kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamlarning
hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo‘yicha sodir bo‘ladi: o‘zgaruvchan
extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha qiyinchiliklarsiz darhol qondirilishi
kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy mexanizmi –
zavqlanish
(gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og‘ir vaziyatlarni keskin
kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan psixologik soxta himoya –
voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik,
mevasiz orzular va shirin
xayyollar olamiga g‘arq bo‘lish) ga murojaat qiladilar.
4.
Xarakterning variativ tipi – muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar orqali
moslashadigan; shaxs
rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor barqaror umumiy
usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday tipdagi odamlar ichki
olamining soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash uchun kurashi to‘g‘ri chiziq
bo‘yicha
amalga oshiriladi, ular shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon
qilmaydilar, alohida ichki chegaralarga ega emas, ularga to‘siqlarning faqat tashqi
turi ma’lum. Ichki olamni tashqi sharoitlarga moslashtirish, to‘g‘rilash,
monandlash – bunday odamlar moslashishining umumiy usullari shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: