1 shavkat zokirov


Xitoy xalq Respublikasi XX asr oxiri XXI asr boshlarida


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov

Xitoy xalq Respublikasi XX asr oxiri XXI asr boshlarida. 
XX asr so'nggi o'n yilligi o'rtalariga XXR jahon iqtisodiy tizimida mustahkam 
pozitsiyalarni egalladi. Mamlakat yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha 7-
o'rinni, tashqi savdo ko'lami bo'yicha 11 o'rinni egallagan edi. Biroq aholi jon boshiga 
(bu vaqtda aholi 1 mln 200 mln.dan ortgan edi.) daromad ancha kamgina (yiliga 260 
dollar) qolmoqda edi. 
Alohida rayonlarning tarqqiyoti ham nomutanosib bo'lib, ular ichida mamlakatning 
shimoli-g'arbi rivojlanishida sharqiy rayonlarga nisbatan orqada qolmoqda. Lekin 
yuqori darajada rivojlangan Gonkong (1997 y) va Makao (1999 y) larning Xitoy 
tarkibiga qo'shilishi XXR tarixida muhim voqea bo'lib, bu mamlakat iqtisodiyotini 
sezilarli darajada mustahkamladi. 
200-2004 yillarda Xitoyning YAIM ko'lamining o'sishi o'rtacha 3.1 foizni tashkil 
qildi. 2004 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning qiymati 1.7 trln. YUan (14 trln. 
AQSH dollari) tashkil etdi. Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy o'sishi eksportga 
yo'naltirilgan ishlab chiqarishni ustivorligi va bevosita chet el investitsiyalarni 
mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinishiga asoslangan. 


98 
2003 yilda chakana savdo miqdori o'tgan yilga nisbatan 9 foizga, sanoat ishlab 
chiqarishi 19.7 foizga o'sgan XXRning sanoat mahsulotlarining eksporti bu vaqt 
ichida 30.6 foizga ko'paygan. Bunda eksport miqdorining 85 foizini elektronika
yengil, to'qimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari tashkil etgan. 2003 yilda 
Xitoyda jon boshiga milliy daromad miqdori 1090 AQSH dollarini tashkil etgan.
 
 
O'zbekiston -Xitoy munosabatlari 
O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni 
tartibga soluvchi 100dan ortiq davlataro va boshqa kelishuvlar imzolangan. Ikki 
davlat rahbariyati o'rtasida davomi uchrashuvlar va tashriflar amalga oshirilmoqda. 
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Xitoyga 1992, 1994, 1999 va 2001 yillarda 
tashrif buyurdi. 2002 yilda Oliy Majlis raisining o'rinbosari Boris Bugrov, 2003 yilda 
bosh vazir O'tkir Sultonov, 2004 yilda Tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoyev, 2004 yilda 
Bosh vazir o'rinbosari E.G'aniyevlar XXRga tashrif buyurgan bo'lsalar, Xitoy 
tomonidan 1994 yilda davlat kengashi raisi Li Pen, 1995 yili rais o'rinbosari Xu 
TSzintao, 1996 yilda rais ining o'rinbosari TSyan TSichen, 2001 yilda Davlat 
Kengashi raisining o'rinbosari Li Lantsin, 2002 yilda Davlat kengashining a'zosi 
I.Aymat, 2003 yilda Tashqi ishlar vaziri Li CHjaosin, 2003-2004 yillarda Ijtimoiy 
xavfsizlik vazirining o'rinbosari YAn Xuannin, 2004 yilda XXR raisi Xu TSzintaolar 
O'zbekistonda rasmiy tashrif bilan 10 ta muhim hujjat, jumladan, O'zbekiston va XXR 
o'rtasida sheriklik munosabatlarini, do'stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish, 
mustahkamlash to'g'risida qo'shma deklaratsiya narkotik vositalar, psixotrop 
moddalarning noqonuniy aylanishi hamda iste'mol qilinishiga qarshi kurashish haqida 
bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirlarining tashriflari chog'ida quyidagi bitimlar 


99 
imzolandi: terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to'g'risida; ikki 
tomonning tashqi siyosiy idoralari o'rtasida hamkorlik va maslahatlar to'g'risida. 
2005 yilning 25-27 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ikki 
kunlik davlat tashrifi bilan Xitoy xalq Respublikasida bo'ldi. O'zbekiston va Xitoy 
rahbarlarining yakkama-yakka suhbatida o'zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va 
istiqbollariga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga 
molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 
Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida 
o'zaro 
savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, 
ijtimoiy 
va 
madaniy 
aloqalarni 
kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi. Tomonlarni neft-gaz, sayyohlik
ta'lim, yuqori texnologiyalar, transport kommunikatsiyalari, to'qimachilik, konchilik 
sanoati sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdilar. 
Iqtisodiy sohadagi hamkorlik. Davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy bitimga binoan, 
o'zaro iqtisodiy munosabatlar kun sayin rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Davlat 
statistika qo'mitasining axborotiga binoan, 2004 yilda ikki tomonning tovar aylanmasi 
367,1 mln. AQSH dollari miqdorida bo'lib, uning 101,5 mln O'zbekistondan eksportni 
va 265,6 mln O'zbekistonga importni tashkil etdi. O'zbekistonda XXR sarmoyasi 
ishtirokida 122 ta korxona mavjud bo'lib, ularning 102 tasi qo'shma korxona va 20 
tasi 100% XXR sarmoyasi asosidagi korxonalardir. 
Ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohadagi hamkorlik. Ikki mamlakat o'rtasida 
madaniyat, ta'lim, fan va texnika sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib bormoqda. 
Samarqand shahrida “SHarq taronali” xalqaro festivalida Xitoy vakillari, Pekin 
xalqaro madaniyati va turizm festivalida esa O'zbekistonning folklor jamoalari 
muntazam ishtirok etadi. 
2001 yilda Toshkentda XXR madaniyat markazining ochilishi bo'lib o'tdi. 


100 
2004 yil iyun oyida XXR raisi Xu TSzintaoning tashrifi davomida xitoy tilini 
o'rganish bo'yicha O'zbekistonda Kofutsiy nomidagi Institutni tashkil etishga kelishib 
olindi. Xitoy tomoni institutni barcha zaruriy o'quv adabiyotlari, lingofon jihozlari va 
o'qituvchilar bilan ta'minlash majburiyatini oldi. 
2005 yil 18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oqsaroyda 
XXR Davlat Kengashi rahbarining o'rinbosari qabul qilindi. 
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga oid 
fikr almashildi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling