlarni ishlab chiqishga olib boruvchi ehtirosga egadir. Uning 
kechinmalari voqeiy hayotdan uzilgan bo‘lib, bilish imkoniyatining mavjud 
emasligidan tushkunlikka tushishi, nazariy kashfiyotdan zavqlanishi mumkin. 
Unga faqat bilish metodlarining sofligi – qanday bo‘lsada, haqiqatga erishish 
qadrliroqdir.
2. Iqtisodchi odam. Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam bo‘lishi 
shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini belgilab beruvchi 
bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. Barcha hayotiy aloqalarda 
bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U maksimal darajada 
foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni tejay oladi. Bunday odamni 
ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
3. Estetik didli odam. Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas. Olam 
bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash uchun kurash 
bilan bog‘liq. Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch kabi shirin, azob 
tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir: bu fantaziya olami. Estetik tipni ko‘rib 
chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, balki o‘zini yaratuvchi, 
estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar ko‘zda tutiladi. 


4. Ijtimoiy odam. Ijtimoiy deb atalgan alohida hayot shakli o‘zgalar 
manfaati yo‘lida o‘zidan voz kechish ehtiyoji etakchi hayotiy ehtiyojga 
aylanganida yuzaga keladi. 
O‘zining yuksak ifodasida ijtimoiy yo‘nalganlik mehr-muruvvatdan tashkil 
topgan. Biror odamni, unda haqiqat yoki go‘zallik, yoki oliyjanoblik qadriyati 
namoyon bo‘lganligi sababli sevish mumkin. Mehribonlik odamlarda yashirin 
holatdagi ma’lum qadriyatlar tashuvchilarni ochib beradi va ular o‘z hayoti 
mazmunini bu odamlarga sadoqatli bo‘lishda topadi. 
5. Siyosiy odam. Inson uchun qudratga ega bo‘lish asosiy ahamiyat kasb 
etgan alohida holat. Bunday odamning olamni his etishi umumiyligi bilan ajralib 
turadi, umumiylik o‘z mavqeini belgilash, muvaffaqiyatga erishish, hayotiy 
quvvat, turmushdagi harakatda namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar yuqori ijtimoiy 
darajaga intiladilar va faqat o‘sha darajadagina dohiy sifatida, shon-shuhrat 
pog‘onasida o‘zlarida mamnunlik his qiladilar. 
6. Diniy e’tiqodli odam. Bu ma’naviy hayot yo‘li diniy qonunlar asosida 
hayotning yuksak mazmuniga erishishga qaratilgan odam. Diniy e’tiqodli odamlar 
hulq-atvorida altruizm yo‘nalishi dominantlik qiladi. Hayotlarining oliy 
mazmunini odamlarga oliyjanoblik bilan beminnat xizmat ko‘rsatish – zarar 
ko‘rganlar, yaralanganlar, shikastlanganlar, muhtojlar, tahqirlanganlar va 
yolg‘izlarga yordam ko‘rsatishda deb biladilar. 
Diniy aqidaparastlar dindor odamlar ong osti sohasiga inson psixikasining 
murakkab ichki tuyg‘usi – ishonch mexanizmi bilan qamrab olgan holda 
mustahkam singdirib boradilar. Dindor odam hulq-atvori o‘zgarib boradi – 
psixikasida insonga nisbatan yaxshilik, mehribonlik g‘oyalari dominantlik qila 
boshlaydi. 
Xarakter tiplarining boshqa tasniflari ham mavjud. Xuddi shunday, 
insonning hayotga, jamiyatga va ahloqiy qadriyatlarga munosabati asosidagi 
xarakterlar tipologiyasi keng tarqalgan. Uning muallifi – E. Fromm ushbu 
tasniflashni xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi deb nomladi. Turli odamlar hulq-
atvorini kuzatishdan to‘plagan ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni klinikadagi 
amaliyot bilan solishtirgan holda, E. Fromm ijtimoiy xarakterlarning quyidagi 
asosiy tiplarini keltirib chiqardi. 
1. 

Download 464.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling