1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
51 Afg`oniston 1945-2010 yillarda Ikkinchi jahon urushidan so`ng Afg`onistondan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Ikkinchi jahon urushining oxiriga kelganda Afg`oniston qoloq agrar mamlakatligicha qolmoqda edi. Shug`ilanadigan yerlarning 75 foizi yirik zamindorlarga tegishli bo`lib, ular odatda o`zlari xo`jalik yurtmay yerni dehqonlarga asoratli ijaraga berar edilar. Yirik chorva egalari yaylovlarning katta qismini va chorva mollarini o`z qo`lida edilar. Afg`oniston aholisining keng qatlamlari aholini yomonlashuvi sharoitida mamlakatda ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Bu esa 1946- yilda hukumat almashinuvi zaruriyatini keltirib chiqardi. Iste`foga chiqqan Muxammad Xoshim o`rniga uning ukasi Shoh Muxammad hukumat rahbari ( shohning amakisi) lavozimini egalladi. Mamlakatda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini xorijga chiqarish chetdan keltiriladigan tovarlar qiymatini qoplashning yagona manbai edi. Tamaki savdo mahalliy yirik sarmoyadorlarni asosiy faoliyat sohasi bo`lib, ular keng imtiyozlardan foydalanar edilar. Ommaviy iste`mol tovarlarini ishlab chiqarishda hunarmandchilik xamon asosiy o`rnini egallaydi. Birlashgan mahalliy yirik sarmoya Afg`onistonni rivojlantirgan davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar xarakterini o`z foydasiga tubdan o`zgartirishga qodir emas edi. Garchi hukumat eksportini rag`batlantirishga intilganiga qaramay importning umumiy salmog`i muntazam oshib bordi. Sanoat qurilishining qamrovi va sur`atlar yetarli emasligicha qolmoqda edi. Urushdan keyingi davrda g`arb davlatlari birinchi galda AQSH Afg`onistonga ekspansiyani kuchaytirdilar. Afg`on tashqi savdoda o`z pozitsiyalaridan foydalanib AQSH 1946-yil Afg`onistonga Amerika kompaniyasi “ Marrison-Nadsen” bilan mamlakat janubida 52 irrigatsiiya tarmoqlari va yo`llar qurilishi haqidagi ahdlashuvni qabul qildiradi. Belgilangan muddatga (1949 y) shartnoma belgilangan shularni tugata olmaydi va afg`on hukumatidan qo`shimcha mablag`lar talab qiladi, natijada Afg`oniston AQSHdan qarz (zaym) olishga majbur bo`ladi. 1949 va 1954 yillarda berilgan amerika zaymlari (umumiy qiymati 39,5 mln dollar) Qabul ro`znomasi “Aniyo” yozganidek mamlakatning qo`l va oyog`ini bog`lab Afg`oniston uchun foydali bo`lmagan sharoitlarda berilgan edi. Shuningdek bu vaqtda afg`on Aqshga eksporti miqdori qisqaradi, bu esa mamlakat g`aznasiga valyuta tushumlarini kamaytirishga olib keladi. 1951 va 1953 yillarda AQSH Afg`oniston bilan “ texnik xamkorlik” deb atalgan ahdlashuvni tuzadi. Urushdan keyingi yillarda Afg`oniston umuman olganda o`tkir iqtisodiy qiyinchiliklarni o`z boshidan kechirar, bular esa mamlakatda ijtimoiy ziddiyatlarini keskinlashtirar edi. 12 mln aholining asosiy qismi (90 foizi) dehqonlardan iborat bo`lib, qishloqda yarim feodal munosabatlar dehqonlarni zamindorlarning yerlarini tabaqa yomonlashib borayotgan asoratli ijara sharoitlarida ishlashga majbur etardi. Chorvador ko`chmanchi va yarim qabilalarda (2mln.dan ortiq) ishlab chiqarishini munosabatlarining nihoyatda qoloq shakllari va urug`chilik qoldiqlari saqlangan bo`lib, ayni vaqtda mamlakatda unga ko`p bo`lmagan o`ziga to`y dehqonlar qatlami qishloq - qishloqlarga aylanganmoqda edi. Afg`onistonda sanoat ishlariga ko`p bo`lmay, ular siyosiy kurashda ishtirok etmas, ularning norozilik chiqishlari iqtisodiy ahamiyat kasb etardi. Yarim feodal, yirik zamindorlik yer egaligi bilan yaqin aloqada bo`lgan yirik afg`on sarmoyasi mayday va o`rta burjuaziy manfaatlarni kamsitar edi. Shuning asosida urushdan keyingi yillarda afg`on burjuasining shirkatlar zo`ravonligidan va yirik sarmoya hamda katta yer egalari qo`lida butun hokimiyatni to`planib qolganidan qog`ozi bo`lgan shu qatlam qarashlarining ifodalagan ijtimoiy oqimlar shakllandi. 53 1947 yilda “ Uyg`oq yoshlar” deb atalgan harakatlar payida bo`ldi. Mana shu harakat asosida vujudga kelgan siyosiy guruhlar dasturiy hujjatlarida burjua- demokratik harakterdagi talablar ilgari surildi. 1952 yili navbatdagi chaqiriq Xalq kengashiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik va uni o`tkazish davrida oshkora shakllarda namoyon bo`ldi. Saylov o`tkazish tartiblardan qog`ozi bo`lgan muholifatchi oqimlar qatnashchilari 1952 yil mayda Qabulda namoyon o`tkazadilar. Shundan keyin hokimyati tomonidan qatag`onlar boshladi. Yirik zamindorlar va yirik sarmoya blokidan iborat Afg`onistonning hukmron doiralarini ichki siyosati uning mamlakatda iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratiladi. Shu bilan birga urushdan keyingi dastlabki yillardayoq o`sib ketgan ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatishga urinib ko`rilgan edi. 1947-1948 yillarda tashqi savdodagi shirkatlardan ba`zi manapol xuquqlari rasman bekor qilinadi. Biroq iqtisodiy qayta o`zgartirishlarining keng dasturi bilan mustahkamlanmagan alohida tadbirlar ijtimoiy muommolarni xal qila olmasdi. 1945-1910 yillarda Afg`onistonning tashqi siyosati. Afg`onistonning mustaqil rivojlanishi manfaatlari rivojlangan davlatlarning mustamlakachilik intilishlari bilan qarshi kurashchi, tinchlikparvar tashqi siyosat o`tkazishi zarur qilib qo`yadi. Urushdan keyingi dastlabki davrdagi Afg`onistonning tashqi siyosat asosini betaraflik ( ) siyosati tashkil etdi. Shunga qaramay imperiya davlatlari bu mamlakatini o`zlarining harbiy siyosiy doiralariga tortishga intildilar. Buning uchun mustamlakachilar masalasidagi Afg`on-Pokiston ziddiyatlaridan foydalanmoqchi bo`ldilar. Afg`oniston- Pokiston munosabati bilan keskinlashdi. Bu xol amalda Afg`onistonni iqtisodiy qamal qilishini bildirardi. Bunday sharoitda Afg`oniston sobiq SSSR bilan transit haqida (1955 yil) ahdlashuv tuzadi. 1955 yil noyabrda Qobul shahrida yig`ilgan katta jarga xalqlarning adolatli talablarini qo`llab- quvvatlashini bildirdi, shuningdek Pokistonda ga`rb 54 davlatlarining harbiy chora-tadbirlari munosabati bilan Afg`oniston suverenitetini hikoya qilish uchun uning mudofaa qobilyatini mustahkamlash zarurligini ta`kidladi. 1956-1958 yillardagi muommosi bo`yicha Afg`oniston- Pokiston muzokaralari natija bermadi. 1961 yil sentabrda Pokiston hududidagi afg`on elchixonalari va savdo agentliklarini yopilishi munosabati bilan Afg`oniston va Pokiston o`rtasidagi dimlamatik munosabatlari uzildi. 1963 yil mayidagina Eron shohi vositchiligida ikkala mamlakat o`rtasidagi diplamatik munosabatlar va savdo- iqtisodiy aloqalarini tiklash haqida ahdlashuvga erishiladi. 1946-yildan BMT a`zosi bo`lgan Afg`oniston Osiyo va Afrikaning mustamlakalikka ancha qat`iy qarshi chiqayotgan mamlakatlar sirasiga kirardi. Afg`on hukumati bir necha marta mustamlaka zulmiga qarshi kurash olib borayotgan xalqlar bilan birdamligini betoqat beradi, shuningdek dunyoda yadro qurolini ta`qiqlash, umumiy qurolsizlanish to`g`risidagi takliflar qo`llab quvvatlaganligini bildiradi. XX asr 50-60 yillarda Afg `onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Ijtimoiy ziddiyatlarni o`sib borishi. Ijtimoiy norozilik o`sib borayotgan 1953 yil sharoitida hukumatni shohning ammavachchasi, tajribali siyosatchi Muhammad Dovud boshqarardi. Dovud hukumati mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi juda katta ahamiyat berib, boshqariladigan iqtisodiyot siyosatini e`lon qiladi. Uning doirasida davlat- kapitalistik tipdagi muhim qayta o`zgarishlar jumladan tashqi savdo ustidan nazoratni kuchaytirish, ya`ni banklarni shuningdek kridetga koonstrativlari tashkil qilish yo`li bilan kredit tizimini kengaytirish, davlatning ishtiroki sharoitlaridagi kredit qurilishi dasturini kengaytirish ishlari amalga oshirildi. 55 Afg`onistonda 1960 yillarning boshlarida amalga oshirilgan iqtisodiy chora- tadbirlar jamiyat xayotidagi patriarxal-feodal sarqitlarni barxam topishiga ko`maklashar edi. Fabrika-zavod ishlab chiqarishi va qurilishni sezilarli darajada o`sishi mehnat bazasini kengaytiradi, iqtisodiy rayonlarni shakllanishini, umummilliy bozorni yuzaga kelishini jadallashtiradi. Ayni vaqtda mamlakatni kapitalistik evolyutsiyasi ijtimoiy ziddiyatlarni chuqurlashib borishi bilan tasniflanadi. Muxammad Dovud xukumati o`rniga hokimiyatga ilgari tog` ishlari va sanoat vaziri lavozimida bo`lgan Muxammad Yusuf boshchiligidagi yangi Vazirlar Mahkamasi keladi. Iqtisodiy siyosatida o`zgarish bo`lmadi, boshqariladigan iqtisod siyosatining tog`riligi va bundan buyon ham uni amalga oshirilishini davom ettirish haqida e`lon qilinadi. Davlat boshqaruvi tuzilishida birmuncha o`zgarishlar yasash yangi konstitusiyani ishlab chiqarish va qabul qilish bo`yicha ko`rilgan chora tadbirlar hukumat faoliyatining ustvor yo`nalishlari bo`lib qolaveradi. Afg`onistonning yangi konstitutsiyasi loyihasi 1964 yilning sentabrda bo`lgan loya jirg`aning ( milliy, so`zma-so`z vakillik sezdi) yig`ilishda tasdiqlanadi, oktabr oyida esa qirol tomonidan imzolanadi va kuchga kiradi. Yangi konstitutsiya Afg`onistonning konstitutsiyasi- monarxiya tuzimini tasdiqladi, shohning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud xokimiyati sohasidagi oliy vakolatlarini e`tirof etdi. Ammo endilikda qirol oilasi a`zolariga parlamentda va Oliy sudda rasmiy lavozimlarni egallash taqiqlab qo`yildi. Asosiy qonunning oldingisidan asosiy farqi ham shunda bo`lib, Afg`oniston fuqorolariga bir hatar huquqlar: so`z, matbuot, yig`ilishlar qilish erkinligi berildi, qonun oldida fuqorolarning teng huquqliligi e`lon qilindi. Mamlakatning 4 yilga saylanadigan deputatlardan iborat quyi palata (xalq kengashi) va tarkibini uchdan ikki qismi deputatlar ichidan bevosita qirol tomonidan tayinlanadigan va uchdan bir qismi to`g`ridan-tog`ri saylovlar asosida 56 shakllantiriladigan yuqori palata (senat) tarkib topgan ikki palatali parlamenti tuziladi. Konstitutsiyaga ko`ra qirol parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega bo`lib, hukumat o`z navbatida xalq kengashiga xisob berishi lozim edi. Konstitusiya tomonidan mamlakat fuqorolariga jamoat tashkilotlari va siyosiy Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling