1. Sharq va g‘arb мutafakkirlari qarashlaridagi farq va o‘zaro aloqalarni asoslash


Download 71.12 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi71.12 Kb.
#1487752
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta

Erning ayol ustidagi bu haqqi, yaʼni ayol kishi muboh ishlarda eriga itoat qilishi doirasiga ayol kishi erining ruxsatisiz nafl roʻza tutmasligi, uning ruxsatisiz nafl haj qilmasligi, unga aytmasdan uydan chiqmasligi, uning roziligisiz uydagi narsalardan birovlarga sadaqa va ehson qilmasligi ham kiradi. Shariatda erga itoat qilish ayol kishiga vojib boʻlishining hikmatlaridan biri shuki, erning oʻz ayolidagi haqlari va fazli oilaning boshqa aʼzolariga nisbatan buyukdir. Er tufayli ayol oilaning hurmatli bekasiga aylanadi, yomon koʻzlardan va yomonlardan muhofaza qilinadi, himoyalanadi.

  • Ayol kishi asosiy vaqtini farzand tarbiyasi bilan oʻtkazishi lozim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Barchangiz rahbardirsiz va barchangiz qoʻl ostingizdagilardan soʻralursiz. Amir rahbardir. Er kishi oʻz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir”, deydilar [4:358].

  • Xotin erining haqqini hurmat qilishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: “Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol boʻlmaydi” (Imom Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan).

  • Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi boʻlishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Xotin kishi nochorligi uchun gʻazablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga oʻtishidan qoʻrqib, undan hojatdan ortigʻini talab qilmasligi lozim. Aksincha, erini ham qanoatga undab, harom yoʻllardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib bunday derdi: “Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo doʻzax oloviga chiday olmaymiz”.

    Ayol kishi erining tuygʻularini hurmat qilishi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan ishlardan yiroq boʻlishi va erining moliyaviy sharoitini hisobga olishi, erining uydan tashqaridagi masʼuliyatini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta boʻlmasligi yoki bu borada eriga bosim oʻtkazmasligi lozim. Shuningdek, eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Baʼzi ayollar nuqul boshqa oilalarda erning xotiniga sarflagan narsalarini misol qilib, eridan xuddi shunday taʼminot talab qiladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuygʻularini oʻzining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi boʻladi.

    1. Xotin erining doʻstiga notanishdek boʻlishi lozim. Eri uyida boʻlmaganida, uning doʻsti eshik qoqsa, u bilan soʻzlashmasin. Aks holda, bu rashk va janjalga sabab boʻlishi mumkin.

    1. Xotin goʻzalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk boʻlsa, yomon koʻrmasligi, agar boy boʻlsa, moli bilan gʻururlanmasligi kerak. Erning qarindoshlarini hurmat qilishi va qadrlashi lozim.

    1. Xotin farzandlarini ham hurmat qilishi, ularni urishib, laʼnatlashdan tiyilishi lozim. Bu farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

    Er – oila rahbari. Ayol eriga hurmat va itoatda boʻlsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan boʻladi. Natijada oilada ahillik, muhabbat hukm suradi va u mustahkam boʻladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishi va boshqa koʻplab noxushliklarga sabab boʻladi. Ammo bu ayol kishi xohlasa ham, xohlamasa ham oilada yashashga majbur, uning ajrashishga haqqi yoʻq, degani emas. Islomda ayol kishi ham ajrashish huquqiga ega. U buni “xuluʼ” yoʻli bilan bajaradi. “Xuluʼ” “kiyim yechish” maʼnosini bildiradi. Shariatda esa, xotin kishining arz qilish orqali eri bilan ajrashishiga “xuluʼ” deyiladi, yaʼni ayol ajrashmoqchi boʻlsa, qozixonaga ariza berib ajrashish huquqiga ega boʻladi [5].
    2020 yil 6 avgust kuni Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasida “Musulmon jamiyatlarida oilaviy munosabatlardagi muammolar: Sabab va yechimlar” [6:121] mavzusida xalqaro mutaxassislar va yurtimizdagi islomshunos olimlar, imom-xatiblar, diniy bilim yurtlari mudirlari va talabalar ishtirokida video-seminar oʻtkazildi. Unda islom ilmlari boʻyicha yetuk olim, Tatariston Respublikasidagi Bulgʻor islom akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi) professori Shayx Abdurazzoq Saʼdiy ishtirok etdi va ajrashishlarning yechimi sifatida quyidagi tavsiyalarni sanab oʻtdi:
    – oila qurishdan avval kuyov yo kelinning mol-davlati, shon-shuhratiga emas, tarbiyasi va axloqiga, maʼnaviy goʻzalligiga eʼtibor qaratish lozim;
    – oʻzaro kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, darrov ajrashmasdan, oʻrtani isloh qilish va yarashtirish uchun ikki tomondan vakillar chaqirish;
    – iqtisodiy kamchiliklar boʻlganda, boriga qanoat qilish va sabrli boʻlish;
    – diniy idora oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, taloqning oqibatlari kabi mavzularda juma tezislarini ishlab chiqishi va musulmon ommasiga yetkazishi;
    – oilalarda vujudga kelayotgan nohaqlik, zulm va ajrashishlarning oldini olish maqsadida diniy idora tizimida fiqhiy ilmga ega 2-3 kishidan iborat yetuk mutaxassislar hayʼatini tuzish va muammolarga oʻz vaqtida yechim topish.
    2. Mahr bu ayol va erkak o‘rtasida aqdi nikoh qilingan paytda kelinga beriladigan moliyaviy haq hisoblanadi. U ayol kishining haqqidir. Qur'oni Karimda 4 o‘rinda uni berishga buyruq qilingan. Payg‘ambarimiz s.a.v ham «Mahr berish uchun bir temir uzuk bo‘lsa ham topgin», deya uylanadigan kishiga mahr berishga buyruq qilganlar. Mahrni kuyov beradi – uning ota-onasi emas. Bu bilan unga oilaboshilik mas'uliyati anglatiladi. Mahr miqdorining eng kami 4,25 gramm tillaga tenglashtiriladi. Shu qiymatdan tushmasligi kerak. Eng ko‘pining esa chegarasi yo‘q: hisobsiz mol-mulk bo‘lishi ham mumkin.
    Turmush quradigan yoshlarimizga mahr berish va olish farzi haqida ta'limot berilishi lozim. Yigitlarga zimmasidagi mahr berish, qizlarimizga mahr talab qilish huquqlari, miqdori haqida anglatish kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda bu masalani ko‘pchilik yaxshi anglamayapti. Buni nikoh paytida yoshlarga anglatish imom-domlalarning vazifasiga kiradi. Nikoh paytida kelinda hayajon yoki uyat hissi tufayli buni so‘ray olmasligi mumkin. Shunday vaziyatda uning otasi yoki aka-uka, yaqinlaridan biriga bu vazifa yuklatiladi. Kelinning nomidan mahr miqdorini e'lon qilib, talab qilishlari joiz bo‘ladi.
    Mahr berilish muddatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: mu'ajjal, ya'ni tezlatib beriladigan mahr va muajjal, ya'ni keyinroq beriladigan mahr. Kelishilgan mahrning bir qismini to‘y paytida berish, qolganini vaqt o‘tib aytilgan muddatida berish mumkin. Ayniqsa hozir bu muddatni guvohlar ishtirokida kelishib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqa qarzlar kabi mahr ham erkakning zimmasida to vafotiga qadar turaveradi.
    Mahrga qo‘lga kiritiladigan mol-mulk berilishi vojib bo‘ladi: u tilla, pul uy-joy bo‘lishi mumkin. Ma'naviy narsalar mahr sifatida berilmaydi – ular mahr bo‘la olmaydi, chunki ular qo‘lga kiritiladigan mulk emas. Agar uy-joydan ma'lum xonalar ajratib berilsa, o‘sha xona uning mulki hisoblanadi. Agar sabablarga ko‘ra turmush davom etmaydigan bo‘lsa, o‘sha joy uning mulkidir, istasa kirib yashashi, istasa uning qiymatini so‘rab, hisoblab haqqini olishi mumkin. Er-xotin bo‘lib yashagandan keyin qanaqa ayb bilan ajrashgan taqdirda ham ayol mahrini olishi shart. Avvallari bu qozilar orqali hal qilingan. Islomiy davlatlarda bu qonunga kiritilgan: erkak kishi mahrni aytilgan vaqtda bermasa tegishli tartibda qonunan hal qilinadi. Bizda ko‘pincha imom-domlalarga murojaat qilinadi.
    Download 71.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling