1 shavkat zokirov
partiyalarni ularning faoliyatlari asosiy qonun qoidalarga zid kelmasa tuzish
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
partiyalarni ularning faoliyatlari asosiy qonun qoidalarga zid kelmasa tuzish huquqi Afg`onistonning siyosiy hayoti uchun prinsipal jihatdan yangi hodisa edi Biroq ichki siyosiy vaziyatni to`satdan keskinlashtiruvchi kutilmagan xolatlar yuzaga keladi. Poytaxt jamoatchiligi, ayniqsa uning radikal kayfiyatdagi qismi siyosiy islohatlarning cheklanganligiga, ayniqsa e`lon qilingan huquq va erkinliklarning salmoqli qismi qog`ozda qolib ketayotganligiga qarshi o`z noroziligini bildiradi. 1965 yilning oktabrida ko`p kishilik norozilik namoyishlari ro`y beradi. Hokimiyat kuch ishlatadi. Namoyishchilarni tarqatib yuborish chog`ida ko`plab qurbonlar bo`ladi. Shu orada mamlakat parlamenti siyosiy partiyalar haqidagi qonun loyihasini uzoq vaqt davomida arang tasdiqladi. Biroq u qirol tomonidan tasdiqlanmay qolaverdi. Shunda 1960 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab tuzila boshlagan siyosiy partiya va tashkilotlar amalda mamlakat oliy hokimiyati irodasiga zid tarzda yashirin yoki yarim oshkora sharoitlarda faoliyat ko`rsatdilar. Xar holda parlamentga xayotga tadbiq qilingan yagona narsa bu matbuot haqidagi eng qonunning (1965yili) qabul qilishi bo`ldi. Mamlakatda xususiy ro`znoma va jurnallar chiqa boradi. 1973 yilga kelganda ularning soni 26 taga etgan edi. 1960 yillarning o`rtalaridan 1970 yillarning boshlarigacha bo`lgan davr afg`on jamiyatiga arzigulik o`zgarishlarni olib kelmadi “ holbuki bunday o`zgarishlarni mamlakatdan ijtimoiy- iqtisodiy ahvolni yaxshilashga, undagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashishga 57 imkon bergan bo`lar edi. Taasufki, bunday o`zgarishlar sodir bo`lmadi. Mamlakatda umummilliy inqirozning belgilari yaqqol ko`zga tashlanib qolgan edi. Monarxiyaga qarshi 1973 yilgi to`ntarish. Afg`on jamiyatining ijtimoiy kuchlarini siyosiylashuvi jarayoni bu vaqti kelib tugallangan shaklga bo`lardi: siyosiy partiyalar, tashkilot va harakatlar tashkil topishi nihoyasiga yetardi. 1965 yilning yanvarida bir qator marksistik ruhdagi to`garaklar va boshqa sotsialistik guruhlarni qo`shilishi asosida Afg`oniston xalq- demokratik partiyasi tuziladi.1965-yilning 1 yanvarida bo`lib o`tgan I (tasis) sezdida 7 kishidan iborat partiyaning oliy rahbariyati saylanadi. AXDP ning bosh kotibi Nurmuhammad Taraqqiy, uning o`rinbosari Babrak Karmel bo`ldilar. 1966-yilning aprelida AXDP rahbariyati o`zining matbuot organi- “Xalq” ro`znomasiga asos soladi. Uning birinchi sonlarini sahifalari partiya dasturini bo`yoq qilishga bag`ishlanadi. AXDP o`zining piravard maqsadi sifatida yangi sotsialistik jamiyat qurishni e`lon qiladi. Biroq 1966 yilning mayidayoq hukumat qarori bilan “ Xalq” ro`znomasini bundan buyon chiqarilishi ta`qiqlab qo`yiladi. Shunga qaramay AXDP tarafdorlari va bu partiyaga xayrixoxlik bildiruvchilar talabalar tashkilotlari orasida, armiya bo`linmalari va boshqa joylarda boshlang`ich tashkilotlarning keng tarmog`ini yaratadilar. Mamlakatda boshqa tashkilotlar ham jumladan jamaochilik- “ shaolen jovud” (“Abadiy gulxan”) tashkiloti, sotsial- demokratik, aqidaparastlik ruhidagi “ Musulmon birodarlari” “ Musulmon yoshlari” va boshqa tashkilotlar tuziladi. Jamiyatni bundan buyon ichki siyosiy boshboshdoqligini oldini olishga qurbi yetmay qolgan mamlakatning doiralari hukumatparast Ilg`or demokratlar partiyasini (IDP) tuzishga urinib ko`rdilar Islom tamoillari yo`lida, konstitutsion monarxiya, millatparvarlik va sotsializm uchun kurash partiyaning maqsadi deb e`lon qilindi. Biroq bu partiyaning dasturi jamiyatda aks sado bermadi. Amalda IDP partiya darajasiga yeta olmay bor yo`g`i bosh vazir M. X. Mayvondvalg shaxsan sodiq 58 kishilar guruhidan iborat bo`ldi xolos. 1967 yili kuzida uning iste`fosi bilan IDP ham barham topdi. M.X. Mayvandvaldan so`ng bosh vazir lavozimini 1973 yilga harbiy davlat to`ntarishiga qadar navbatma-navbat uch kishi egalladilar. Nur Axmad Ettemadi 1967-1971 yillarda, Abdul Zohir 1971-1972 yillarda, Muso Shofiq 1972-1973 yillarda hukumatini boshqarardilar. Tan shundaki, Afg`onistonda yuzaga kelgan hokimiyat strukturasida bosh vazirning vakolatlari real siyosiy ahamiyatga ega emas, binobarin uning tayinlanishi shahsan qirol tomonidan amalga oshirilar, Shuning uchun xatto bosh vazirlar ichida istilochilik kayfiyatida bo`lgan arboblarning qo`llari ham amalda bag`ishlangan edi. Siyosiy yuqori qatlamdan bo`lgan ba`zi bir arboblar tobora hokimiyat rejimini va umuman boshqaruv shaklini, o`zgartirish fikriga kela boradilar. Ijtimoiy inqiroz sharoitida, hokimiyat “quyidan” egallab olish (Afg`oniston tarixida bunday xolat yuz bergan edi) imkoniyatlarini oldini olish maqsadida almashtirishga mahkum bo`lgan rejimni tugatish bo`yicha vazifani armiya o`z zimmasiga oladi. 1973-yilning 16 iyulidan 17 iyuliga o`tar kechasi qirol oilasi a`zolaridan bo`lgan sobiq bosh vazir Muhammad Dovud boshchiligidagi bir guruh zobitlar qon to`kmasdan davlat to`ntarishini amalgam oshirdilar. Monarxiya tuzumi bekor qilinib, Afg`oniston Respublika deb e`lon qilinadi. Deyarli 40 yildan oshiq vaqt hokimiyat tepasida bo`lgan sobiq qirol Muhammad Zohir-shoh davlat to`ntarishiga sodir bo`lgan vaqtda Italiyada bo`lib, u bir oydan so`ng taxtdan voz kechadi. Mamlakatda davlat hokimiyatining oily organi Respublika Markaziy qo`mitasi (RMQ) bo`lib qoladi. Unga asosan to`ntarish rahbarlari va bevosita ishtirokchilar- zobitlar kiradilar. 1973-1978 yillarda Afg`oniston Aprel inqilobi. 59 1973 yilning avgustida birinchi respublika hukumati shakllantiriladi RMQ qarori bilan Muhammad Dovud bosh vazir va davlat boshlig`i bo`lib qoladi. Hukumatning mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy xayotni qayta tashkil qilish bo`yicha ilk qadamlar jamoatchilikning keng qatlamlari orasi ma`qullanadi. Poraxo`rlik va choyqavchilik bilan kurash bo`yicha ishga va mayda xizmatchilarning ahvolini birmuncha yaxshilash, mahalliy tadbirkorlikka nisbatan imtiyozli soliq tuzumini joriy qilish bo`yicha chora-tadbirlar amalgam oshiriladi. Yer islohati haqida qonun qabul qilinib unga ko`ra yirik yer egaligi sug`oriladigan yerlarda 20 gektar bilan cheklab qo`yildi. Bundan ortiqcha yerlar musodara qilinib sotib olish sharti bilan dehqonlar taqsimlab berildi. Birok umuman olganda yerga 5 ming oiladan oshiroq ya`ni barcha afg`on dehqonlar ommasining taxminan 1foizi dehqon xo`jaliklar qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldilar. Moarif va ta`lim tizimi qayta tashkil qilindi. Bir qancha vaqt o`tgandan so`ng Muhammad Doud e`lon qilingan Afg`onistonni ijtimoiy va demokratik qayta qurish yo`lini taftish qila boshlaydi. 1974 yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tartibidan so`l kuchlar vakillar, eng avvalo AXDP a`zolari chetlashtirildilar. O`ng va konservativ kuchlar vakillarining siyosiy roli va ta`siri sezilarli darajada kuchayadi. Ijtimoiy dasturlarga bajarilishi va yer islohatini amalgam oshirilishi yo`lidan qaytiladi. Muhammad Doudni mamlakat shahsiy hokimiyati rejasini o`rnatish yo`liga kirayotgan tobora ayon bo`la boradi. U davlat va hukumat boshlig`i bo`lishi bilan birga tashqi ishlar va mudofaa vaziri lavozimlarini ham egallab oladi. 1976 yili u tomonidan hukumat partiyasini tuzish g`oyasi ilgari surildi. Shu yil oxiriga kelib bunday partiya tashkil qilinadi va u ’’Milliy inqilob partiyasi nomini oladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling