1. Шахс ривожланишининг индивидуаллик хусусиятлари дифференциал психологиянинг


Download 464,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana28.12.2022
Hajmi464,27 Kb.
#1022898
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
20-mavzu. Psixologiya.. Tеmpеramеnt va xaraktеr. Ma\'ruza

«Mazoxist-sadist». 
SHaxsiy 
hayotidagi 
muvaffaqiyatlari 
va 
omadsizliklarini, shuningdek, kuzatiladigan voqealar sababini sharoitlarda emas, 
balki, odamlarda ko‘rishga moyildir. Bu sabablarni bartaraf etishga intilib, 
tajovuzkorligini omadsizlik sababi bo‘lib ko‘ringan odamga yo‘naltiradi. Bunday 
odam mustaqil bilim olish, o‘z ustida ishlash, odamlarni yaxshi tomonga 
o‘zgartirish bilan ko‘p shug‘ullanadi. O‘zining qat’iy harakatlari, cheksiz talablari 
va intilishlari bilan ba’zan o‘zini va atrofdagilarni toliqtirib qo‘yadi. Bunday odam, 


ayniqsa, atrofdagilar ustidan hukronlik qila boshlaganida, «ezgu niyatlar»dan kelib 
chiqqan holda odamlarni dahshatga sola boshlaydi. 
Bunday odamlarni xarakterlagan holda, E. Fromm: «Eng ko‘p namoyon 
bo‘ladigan mazoxist qarashlar – bu shaxsiy norasolik, muhtojlik, notavonlik hissi» 
deb yozgan edi. Mazoxist-odamlar o‘zini kamsitish va kuchsizlantirishni namoyon 
qiladilar, o‘zini tanqid qilish va azoblashdan rohatlanadilar, o‘zlariga be’mani 
bekorchi ayblovlarni qo‘yadilar, barcha holatlarda bunga aloqador bo‘lmasalarda, 
aybdorlikni o‘zlariga olishga harakat qiladilar. 
Fromm fikriga ko‘ra, bunday tipdagi odamlarda deyarli har doim sadistlikka 
moyillik mavjud bo‘ladi. Bu ularning odamlarni o‘zlariga tobe qilishlarida, 
ularning ustidan to‘liq hukmronlikka ega bo‘lishlarida, ulardan manfaatdor 
bo‘lishlarida, ularga azob berishlarida, ularning azoblanishlaridan rohatlanishlarida 
namoyon bo‘ladi. Bunday tipdagi odam Fromm tomonidan avtoritar shaxs deb 
nomlangan. Masalan, Gitler, Stalin va boshqalar bunday tipdagi odamlar edi. 
2. «Buzg‘unchi». Ushbu odamda frustratsiya, umidlarning chilparchin 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan ob’ektga nisbatan ifodalangan tajovuzkorlik va uni 
bartaraf etishga faol intilish bilan xarakterlanadi. «Buzg‘unchilik,- deb yozadi 
Fromm,- bu chidab bo‘lmaydigan kuchsizlik hissidan xalos bo‘lish». 
Buzg‘unchilikka, odatda, xavotirlanish va kuchsizlik hissini boshidan kechiruvchi,
aqliy va emotsional imkoniyatlarini joriy qilishi cheklangan odamlar o‘zining 
hayotiy muammolarini hal etish vositasi sifatida murojaat qiladilar. 
3. «Konformist-avtomat». Bunday individ, qiyin ijtimoiy va shaxsiy hayotiy 
muammolar bilan to‘qnash kelganida, o‘ziga o‘xshamay qoladi. U so‘zsiz, ushbu 
vaziyatda ko‘pchilikka xos bo‘lgan tafakkur tipi va hulq-atvor usulini darhol 
o‘zlashtirgan holda sharoitlarga, turli ko‘rinishdagi jamiyatga, ijtimoiy guruh 
talablariga bo‘ysunadi. Bunday odamning deyarli hech qachon shaxsiy fikri ham, 
ifodalangan ijtimoiy qarashi ham bo‘lmaydi. U shaxsiy «Men»ini, individualligini
yo‘qotgan va ma’lum sharoitlarda undan kutilgan, aynan, o‘sha hislarni boshidan 
kechirishga odatlangan. Bu ongli yoki ongsiz moslashuvchi tipi. 
K.Yung tomonidan taklif etilgan xarakterlarning ekstravert va introvert 
tiplarga mansubligiga bog‘liq ravishda tasniflanishi keng ommalashdi. 
Ekstraversiya-introversiya 
hozirgi 
zamon 
psixologiyasida 
temperament 
ifodalanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Birinchi tip shaxsning ob’ektlari sub’ekt 
qiziqishlari, hayotiy quvvatini o‘ziga tortuvchi atrof-olamga qaratilganligi bilan 
xarakterlanadi, bu esa ma’lum ma’noda shaxs sub’ektiv olami hodisalari o‘rnining 
kamsitilishiga olib keladi. Ekstravertlarga ta’sirchanlik, tashabbuskorlik, hulq-
atvorning egiluvchanligi, muloqotchanlik xosdir. Introvertlar esa shaxs 
qiziqishlarining shaxs ichki olami hodisalarida qayd qilinishi, odamovilik, o‘zini 
tahlil qilishga moyillik, moslashishlarining qiyinligi bilan xarakterlanadilar. 



Download 464,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling