1 shavkat zokirov


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov

 
  Katta oqituvchi Zokirov SH. 
Mualliflar: T.f.n., dоtsеnt Qosimov E. 
T.f.n., dоtsеnt v/b Ismаtullаеv F. О. 
Tаqrizchilаr: T.f.n., professor Lafasov M.F. 
T.f.n., dоtsеnt Tursunov R. 
T.f.n., dоtsеnt v/b Rasulova N. 
Mеtоdik qo’llаnmа Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа
univеrsitеti Ilmiy-mеtоdik kеngаshining 2013 yil “------”------------dаgi
№ -------- - sоnli mаjlis bаyonnоmаsi bilаn nаshrgа tаvsiya etilgаn. 



 
 
Mustamlakachilik tuzilishining yemirilishi. 
Jahon mustamlakachilik tuzilishining barxam topishi jarayoni chorak asrdan 
ko`proq davom etdi. Sharqning mutloq ko`pchilik mamlakatlarida xalqlar mustaqil 
yashash huquqi uchun uzoq vaqt qattiq kurash olib borishga majbur bo`lgan edilar. 
Sotsializm 
yo`lini 
tanlagan 
mamlakatlarda 
(Xitoy, 
Koreya, 
Vetnam,Kampuchiya,Laos) kurash ayniqsa murakkab va ko`p qon to`kilishi 
sharoitlaridan boradi. Mustamlakachilikka qarshi shavqatsiz kurash Osiyo va 
Afrikaning ozodlik kurashiga milliy burjuaziya boshchilik qilgan mamlakatlarda ham 
avj olib ketgan edi. Bu kurashning borishida turli siyosiy kuchlarining jipslashuvi 
jarayoni yuz berib, xalqlarning milliy o`zligini anglashuvi ularning siyosiy faolligi 
o`sib borardi. Imperiyalarning sobiq mustamlakalarini e`lon qilish vaqtiga kelib 
burjua vakillari keldilar. Sharqning ko`pchilik mamlakatlarida milliy burjuaziya
qanchalik turli-tuman va hilma-xil bo`lishi barobarida davlat hokimiyati ham 
shunchalik turli-tuman ko`rinishida bo`lishi bilan farqlanadi. Agar hokimiyatiga
mayda milliy burjuaziya vakillari kelgan bo`lsalar unda ular ko`pincha mayday 
burjuadagi sotsializm deb tushuniladigan milliy sotsialistik davlat qurish 
to`g`risidagi o`z intilishlarini e`lon qilar, bunda chet el va yirik mulkchilikni
milliylashtirish (ayniqsa banklarni) va ularda davlat yoki mayda mulkdorlar 
manfaatlari yo`lida foydalanish ko`zda tutilar edi. 
Hokimiyat tepasiga kelib qolgan yirik burjuaziya vakillari ham chet el 
sarmoyasini banklarni milliylashtirishga intilsalarda, ammo iqtisodiy dasturni ular 
yirik tadbirkorlikni qo`llab quvvatlashni mo`ljallagan holda ishlab chiqadilar. 
Ta`kidlaganidek urushdan keyingi davrdan mustamlakachilik tizimining yemirilishi
chorak asrdan oshiq vaqtga cho`zildi. Mustaqil bo`lgan birinchi mamlakatlar 



qatorida Indoniziya bo`lib , 1945 yilning 17 avgustida Jekartada mustaqillikni 
tayyorlash bo`yicha qo`mitaga boshchilik qilgan Sukarno respublika tuzilganligini
e`lon qiladi. Uning o`zi respublikasining birinchi Prezidenti bo`lib qoladi. Ertasi 
kuni konstitutsiya qabul qilinib, milliy hukumat tuziladi, muvaffat parlament 
chaqiriladi. Konstitutsiyaga muvafiq davlat va xalq hayoti uchun muhim bo`lgan 
ishlab chiqarish tarmoqlari davlat mulkchilikni, ulardan maksimal foydalanish va 
xalqnining turmush darajasini ko`tarish maqsadida o`z qo`liga oladi. Konstitutsiya
tomonidan shuningdek davlatning chet el kompaniyalari ustidan nazorat o`rnatish, 
xalq uchun demokratik xuquqlar, barcha fuqorolarning tengligi, mehnat huquqi ta`lim 
olish huquqi uyushmalar tuzish, so`z, vijdon erkinligi va boshqa demokratik huquq
va erkinliklar joriy qilish imkoniyatlari ko`zda tutiladi. Bu qoidalar Kostitutsiyaga 
so`l kuchlarining bosimi ostida kiritilgan edi. 
Respublikaning e`lon qilinishi bu vaqtda xali yunon okkurpatsiya ostida 
bo`lgan Indoniziya xalqini amalda umumiy qo`zg`olonga chaqiriqni bildirar edi. 
Barcha frontlarda mag`lubiyatga uchragan Yaponiya Indoniziyada uning boyliklarini 
o`z manfaatlari yo`lida foydalanishni ko`zlab mustaqil qo`g`irchoq indonez davlatini 
tuzishga urinib ko`rdi. 
Tabiiyki, bunday mustaqillik mamlakatga intervisitsiya uyushtirish uchun bahona 
izlayotgan ingiliz, galand mustamlakatchiliklari tomonidan tan olinadi. 
Qo`zgolon amalda hamma joyda birin ketin boshlanib ketdi. Qo`zg`olonchilar 
Yapon xarbiy qismlarini qurolsizlantiradilar, ularning qurol-yarog`larni qo`lga 
kiritib, jangovar otryadlar tashkil qila bordilar. Bu aslida Indoniziya aholisining 
deyarli barcha qatlamlarini qamrab olgan qo`zg`olon bo`lgan edi deyish mumkin. 
Ishchilar chet elliklarga tegishli bo`lgan korxonalarni egallab ularni davlat mulki deb 
e`lon qilardilar. Yoshlar o`rtasida demokratik xarakat jonlandi. Mamlakatda o`ziga 
xos bo`lgan ikki hokimiyatchilik, yuzaga kelib, Yapon mamuriyati va armiyasi bilan 
bir vaqtda respublika milliy qo`mitalari va ularning qurolli otryadlari faoliyat 



ko`rsatayotgan edi. Biroq indoniziyaliklarga ham ko`p yillar davomida o`z 
mustaqilliklari uchun kurash oldinda turgan edi. 1945 yilning sentabrida
Indoniziyaga go`yoki Yapon bo`linmalarini qurolsizlantirish uchun ingiliz
qo`shinlarini keltiriladi, aslida ular asta-sekin mamlakatni okkupatsiya qilishni 
boshlab yubordilar. Bu yerga ingilizlar bilan birga amerikaliklar tomonidan qo`llab-
quvvatlangan golland otryadlari ham yotib keldilar. Oktabr oxirlarida ingliz va 
golland qo`shinlari mamlakatning bir qator strategic punktlari va bandargoxlarini ( 
Jakarta, Semarang va boshqa) bosib oldilar. 1945 yilning 10- noyabrida ingiliz 
qo`shinlari Surabaya shahrini shturm bilan egallashga urinib ko`rdilar, biroq 
ularning bu hujumlari yomon qurollangan bo`lsada vatanparvar indoniziyaliklarning
qattiq qarshiligiga uchradi. Bu yerdqa jangler ikki xafta davom etgani holda xalq 
uchun katta ma`naviy ahamiyatga ega bo`ldi. 
Bosqinchilik siyosatiga qattiq qarshilik ko`rsatilishi xalqaro jamoatchilik 
tomonidan norozilik bildirishi Nederlandiya hukumatini muzokaralar boshlashga
majbur bo`ldi. Gollandparastlik mavqeida bo`lgan Angliya bu munozaralarda
vositachi sifatida maydonga chiqadi. 1946 yilning noyabrida nihoyat Lingad
ahdnomasi parfinirovna bu axdlashuvi 1947- yilning martida kuchga kiradi, bunga 
ko`ra Niderlandiya- Indoniziya ittifoqi doirasida Indoniziya qo`shma shtatlari tuzildi. 
Biroq 1947-yil yanvaridayoq Niderlandiya va unga ittifoqchi davlatlar 
Indoniziyani iqtisodiy metodlar bilan yon berishiga majbur qilishga umid qilib 
qamal qilishini boshladilar. Biroq hamal ham imperiya davlatlariga ular istagan 
natijani bermadi. 
1947 yilning iyulida Niderlandiya Indoniziyaga qarshi ochiqdan-ochiq urush 
boshlab yuboaradi. Yaxshi qurollantirilgan va tayyorlangan golland armiyasi 
buyerda qattiq qarshilikka duch keladi. Halqaro jamoatchilik Indoniziyani ximoya
qilib chiqadi. Shundan so`ng Indoniziya yarashuv yo`liga o`tishga majbur bo`ldi. 
Lekin 1948 yil boshlarida imzolangan Renvil ahdlashuvi shartlari respublika uchun 



nihoyatda og`ir edi. Xatto burjua hukumatining barcha so`l kuchlari nisbatan
ig`vogarlik xatti xarakatlari munosabati bilan yuzaga kelgan Indoniziyadagi siyosiy
vaziyatning keskinlashib ketganligidan foydalangan gollandlar qayta hujumga o`tib 
mamlakatning eng muhim markazlarini egallab oldilar. Bu hol Indoniziyaga qarshi 
Gollandiyaning ikkinchi mustamlaka urushini boshlanganligini bildirar edi. 
Mamlakat prizedenti va parlamentining ko`pchilik a`zolari qamoqqa olinib yavadek 
yelib chiqib ketiladi. Faqatgina uzoq va shiddatli davom etgan partizonlar urushi 
natijasida gollandlar mamlakatning ko`pchilik rayonlaridan siqib chiqarilib to`la 
qurshab olinadi. 
1949-yilning avgustida Gaoga shahrida dumaloq stol konferinsiyasi boshlanib, 
uning borishida Indoniziya Respublikasi Niderlandiya tomonidan tan olindi 
Konferinsiya qarori ko`ra 15 ta qo`g`irchoq shtatlari bilan birga Niderlandiya qo`shma 
shtatlari Respublikasiga kiritildi.1950 yil avgustida shtatlar gollandlar esa nihoyat 
mamlakat suverenitetini tan olishga majbur bo`ldilar. Og`ir va mashaqqatli kurash 
natijasida Fillipen xalqi ozodlikka erishdi. Kommunistlar tomonidan tuzilgan 
Hukbalaxonning partizantlar armiyasi Yapon okkupantlari uzoq va shiddatli janglar 
olib bordilar. 1944-yil oktabrida Afrika qo`shinlari Fillipenga tushirilgan paytda 
mamlakatning anchagina qismi (Luson oroli) Filipenliklarning o`zlari tomonidan 
ozod qilib bo`lingan edi. Amerika qo`shinlari qo`mondoni general Makartur 
mamlakatni ozod qilishni ozodlik uchun kurashchilarni qamoqga olish va 
mustamlaka tartiblarini joriy qilishdan boshladi. Tabiiyki uning faoliyati hamma 
joyda halunning qarshilik ko`rsatishini keltirib chiqardi. 1945- 1946 yillarda Yashrika 
okupandlarga qarshi kurash asnosida Fillipenda demokratik alyans (ittifoq) yuzaga 
keldi va unga mamlakatni asosiy vatanparvarlik tashkilotlari shu jumladan Fillipen 
komunistik partiyasi Hukbalaxon milliy dehqonlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar 
berdilar. Milliy mustaqillik, agrar islohatlar mamlakatni industiallashtirishni 
alyansning asosiy mamlakatlari edi. 1946-yil iyulida AQSH fillipenni suveren



respublika deb e`lon qilishga majbur bo`ldilar. Lekin bu faqat mamlakat hududida 
AQSH harbiy ba`zalari va mutaxasislarini 99-yil moboynida saqlanishi shartini 
qo`yish bilan sodir etildi. Urushdan keyingi yillar Britan mustamlaka ittiriyasi 
chuqur inqirozni boshdan kechirdi. Buyuk Britaniyaning harbiy g`alabasiga 
salomoqli hissa qo`shgan Diminaslarning milliy ozodlik harakati kengayib bordi va 
ular mustaqillikning tobora ko`proq talab qila boradilar Hind masalasi millatlar 
Britan hamdo`stligi siyosiy va tashqiy asoslarni qayta o`rab chiqishning katalizatori 
bo`lib qoldi. 
Hindiston vitse qirolining Hindiston milliy kongressi va musulmonlar ligasi 
lidirlari bilan 1945-yil yozida Simladagi muzokaralarda shigmizlar toj-u taxt va 
parlament oldida ma`sul bo`lgan umum Hindiston ijroi kengashini (vazirlar 
mahkamasi) Miken bu kengashini siyosiy tamoillari bo`lgan emas, balki diniy 
tamoillari asosida shakllantirish sharti bilan tuzishni taklif qildilar. Bu taklif ikkala 
Hind partiyasi, partiyalari tomonidan qabul qilinmadi. 1946 yil boshidan 
Britaniya hukumati Hindistondan vaziyat ustidan nazoratni uzil-kesil yo`qotdi. 
Millatlar aro to`qnashuvlarda yuzlab odamlar nobud bo`ldi. 1946-yil bahori Klimentr
Ettyan hukumati Hindistonga oldindan shart qo`ymasdan dominion statusga berishiga 
majbur bo`ldi. Hindiston Milliy kongressi (XMK) lideri Javoxarlal Neru Ijroiya 
kengashini shakllantirdi. Lekin Musulmonlar Ligasining vakillari unga kirishidan 
bosh tortdilar. Mamlakatda yangidan hind-musulmon to`qnashuvlari boshlandi. 
1947 yil yoziga kelib vitse-qirol Lyus Maut batten Hindistonni ikki dominionga
Hindiston va Tojikistonga bo`lish rejasini ishlab chiqdi. Maut battening o`zi 
Hindistonning general gubernatori bo`lib qoladi, Tojikistonning general-gubernatori 
lavozimini esa mamlakat tarixida birinchi marta oq irqqa mansub bo`lmagan shahs 
Muhammad Ali Jinna egallaydi. 1947 yil 15 avgustda Dehli va Karochida Britan 
Hamdo`stligiga ixtiyoriy tarzda kiruvchi ikki mustaqil davlatni tuzilganligi xaqida 



rasman e`lon qilinadi. 1948 yilning 13 fevralida so`nggi britan harbiy bo`linmalari 
Hindistonni tark etdilar. 
Hindiston mustaqillikining e`lon qilinishi Millat Britan Hamdo`stligining 
evolyutsiyasida yangi bosqichni boshlanishiga asos soldi. “Britaniya 
qaramog`idagilar” tushunchasi o`rniga “Hamdo`stlik fuqorosi” tushunchasi
qo`llaniladigan bo`ldi. 1947 yildan “dominion” termini “Hamdo`stlik a`zosi” 
terminiga tobora tez-tez almashtirila boshlaydi. 
(rasmiy hujjatlardan dominion termini 1952 yilda chiqarilgan edi) 1948 yili 
mustamlakalarining ozod bo`lishining zanjir reaksiya davom etadi: Qeylon va 
Birma mustaqillikni qo`lga kiritadilar. 
Birma Yapon okkurpantlariga qarshi umumxalq qo`zg`oloni 1945 yilning martida
boshladi. Qo`zg`olonga Birmaning milliy Qahramoni Aun San boshchilik turli 
partiyalarini (shu jumladan Birma kommunististik partiyasi) birlashtirgan 200 ming 
kishidan iborat bo`lgan Xalq ozodlik antifashist ligasi rahbarlik qildi. Unga
shuningdek o`n minglab partizonlar va muntazam milliy qo`shinlar bo`ysunar edi. 
1945 yilning avgustida deyarli butun Birma Yapon okkupantsiyalardan tazolandi. 
Buyuk Britianyaning Birma ustidan o`z nazoratini o`rnatishga bo`lgan urushlari 
muvaffaqiyat qozonmadi. 1947-yilning yanvarida britan hukumati Londondagi
konferensiyada Xalq ozodlik antifalistning ligasi (XOAL) vakillari bilan 
muzokaralarda mamlakatning mustaqillikka bo` lgan huquqini tan olishga majbur 
bo`ladi. 
1947-yilning yanvarida britan hukumati Londondagi konferensiyada xalq 
ozodligi antifashist ligasi vakillari shubhasiz g`alaba keltirdi. Ular Birma Ittifoqi 
milliy hukumatini ham tuzdilar. Mustamlakaga agentura tomonidan Aun Sanna va 
bir necha hukumat a`zolarini tashkiliy tarzda o`ldirishiga qaramay, hukumat 1947-
yilning 24-sentabrida konstitutsiyasini qabul qiladi, 1948-yilning 4-yanvarida esa 
Birma ittifoqqqaning mustaqillik tantanali suratda e`lon qiladi. 


10 
Suveren Birma davlatini tashkil topishi prezident sifatida juda muhim siyosiy 
huquqiy ahamiyat ega edi. 
Ta`sis yig`ilish Birmani mustaqil suveren Respublika deb e`lon qilishga 
qaror qiladi.Yana davlat tomonidan boshqaruvning respublika shakllini qabul qilishi 
uning Hamdo`stlikka a`zoligini tugatar edi, binobarin britan parlamenti 1947-
yilning dekabrida Birmaning mustaqilligi to`g`risida aktni qabul qildi. Bunga 
ko`ra u Hamdo`stlik doirasidan tashqarida bo`lgan mustaqil respublika bo`lib qolgan 
edi. 1948 yili Buyuk Britaniya bunday statusni mustaqil va o`z-o`zini
boshqaradigan dominion Seplonga beradi. Bu yerda hokimiyatga Birlashgan milliy 
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling