1. Sharq va g‘arb мutafakkirlari qarashlaridagi farq va o‘zaro aloqalarni asoslash


Download 71.12 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi71.12 Kb.
#1487752
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta

Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Zero, Alloh taolo Oʻz Kitobida: “Ayollar bilan yaxshilik ila turmush kechiring. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻplab yaxshiliklarni paydo qilsa!”, deya amr etgan (Niso surasi, 19-oyat) [3:402]. Bu amr erning xotinga yaxshi muomalada boʻlishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishini, baʼzi xatolariga koʻz yumishini taqozo etadi. Shuningdek, ayolni tarbiyalash va unga dunyoyu oxiratda foydasi tegadigan narsalarni oʻrgatib, taʼlim berishni ham nazarda tutadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarida: “Moʻmin er moʻmina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon koʻrsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi boʻlib ketaveradi”, deyiladi (Imom Muslim rivoyati). Yaʼni, er xotinining ayrim feʼlidan gʻazablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmasligi, shu tufayli xotinini yomon koʻrib qolmasligi lozimligi, balki uning yaxshi odatlarini ham koʻz oldiga keltirib, shu bilan koʻnglini toʻq qilib yurishi kerak. Shuningdek, er xotiniga xushfeʼl boʻlishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot kechirishi, ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan er Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilgan boʻladi.

  • Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi mahrdir. Bu – ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidan. Alloh taolo Qurʼoni karimda erlarni ayollarning bu haqqiga rioya qilishga chaqirib: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz” (Niso surasi, 4-oyat), deb amr etgan.

  • Er xotinning ozorini koʻtarishi, u gʻazablanganida va jahli chiqqanida muloyim boʻlishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.)dan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini koʻrmadim”.

  • Erkak ayolining or-nomusini saqlashi kerak. Oqibati buzuq boʻladigan har qanday holatga beparvo boʻlmaslik lozim. Ammo yomon oʻy, oʻta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan bunday rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.) erni oilasini xiyonatda gumon qilib, uyga kechqurun kelishdan qaytarganlar”.

  • Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli taʼminlashi kerak. Er oilasiga sarflagan xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslimning “Sahih”larida bunday keltirilgan: “Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, Paygʻambarimiz (S.A.V.) dedilar: ” Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining ogʻziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor». Shuningdek, bu masalada, yaʼni nafaqa masalasida er oʻzining iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib ish koʻradi. Alloh taolo Qurʼoni karimda bunday marhamat qiladi: “Boy-badavlat kishi oʻz boyligidan (yaʼni, oʻz boyligiga yarashadigan tarzda) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambagʻal) boʻlsa, u holda Alloh oʻziga ato etgan narsadan (oʻz holiga yarasha) nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga Oʻzi unga ato etgan narsadan boshqa narsani yuklamas. Alloh tanglik – kambagʻallikdan soʻng yengillik – boylikni ham paydo qilur” (Taloq surasi: 7-oyat)

  • Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir.

  • Er xotinini yaxshi koʻrsa, juda hurmatlashi lozim, yomon koʻrsa, zulm qilmasligi kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajrashsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xoʻrlaydi.

    Erning ham oʻz xotini oldiga i sharʼiy haq-huquqlari belgilangan. Zero, oilaning davomiyligi er-xotinning bir-biridan roziligi va haqlarini ado etishiga bogʻliq. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilar:

    1. Xotinning er oldidagi eng birinchi burchi yoxud erning oʻz ayolidagi eng birinchi haqqi – bu ayol kishining eriga hurmatli va itoatkor boʻlishidir. Ayol Allohga maʼsiyat hisoblanmaydigan barcha ishda eriga itoat qilishi lozim. Ayol kishi oilada oʻjar-qaysar boʻlsa, unday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Ayolning eriga hurmatli boʻlishi naqadar buyuk fazilat va baxt ekani haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: “Ayol besh vaqt namozini oʻqisa, (yilda) bir oy (farz) roʻzasini tutsa, oʻz farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga “jannatning istagan eshigidan kir!”, deyiladi” (Tabaroniy rivoyati).


    2. Download 71.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling