Xitoy tilini o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklari bajaruvchi


Download 240.68 Kb.
bet1/8
Sana22.03.2023
Hajmi240.68 Kb.
#1287082
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Xitoy tilini o’qitish metodikasi” fanidan



KURS ISHI


MAVZU: XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Bajaruvchi: Xitoyshunoslik, kechki ta’lim,
lV bosqich xitoy-Ingliz guruhi
talabasi : Yakubova Mohidil
Ilmiy rahbar: Artikova Ziyoda Zaynitdinovna


XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
REJA:
KIRISH............................................................................................................3
ASOSIY QISM
1 § Xitoy tilini o’qitish jarayonida og’zaki nutqni rivojlantirish …......................7
2 § Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanish..................................………10
3 § Xitoy tili darslarida dialoglar bilan ishlash uchun qo’llaniladigan mashqlar................................................................................................................. 13
XULOSA................................................................................................................22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.......................................... 23


KIRISH
Mamlakatimizda Xitoy tilini o’rganishga bo’lgan talab kun sayin jadal sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Buning asosioy sabablaridan biri sifatida O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi munosabatlarning kun sayin rivojlanib borayotganini e’tirof etish o’rinlidir. Oʻzbekiston va Xitoy xalqlarini koʻp asrlar davomida doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan koʻp tomonlama aloqalar bir-biriga yaqinlashtirib kelgan. Xususan, bundan ikki ming yillar muqaddam Buyuk Ipak yoʻli davrida boshlangan oʻzaro madaniyatlar almashinuvi tarixining yorqin sahifalari hamon yodda saqlanib kelmoqda. Madaniyatlarimiz oʻrtasidagi qadimiy yaqin aloqalar ildizi ikkala xalqning yanada yaqinlashishiga sabab boʻlayotir va bugungi kunda Oʻzbekiston - Xitoy oʻrtasidagi uzoq muddatli, muhim va ishonchli hamkorlik uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Ikki tomonlama hamkorlik koʻlami barcha jabhalarni qamrab olgan. Bu munosabatlar zaminida mamlakat rahbarlari oʻrtasida oʻzaro ishonchli va doʻstona rishtalar yotadi. Tomonlar shuningdek SHHT doirasida ham doimiy ravishda oʻzaro oliy darajadagi uchrashuvlar va tashriflar amalga oshirib turishadi. 1
2017-yil 11-15 may kunlari O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR ga rasmiy tashrif buyurdi, hamda ―Bitta belbog‘ - bitta yo’l‖ forumida ham ishtirok etdi. “Bitta belbog‘ – bitta yo’l” forumi ham hozirgi zamonda dunyo mamlakatlari orasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, savdo va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, turizm, ta‘lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Sh. Mirziyoyev.
Shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlik ham jadal sur’atda rivojlanib boryapti. Oʻzbekistonda yoshlar orasida xitoy tilini oʻrganishga va Xitoyda turli sohalar boʻyicha ta’lim olishga boʻlgan qiziqish yil sayin ortib bormoqda.
Zamonaviy Xitoy tili darslik va o’quv qo’llanmalarini o’rganish va o’rgatish jarayonida biz dialoglarni uchratamiz. Ya’ni nutq ikki xil ko’rinishda bo’ladi: monologik va dialogik. Ushbu shakllar nafaqat til xususiyatlari, balki psixologik nuqtai nazardan ham farqlarga ega. Biz bu kurs ishimizda Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklarini ko’rib chiqamiz.

Download 240.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling