1 shavkat zokirov
O`zbekiston-Afg`oniston munosabatlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
O`zbekiston-Afg`oniston munosabatlari. Siyosiy sohada. O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston o`rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilning oktabr oyida o`rnatilgan. 1982-yildan buyon Toshkentda faoliyat ko`rsatib kelgan Afg`oniston bosh konsulligi 1992-yilning oktabrida mazkur davlatning elchixonasiga aylantirildi. O`zbekiston Respublikasining konsullik vakolatxonasi esa 1992-yilda Afg`onistonning Mozori-Sharif shahrida o`z faoliyatini boshlagan edi. Afg`onistonda jangovar xarakatlar boshlanishi hamda Tolibon 69 gurixining hukumat tepasiga kelishi (1996 yil) natijasida faoliyati to`xtatilgan mazkur konsullik vakolatxonasi 2002-yil 15 yanvar kuni qaytadan ochilgan. 2002-yilning avgust oyida Afg`oniston poytaxti Qobul shaxrida O`zbekiston Respublikasining elchixonasi o`z faoliyatini boshladi .Ozbekiston bilan Afganiston o`rtasidagi aloqalar hamisha o`zaro xurmat va ishonch , do`stlik, yaxshi qo`shnichilik ,teng manfaati hamkorlik hamda ichki ishlarda aralashmaslik tamoillariga asoslangan holda rivpojlanib kelgan.2002-yilning 4-5 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimovning taklifiga binoan Afganiston Muvaqqat hukumati raisi H.Karziy O`zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif kunlari yuzasidan qo`shma bayonot qabul qilindi.Maskur bayonotga muvofiq,tamonlar Afgoniston iqsisodiyotini tiklash va obodonchiligi yo`lida muhim ahamiyatga ega bo`lgan suv elektr energiyasi, gaz, neft, qishloq xo`jaligi, yo`l qurilishi ,transport , sog`liqni saqlash , shifo maskanlarini barpo etish, mutahasislar tayyorlash va maorif sohalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 2002-yilning noyabr oyida Afganiston tashqi ishlar vaziri doktor A. Abdullaning O`zbekistonga tashrifi bo`lib o`tdi. Muzokaralar chog`ida transport komunikatsiyalari, va suv xo`jaligi, energetiga, geologiya, qurilish kabi sohalarda ikki tomonlama xamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. O`zbekiston 2002-yilning 22 dekabr kuni “ Yaxshi qo`shnichilik to`g`risida”gi Qabul deklaratsiyasini imzoladi va jahon hamjamiyatining Afg`onistonni qayta tiklash yo`lidagi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashga tayyorligini izxor etdi.2003-yilnning 23 sentabrida Dubay shahrida Qobul deklaratsiyasi imzochilari ishtirokida mintaqada tranzit va o`zaro savdo-sotiqni rivojlantirish borasida hujjat imzolandi. Ushbu hujjatni imzolanishi O`zbekiston ikki tamonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berayotganini ko`rsatadi. 2003 yil 8-9 dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri S.Safayevning qobulga rasmiy tashrifi bo`ldi. Tashrif davomida xay`at rahbari Afg`oniston Islom Davlati prezidenti H.Karzay va bir qator afg`on rasmiy doiralari vakillari bilan muzokaralar olib bordi. 70 Muzokoralarda O`zbekistonning Afg`on iqtisodini tiklash jarayonidagi ishtirokini faollashtirish, ikki davlat o`rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muxokama etildi. Tashrif maboynida ikki davlat o`rtasida “Temir yo`l transporti sohasida hamkorlik” va “Savdo-iqtisodiy hamkorlik” to`g`risidagi bitimlar imzolandi. 2004-yilning 28-31 avgust kunlari O`zbekiston Respublikasi hukumatining taklifiga binoan Afg`oniston O`tish Islom Davlati Tashqi ishlar vaziri Abdullo Abdulloning O`zbekistonga rasmiy tashrifi bo`lib o`tdi. Muzokaralar chog`ida o`zbek-afg`on munosabatlarining bugungi ahvoli, ularni rivojlantirish istiqbollari, Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, mintaqa xavfsizligini ta`minlas, terrorizm va giyoxvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish afg`on iqtisodini tiklash jarayonida O`zbekiston ishtirokini yanada kengaytirish hamda boshqa dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama etildi. 2004-yil 7 dekabr kuni H.Karzayning inaugratsiya marosimida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri S.Safayev ishtirok etdi. 2. Iqtisodiy sohada. H.Karzay boshchiligidagi Afg`oniston O`tish Islom Davlati hukumati hokimyatga kelganidan so`ng O`zbekiston bilan Afg`oniston o`rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari belgilab olindi. O`zbekiston Respublikasi hukumati Afg`onistonga ko`rsatilayotgan yordam samaradorligini ta`minlash maqsadida 2001 yilning 16 dekabr kuni “Hayraton” ko`prigini ochish to`g`risida qaror qabul qildi. 2002- yilning 27-30 yanvar kunlari Afg`oniston Muvaqqat hukumati raisi o`rinbosari X.M.Muhaqqyq boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkentga tashrifi chog`ida neft, elektr energiyasi, irigatsiya, transport va yo`l qurilishi sohalarida hamkorlik qilishga oid vazirliklararo dastlabki kelishuv hujjatlari imzolandi. O`zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga muvofiq, 2002-yilning boshidan Afg`onistonning shimoliy hududlariga elektr quvvati uzatish tiklandi. 2002-yilning 26-dekabrida Afg`oniston transport infratuzilmasini tiklash maqsadida O`zbekiston, Eron va Afg`oniston mutaxassislari ishtirokida 71 Duhorun-Xirot –Termiz yo`lini qurish bo`yicha Toshkent shahrida uch tomonlama muzokaralar o`tkazildi. Mozori-Sharif –Qobul yo`lini tiklash bo`yicha loyhani amalga oshirishda O`zbekiston faol ishtirok etmoqda. Jumladan, mazkur yo`nalishda urush vaqtida vayron bo`lgan 10 ta ko`prikni qayta tiklash ishlari O`zbekiston mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi. 2003 yilning 21-23 yanvar kunlari Afg`oniston savdo vaziri S.M.Kozimiy boshchiligidagi Afg`oniston xay`atining O`zbekistonga tashrifi chog`ida Afg`oniston O`tish Islom Davlati va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida savdo-sotiq to`grisidagi kelushuvlar memorandumi imzolandi. O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston O`tish Islom Davlati o`rtasida Tranzit yuk tashish hamda Savdo bitimi matnlari o`sha yilning sentabr oyida Toshkent shahrida muvofiqlashtirildi. 2003 yilning 17-18 iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi I.A. Karimovning Eronga rasmiy tashrifi doirasida O`zbekiston Eron va Afg`oniston o`rtasida xalqaro transafg`on yo`lagini barpo etish bo`yicha uch tomonlama bitim imzolandi. Bugungi kunda tomonlar mazkur bitimni amalga oshirish maqsadida uch tomonlama Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish masalasini ko`rib chiqmoqdalar. 2003-yilning sentabr oyida Afg`oniston xalq manfaatlari vaziri Abdulla Ali O`zbekistonga tashrif buyirdi va O`zbekistonning mutasaddi vazirliklari va idoralari rag`barlari bilan Afg`onistonda transport infratuzilmalarini qayta tiklash , ko`priklar qurish hamda Termiz- Mozori-Sharif – Maymana –Xirot avtomobil yo`li qurilishiga o`zbek mutaxassislarini jalb qilish masalalarni muhokama etdi. 2003-yilning oktabr oyida Afg`oniston suv va energetika vazirligi mutaxassislaridan iborat hay`at va Afg`oniton transport vaziri Said Muhammad Ali Jovid boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O`zbekiston vazirliklari va idoralari tomonidan qabul qilindi. Muzokaralar davomida Afg`onistonga elektr energiyasini uzatishni davom ettirish, ushbu mamlakatdagi elektr tarmoqlari inshoatlarini qayta tiklash, Afg`oniston transport vazirligining Termiz shahrida vakolatxonasini ochish hamda Termiz- Xayraton- Mozori-Sharif yo`nalishida temir 72 yo`l shoxobchasini qurish masalalarini muhokama etdi. 2003-yilning 9 noyabr kuni Termiz chegara hududida joylashgan Ayritom bojxona majmuasi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Ushbu majmuaning ishga tushirilishi Afg`onistonga mo`ljallangan yuklarni qisqa vaqt ichida rasmiylashtirish va belgilangan manzilga yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2004-yil 6-7 iyul kunlari Ag`onistonga O`zbekiston hukumat hay`ati tashrib buyurdi. Bo`lib o`tgan muzokaralar natijasiga ko`ra, Andxoy- Hirot avtomabil yo`lini qayta qurish va ta`mirlash bo`yicha hamkorlik hususida hukumatlararo bitim imzolandi. 2005-yilning 2-6- yanvar kunlari Ag`oniston Islom Respublikasi xalq manfaatlari vaziri S.A.Safariy O`zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida transafg`on transport yo`lagini barpo etish bo`yicha davlatlararo muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig`ilishibo`lib o`tdi (O`zbekiston, Eron va Afg`oniston) va ushbu transport tizimini shakllantirish bo`yicha davlatlararo muvofiqlashtirish kengashning Nizomi qabul qilindi. 2002-yili O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajm 61,69 mln. AQSh dollarini tashkil etib, uning 61,5 mln. AQSh dollari O`zbekiston eksportiga va 0,19 mln. AQSh dollari importga to`g`ri keldi. 2003-yilning yanvar-mart oylarida ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash hajmi 16,46 mln. AQSh dollari miqdorida bo`lib, O`zbekistonning Afg`onistonga eksporti 16,43 mln. AQSh dollari va importi 0,03 mln. AQSh dollariga teng bo`ldi. Ijobiy sal`do 16,4 mln. AQSh dollari hajmida qayd qilindi. Eksportda elektr energiyasi, neftni qayta ishlash mahsulotlari qora metall va undan ishlangan mahsulotlar, yo`l transport vositalari, mebel, xizmatlar, sabzovot, tuz, oltingugurt, alkogolsiz ichimliklar, go`sht turli oziq-ovqat maxsulotlari, o`g`itlar va boshqalar asosiy o`rinni egalladi. Importning asosiy qismini mevalar, yang`oq, zaytun urug`I va mevasi tashkil etdi. O`zbekistonda Afg`oniston ishbilarmon doiralari ishtirokida tashkil etilgan 122 ta karxona ro`yxatdan o`tkazilgan bo`lib, ulardan 39 tasi 100% afg`on sarmoyasi hisobiga faoliyat ko`rsatadi. 73 3.Madaniy va gumanitar sohada. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 yil 28 avgust kuni Afg`onistonning Hirot shahrida Alisher Navoiy maqbarasini qurish va unga yondosh hududini obod etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Afg`oniston hukumati maqbarani tiklash bo`yicha O`zbekiston tomonidan tayyorlangan loyihaga juz`iy o`zgartirishlar kiritishni va uni “Musallo” majmuasida joylashgan boshqa tarixiy obidalarga uyg`un ravishda amalga oshirishni iltimos qildi. Afg`onistonning g`arbiy viloyatlaridagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qurilish ishlari vaqtincha ti`xtatilgan edi. Xozirgi vaqtda mamlakatning mazkur mintaqasida vaziyat barqarorlashganligi sababli Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlarini obodonlashtirish ishlari boshlash rejalashtirilgan. O`tgan davr davomida O`zbekiston hududi orqali Afg`onistonga 2,5 mln. Tonnadan ziyod insonparvarlik yuklari yetkazib berildi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling