1 shavkat zokirov


“Katta sakrash” siyosati va uning oqibatlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov

 
“Katta sakrash” siyosati va uning oqibatlari 
1958 yili bosqichma-bosqich izchillikda yangi jamiyat qurish yo'li o'zgartirildi. Sovet 
modeli doirasida Xitoyni rivojlanish yo'lida “katta sakrash” va qishloqni 
kommunallashtirish yangi ijtimoiy-iqtisodiy siyosati navbatdagi qadam bo'lishi” kerak 
edi. 1958 yilning mayida Mao TSzedun qishloqlarda kommunalarni tashkil qilishga 
chiqardi. “Uch qizil bayroq” shiori paydo bo'ldi, u iqtisodiy qonunlarga zid o'laroq 
ilgari rejalarini jadallashtirilgan tarzda amalga oshirishning avantyuristik dasturini 
kuzda o'tar edi. Dastur umuman “Kaatta sakrash” deb atalbi “Uch yillik zarbdor 
mehnat, o'n min yillik baxt keltiradi shiori ilgari surildi.
“Katta sakrash” XXRni 5-10 yil ichida dunyoning rivojlangan mamlakatlar qatoriga 
olib chiqishi kerak edi. Iqtisodiyot oldiga amalda bajarib bo'lmaydigan vazifalar 
qo'yildi. Jumladan 4 yil ichida (1958-1962yy) sanoat mahsulotni ishlab chiqarish 2.5 
marta ko'paytirilishi, po'lat eritishni 100 mln tonnaga yetkazish (o'sha vaqtda Xitoy 
bazo'r 2 mln. Tonna metal ishlab chiqarar edi), elektr energiyasi ishlab chiqarishni 20 
marta, alyumin ishlab chiqarishni 33 marta ko'paytirish rejalashtirildi.
Mamlakatda hamma joyda domna pechlari qurishga kirishildi. Har bir xalq 
kommunasiga domna pechlarini ko'rib unda metall eritish vazifalari belgilandi.
Biroq pirovordida bu kichik pechlarda eritilgan po'lat sanoat iste'moli uchun yaroqsiz 
bo'lib chiqdi. Qishloqlarda ishlab chiqarish kooperativlari xalq kommunalariga 
aylantirildi, yer, dala hovli, chorva mollari, mevali daraxtlar, qishloq xo'jalik 
uskunalari, xatto parrandalar ham kommuna mulkiga aylantirildi. Dehqonlardan 


83 
tarmoqqa yerlari tortib olindi. SHahar va qishloqlarda bozorlar yopildi. Norozilikning 
har qanday ko'rinishlari armiya va xavfsizlik organlari tomonidan bostirilar edi.
Bu yillarda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida ham o'zgartirishlar sodir bo'ldi. 
Xususan sobiq SSSR bilan munosabatlar yomonlashdi. Agar 1950 yillarda sovet 
rahbariyati XXR hukumatiga katta miqdorda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar 
bergan, Xitoyga 10 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarning yuborgan, 20 
mingdan ortiq Xitoy mutaxassislarini esa tayyorlab bergan va boshqa ko'plab 
sohalarda keng qamrovli yordan ko'rsatgan bo'lsa, 1960 yilning avgustida o'z 
mutaxassislarini chaqirib oladi. Mao TSzedun tomonidan e'lon qilingan 
“imperialistlar va barcha reaktsionerlar qog'ozdan yasalgan soxta yo'lbarslardir” tezisi 
Tayvan bo'g'ozida keskin vaziyatni yuzaga keltirib AQSH bilan to'qnashuv xavfsini 
keltirib chiqardi. 1959 yili xalq ozodlik armiyasi qismlari tibet aholisi qo'zg'olonini 
shafqatsiz bostirdi. Mahalliy hukumat tugatilib tibet ustidan XOA ning nazorati 
o'rnatildi.
“Katta sakrash” siyosati o'zini batamom oqlolmadi. 1958-1960 yillarda ya'ni ikki yil 
ichida xalq xo'jaligi ulkan 100 mlrd. YUan miqdorida talofat ko'rdi. Ba'zi 
ma'lumotlarga qaraganda “katta sakrash” yillarida XXR xalq xo'jaligi yangi ichki 
maxsulot uchdan bir, milliy daromad to'rtdan bir qismiga qisqartirilgan. 1960 yilga 
kelib Xitoy xalqi ocharchiliklarga duchor bo'ldi. Bu falokat uchun ayb May TSzedun 
raqiblari “Aksil partiyaviy guruhga yuklandi. Biroq hayot iqtisodiy siyosatiga 
o'zgartirish kiritishni taqazo etdi. Endi iqtisodiyotdagi asosiy soha sanoat emas, balki 
qishloq xo'jaligi deb e'lon qilindi. Dehqonlarga tomorqalar qaytarib berildi. 
Mahsulotlarni bozorda sotishga ruhsat berildi. Mayda domna pechlari qurish 
to'xtatildi. Faqat 1965 yil oxiriga kelibgina xalq xo'jaligini 1957 yil darajasida 
tiklashga muvaffaq bo'lindi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling