1 shavkat zokirov


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov


partiya 
apparati 
xodimlariga 
eski 
xafagarchiliklarni unutish tavsiya etildi, kimki bunday chaqiriqlarga ishonmayotgan 
bo'lsa yangi jazo choralari bilan taxdid qila boshladilar.
“Uch tomondan birlashtirish” taktikasi asosida 1967 yil yanvar oyi oxiridan boshlab 
yangi mahalliy hokimiyat organlari “inqilobiy qo'mitalar”ni tuzish ishlari boshlandi. 
Dastlabki vaqtlarda ulardagi ustunlik “xunveybinlar” va “tszaofanlar” qo'lida bo'ldi bu 
esa harbiylar va partiya xodimlarining noroziliklarini uyg'otgan edi. 1967 yili bir 
qator rayonlarda harbiy qismlar bilan xunveybinlar, izaofanlar tashkilotlar o'rtasida
to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Qonli to'qnashuvlar uxan, Guanchjou va boshqa joylarda 
ro'y berdi. Mamlakat iqtisodiyotiga og'ir zarba berilgan edi. Mamlakatni qamrab 
olayotgan xaomni oldini olish uchun 1967 yilning yozi oxirida amalda harbiy nazorat 
o'rnatildi. Aholi orasida “Butun mamlakat armiyadan o'rganadi, butun xalq 
askarlardir” ishlari targ'ibot va tashviqot ishining markazida bo'ldi. 
Ayni vaqtda viloyatlar darajasida “inqilobiy qo'mitalar”ni tuzish ishlari davom 
ettirildi. 
1968 yil oktyabr oyida bo'lgan XKP M.Kning VIII plenumi “Madaniy inqilob”ning 
barcha aktsiyalarini tasdiqladi. Lyu SHao-tsi partiya safidan chiqarilib barcha 
lavozimlardan ozod etildi. Plenum partiyaning 'ni Nizomini ma'qulladi. SHundan 
keyin XKP IX s'ezdini chaqirishga qattiq tayyorgarlik ko'rila boshlandi. 
1969 yil aprel oyida Pekin shahrida bo'lgan IX s'ezdda asosiy ma'ruza bilan Lin Byao 
chiqish qiladi. Uning ma'ruzasida “madaniy inqilob”ni ko'klarga ko'tarish asosiy 
o'rinni egallagan edi.


88 
Garchi “madaniy inqilob”ning g'alabasi haqida gapirilgan bo'lsa-da ayni vaqtda 
partiya tashkilotlari, davlat muassasalrini tozalash ishlarini davom ettirish bo'yicha 
yo'l yo'riqlar, ko'rsatmalar ilgari surildi. Partiyaning butun tarixi “Mao TSzedunning 
turli “og'machilarga qarshi kurashi” sifatida (shu jumladan Van Min, Gao Tan, Pen 
De-Xuaya va ayniqsa Lyu SHao -tsi) tasvirlandi. XXR ning rivojlanish istiqbollarini 
belgilab olish o'rniga “uzluksiz inqilob olib borish” urushlarga tayyorgarlik ko'rish 
to'g'risida gap so'zlar bordi. 
S'ezd tomonidan qabul qilingan partiyaning yangi Nizomni (1956 yilgi XKP VIII 
s'ezdida qabul qilingan Nizomdan farqli ravishda) partiyaning iqtisodiy va madaniy 
qurilish sohasidagi, xalqning turmushini yaxshilash demokratiyani rivojlantirish, 
tashqi siyosat sohasidagi vazifalari to'g'risidagi ko'rsatmalaridan iborat bo'lmadi. 
YAngi Markaziy qo'mita va Siyosiy byuroning yangi tarkibi o'zaro raqobatlashuvchi 
guruhlarining muvaffat kelishuvi (komirolisi) xolatida harbiylarning ta'siri 
oshganligini (siyosiy byuro a'zolarining yarmi) namoyon qildi.
XKPning IX s'ezdidan keyin mamlakat rivojining ehtiyojlari to'g'risida iqtisodiy 
sohasida ekstremistik yo'l yo'riqlarga tuzatishlar kiritildi, rejalashtirish elementlari
60-yillarning ikkinchi yarmida “burjua mafkurasini namoyon bo'lishi deb aytilgan 
mehnatga qarab haq to'lash tamoyillari joriy qilindi.
Madaniyat sohasidagi siyosatda ham birmuncha o'zgarishlar ro'y berdi. Maktablar va 
oliy o'quv yurtlarida garchi qisqartirilgan dasturlarda bo'lsa ham matbuotlar o'tish 
qayta tiklandi. Magazinlarda Xitoy mumtoz adabiyotining bir qancha asarlari paydo 
bo'ldi, ba'zi bir muzeylar ochildi. Ayni vaqtda mamlakatining madaniy hayoti ustidan 
qattiq nazorat saqlanib qoldi.
1970-1971 yillarda Xitoy rahbariyati tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'ldi. 1970 yilning
oxirida “madaniy inqilob ishlari bo'yicha guruhning sobiq rahbari CHen Boda siyosat 
maydonidan ketdi. 1971 yilning sentyabrida mamlakat siyosiy hayotida katta 
ahamiyatga ega bo'lgan voqealar sodir bo'ldi. XKP ning IX s'ezdida Mao 


89 
TSzedunning yagona o'rinbosari vorisi deb e'lon qilingan mudofaa vaziri Lin Byao 
boshchiligida bir guruh harbiy rahbarlar ishdan chetlatildilar (ulardan olti kishi XKP. 
Markaziy qo'mitasi siyosiy byurosi a'zosi edilar.) Lin Byao Mao TSzedunga qarshi 
fitna uyushtirishda ayblanadi. SHundan keyin armiyada yangi tozalash o'tkazilib 
uning natijasida o'n minglab ofitserlar qatag'on qilindi. 
YUzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 1973 yilning sentyabrida 
maxfiylik sharoitida XKPning X s'ezdi o'tkazildi. S'ezdda CHjou Enley va Van Xun-
venlarning ma'ruzalarida Lin Byaoni haqoratlash, qoralash, vamontoristik siyosiyyo'li 
esa oqlash asosiy o'rinni egalladi. Ommaviy qatag'onlar “proletariat dinturasi 
sharoitida inqilobni davom etishi”, proletariat bilan burjuaziyasi o'rtasidagi sinfiy 
kurashning keskinlashuvi haqidagi tozislar bilan “asoslandi”. Ayni vaqtda bu s'ezd 
ham ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda pozitiv dasturlarni ilgari surmadi. Ammo s'ezd 
kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarini va shuningdek Umum Xitoy xalq 
vakillari yig'ilishi faoliyatini tiklashga qaratilgan ko'rsatmalar bergan edi. 
S'ezdining natijalari turli raqobatlashuvi kuchlar: “Madaniy inqilob” to'lqinlarida 
hokimiyatga ko'tarilgan guruh (ularning lideri Mao TSzedunning xatini TSzyan TSin 
edi.) bilan CHjou En-lay boshchiligidagi eski kadrlar, harbiylar o'rtasidagi 
kelishuvdan dalolat berar edi. YAngi arboblardan SHanxayda “madaniy inqilob” 
tashkilotchilaridan biri s'ezdda XKP Nizomidagio'zgarishlar to'g'risidagi ma'ruza 
qilgan Van-XunVen ilgari surildi va XKP Markaziy qo'mitasining raisining beshta 
o'rinbosarlaridan (CHjou En-lay va boshqa lar bilan birgalikda) biri bo'ldi. Bu 
komprolis kelishuv, murosa “Madaniy inqilobga baho berishda namoyon bo'ldi. Bir 
tomondan s'ezd ob'ektiv vaziyatlar bosimi ostida jimgina ba'zi maocha 
ko'rsatmalardan chekinishga majbur bo'lgan edi. Bu ko'rsatmalarning to'liq 
yaroqsizligi davlat maxanizmi va mamlakat iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazganligini 
ko'pchilik anglab tursada indamas edilar. Amalda partiya va davlat rahbar kadrlarini 
bir qismini shu jumladan XKP markaziy qo'mitasini sobiq bosh kotibi Den Syaoninni 


90 
oqlash masalasi ma'qullandi. S'ezda u XKP markaziy komiteti raisi o'rinbosarlaridan 
biri lavozimiga ko'tarildi. “Madaniy inqilob” davridagi barcha bosh boshdoqliklar 
aybi CHen-Boyada va Lin Byaolar gardoniga yuklandi. Boshqa tomondan, esa 
siyosiy hisobot “madaniy inqilob” yo'lining to'g'riligi haqida gap borar edi.
S'ezddan keyingi voqealar rivoji siyosiy beqarorlik Xitoydagi xarakterli xususiyat 
bo'lib qolayotganligini yaqqol ko'rsatdi. 1973 yilning dekabrida eng o'n bitta harbiy 
okruglar namoyondirlarining sakkiztasi boshqa okruglarning qo'mondonligi 
lavozimlariga o'tkazildilar.
1974 yilning boshlarida mamlakat bo'ylab Lin Byaoning tanqid qilish kompaniyasi 
avj oldirildi. Lin Byao Konfutsiya ta'limotidan hokimiyatni bosib olish va kapitalistik 
tuzumni tiklashga urinishida foydalanganlikda ayblandi.
1975 yil yanvarida yengil-elpi “tayyorgarlikdan so'ng (10 yillik tanafusdan keyin) 
xalq vakillari umumxitoy yig'ilishining sessiyasi chaqirildi, u 1954 yildagi sotsialistik 
konstitutsiya o'rniga mamlakatning yangi konstituttsiyasini qabul qildi. YAngi 
konstituttsiya vujudga kelgan komiromistik o'zida ifodalagan edi deyinimiz mumkin.. 
bir tomondan “madaniy inqilob” davri ko'rsatmalari shu jumladan “urursh yuzaga 
kelishi vaziyatiga tayyorgarlik boshqa tomondan Xitoyning iqtisodiy sharoitlariga 
muvofiq keladigan ba'zi qoidalar: “kommuna a'zolarining “tomorqa uchastklariga 
egalik huquqi, ishlab chiqarish brigadarini asosiy xo'jalik hisobidagi birlik sifatida 
e'tirof etish, ishlamagan tiklamaydi, “har kimdan qobiliyatiga yarasha-har kimga 
mehnatiga yarasha” tamoyillari kiritildi.
Umumxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo'mitasi va Davlat kengashi 
tarkibiga turli guruhlar vakillari kirdilar. Armiyada oliy lavozimlar-mudofaa vaziri, 
Bosh shtab boshlig'i va bosh siyosiy boshqarma boshlig'i lavozimlari ham 
raqobatlashuvchi guruhlari o'rtasida shunday taqsimlandi, qurolli kuchlar boshlig'i esa 
konstituttsiyasiga ko'ra XKP Markaziy qo'mitasining raisi bo'ldi.


91 
Bu faktlar, jipslashishiga bo'lgan chaqiriqlar, sessiya hujjatlarining mazmuni hukmron 
lagerdagi yangi kompromis-murosa (XKP X s'ezdidan keyin) haqida guvohlik beradi. 
Biroq maochilar lageri ichidagi qarama-qarshiliklar saqlanib qoldi.
Sessiyadan keyin tez orada Xitoy matbuotida mehnatga yarasha taqsimotni e'lon 
qiluvchi, tomrqa uchastkalariga bo'lgan huquqni va pul tovar munosabatlarini burjua 
huquqi deyuvchi va uning cheklashni talab qiluvchi ya'ni tenglashtirishni talab 
qiluvchi maqolalar paydo bo'lganligi bejiz emas. SHu bilan bir vaqtda amaliyotda 
mehnatkashlarning iqtisodiy mahoratlari kamsitildi.
XXRda ichki kurash 1976 yilda ham davom etdi. Yilning boshlarida Davlat Kengashi 
rahbari CHjou Enlay vafot etdi. Uning xotirasiga bag'ishlangan marosim vaqtida 
Pekinning bosh Tenanlik maydonida TSzyan TSin va “Madaniy inqilob” boshqa 
liderlariga qarshi ommaviy chiqishlar ro'y berdi. 
SHu voqealardan so'ng Den Syaoning egallab turgan barcha lavozimlardan olib 
tanlandi. Davlat kengashi rahbari etib jamoat xavfsizligi vaziri Xua Go-fan tayinlandi. 
1976 yil iyulida XKP markaziy qo'mitasi siyosiy byurosi Doimiy qo'mitasining a'zosi, 
xalq vakillari umumxitoy yig'ilishi Doimiy qo'mitasi raisi, afsonaviy sarkarda Xitoy 
ozodligi uchun kurashchi CHjou De vafot etdi. 
Xitoy rivojlanishining yo'llari, usullari maqsadlari masalalari bo'yicha kurash 1976 
yilning sentyabrida Mao TSzedun vafot etganidan keyin yangidan keskin tus oladi.
SHunday qilib “Madaniy inqilob” to'g'risidagi umumiy xulosa chaqiradigan bo'lsak 
bu siyosat avvalo Xitoyda yo'lga qo'yilayotgan xalq xo'jaligini barbod qildi. U Xitoy 
uchun 500 milliard yuanga tushdi. “Madaniy inqilob” siyosati olib borilgan 1966-
1976 yillar” yo'qotilgan o'n yillik” bo'lib qoldi. Bu davrda mamlakat iqtisodi jar 
yoqasiga borib qoldi. Ishchi va xizmatchilarning ish haqi 30 foizga qishloqdagi bir 
kunlik mehnat haqi 33 foizgacha pasaydi. SHu vaqtlarda mamlakatda 200 mln kishi 
doimiy tarzda to'yib ovqat yemasdi, shaharlarda 20 million kishi ishsiz edi.


92 
1981 yilgi XKP qarorida qayd qilinganidek, bevosita Mao TSzedun tashabbuskori 
bo'lgan madaniy inqilob mamlakatni loyqalatib yubordi, porti “davlat va ko'p millatli 
xalqqa jiddiy kulfatlar keltirdi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling