1 shavkat zokirov


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov

 
 
 
SSSR barham topgandan so`ng Sharq mamlakatlari 
SSSR va sotsialistik mamlakatlar lagerini barham topishi Sharqdagi geosiyosiy 
vaziyatni tubdan o`zgartirib yubordi va XXasrning so`nngi o`n yilligida Osiyodagi 
siyosiy va mafkuraviy strukturalarning evolyutsiyasi uchun yangi sharoitlarni yaratdi. 
Birinchidan xomiysiz qolgan Osiyodagi sotsialistik rejimlar endi mutloqo o`zgacha 
sharoitlarga moslashishga majbur edilar. Ulardan faqatgina Shimoliy Koreyadagina 
ortodoksal pozitsiyalarda qoldilar, XXR va Vitnam esa bozor munosabatlari yo`liga 
(ko`p jihatdan 1991 yilga qadaroq) kirdilar. Ikkinchidan sotsialistik orientatsiya 
rejimidagi ko`pgina mamlakatlar shunchaki undan shov-shuvsizgina voz kechib qo`ya 
qoldilar. 
Ular o`z rejalarini kapitalistik yo`nalish bilan almashtirdilarki, bu hususiy 
tadbirkorlikka katta erkinlik berishi va rivojlangan kapitalistik mamlakatlar bilan
yaqinlashuvda ifodalandi, biroq odatda bu davlatlarning ichki tizimi, xususan
iqtisodiyotda davlat sektorining kuchli pozitsiyalari kam o`zgardi. Zero, ko`p 
xollarda bu jarayonlar 1991 yilga qadar masalan Misr, Iroq, Jazoir, Suriya va 
Pirmada boshlangan edi. 


35 
Barcha Sharq mamlakatlari uchun SSSR barham topgandan so`ng ilgari SSSR dan
kelgan iqtisodiy va texnikaviy yordamni garchi u G`arb mamlakatlari avvalo AQSH
va GFR yoki sobiq mustamlakachi metropolitsiyalar bilan aloqalarni kuchayishi 
xisobiga qanchalik kam darajada bo`lmasin, uning o`rnini to`ldirish vazifasini 
ko`ndalang bo`ldi. Sharq mamlakatlari aholi qatlamlari vakillari G`arbning 
rivojlangan mamlakatlariga migrotsiyasi ortib bordi. U ilgari ham yuqori darajada 
bo`lsa-da, lekin u birmuncha yo`naltirilgan xarakter kasb etardi: maribliklar Faransiya 
va boshqa fransuz tili mamlakatlariga ( Belgiya Shvetsiya, Kanadaga ), turklar- 
Germaniyaga va hakazo. 
Arablarning Buyuk Britaniya va Skandinoviyaga, Eronliklarning Ispaniya va 
Fransiyaga, turklarning Fransiya va Skandinaviyaga birmuncha migrotsiyalari yuzaga 
keldi. Ilgari faqatgina Buyuk Britaniyaga ketuvchi hindlar va --- Yevropaning boshqa 
mamlakatlarida ham paydo bo`la bordilar. Aynan shuning uchun 1990-yillar nafaqat 
G`arbning Sharqdagi ta`sirini kuchaytirishi davri balki Sharq mamlakatlarida ham 
G`arbda ham millatlararo qarama-qarshiliklarni keskinlashshi bosqichi bo`lib qoldilar. 
Afg`onistonda SSSR tomonidan uzoqni ko`rmasdan boshlangan va mag`lubiyatga
uchragan urush Eron, Pokiston va Afg`onistonni birlashtiruvchi giyohvand moddalar 
savdosining yangi zonasini vujudga kelishini rag`batlantirdi. Bu yerda harakat 
qilayotgan giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi kartellar afg`onlar va O`rta 
Osiyo aholisining iqtisodiy qiyinchiliklari, MDX mamlakatlari chegaralarining 1991 
yildan keyin muayyan darajada mustahkam emasligi va mintaqadagi siyosiy
barqarorlikda foydalanib giyohvand moddalarni Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali 
Rossiya va Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishni yo`lga qo`ydilar. Giyohvand 
moddalar biznesi o`z domiga nafaqat jinoiy strukturalarni, balki turli Sharq va G`arb 
davlatlarining o`zidagi burjuaziyani byurokratiya, davlat strukturalari bojxona
tizimlarini muayyan doiralarini ham torib, Eron Pokiston va Afg`oniston davlatlari va 
ular bilan chegaradosh bo`lgan MDX respublikalaridagi ijtimoiy - siyosiy 


36 
vaziyatning muhim omili bo`lib qoldi. Bu esa giyohvand moddalar biznesini 
kengaytirishga va ko`plab mamlakatlarni shu jumladan Markaziy Osiyo va 
Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, harbiy va aholisining ruhiy ahvoliga 
beqarorlashtiruvchi ta`sirini kuchayishiga olib keldi.
Milliy separatizmning keskin ravishda o`sib ketishi SSSR barham topishining eng 
muhim oqibati bo`lib qoldi. Sovetlardan keyingimakonda u Qora va Kaspiy 
dengizidan tortib, Volga bo`yiga va Tyan-shyangacha bo`lgan koplab mintaqalarni 
qamrab oldi. 1988yildan boshlanib ketgan SSSR hududidagi etnik milliy 
to`qnashuvlar asta-sekin uzoqqa cho`zilgan urushlarga ( tog`li Qorabog`, Abkaziya va 
Tojikistonda) yoki parlament to`qnashuvlarga ( gruzinlarni --- bilan ingushlar bilan 
rus va ukrainlarni qrim tatarlari bilan aylanib boradi. Ruslar va Rusiyzabon aholi 
Rossiyadan ajralib chiqqan MDX ning ba`zi respublikalari va Boltiq bo`yida ba`zan 
huquqsiz vat a`qib qiluvchi kamchilikni tashkil qiluvchi aholi maqomiga tushib 
qoladi. Bu aholini etnik to`qnashuvlar hududlaridan chiqib ketishlari nafaqat sobiq 
SSSR xalqlarining fojiasining bir qismigina bo`lib qolmay, ular o`rtasidagi 
munosabatlarni ham ko`p jihatdan izdan chiqardi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy boshqa 
xayotiy muhim aloqalarni uzilib qolishiga olib keldi. Biroq SSSR barham topganan 
so`ng harbiy professional yollanuvchilarga aylangan bu odamlarning ko`pchiligi 
MDX xududidagi turlki qaynoq nuqtalarga yokiu 1991-1997 yillarda barham topgan 
Yugoslaviyaga serblar va xarvatlar bilan urush olib borayotgan Posniya 
musulmonlariga yordam berish uchun yo`l oladilar. Keyinchalik bu jangarilar 
Kosova albanlariga yordam bera boshladilar. Butun sovetlardan keyingi makonni 
qamrab olgan etnik ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy inqirozini ifodalagan birinchi va 
ikkinchi chechin urushida ularning ishtiroklari yanada salmoqli bo`lgan edi.


37 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling