Xitoy tilini o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklari bajaruvchi


Download 240.68 Kb.
bet2/8
Sana22.03.2023
Hajmi240.68 Kb.
#1287082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirishi O’zbekistonga o’zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda yuritish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo’lishining o’z strategiyasini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo’nalishlari va ustuvorligini belgilash imkonini berdi. Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan 1992 yilning 2 yanvaridan bugungi kungacha hamkorlik munosabatlari samarali rivojlanib kelmoqda. Ushbu do’stona munosabatlar tufayli savdo va iqtisodiy sohalarda bitimlar imzolandi. Zarur resurslarni, xalq iste’moli mollarini yetkazib berishdan tortib, mehmonxonalar qurish, sog‘liqni saqlash, dori-darmonlar ishlab chiqarish, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilishgacha keng ko’lamdagi siyosiy, diplomatik va madaniyat sohalarida ham jiddiy o’zaro manfaatlarning mavjudligi, shu munosabatlarni chuqurlashtirishga ko’maklashmoqda. Hozirgi kunda ana shu omillar xitoy tilini O’zbekiston hududida keng ko’lamda o’rganilishni taqozo qilmoqda.
Bizga ma’lumki, Xitoy tilini o’rganish murakkab jarayon. Umuman olganda chet tilini yaxshi bilish va shu munosabat bilan, chet tilini o’qitishning provard maqsadi, ya’ni nutq ko’nikmasini monologik va dialogik jihatdan o’zlashtirishdir. Xitoy tili o’qituvchisi o’quvchiga tilni o’rgatish jarayonida murakkab bo’lmagan oson usullardan foydalanishi zarur. Shundagina xitoy tilini o’rganayotgan o’quchi bu tilda tezda gapira oladi. Tilni o’rgatishda biz bosqichiga qarab qisqa diologlardan o’rgatishni boshlasak murakkab darajaga yetganimizda murakkab diologlardan ham foydalana olamiz. Ko’pgina metodistlarning fikriga ko’ra, chet tillarini o’qitishning samarali shakli bu diologik nutqdir.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Biz ushbu kurs ishimiz mavzusi ustida izlanish olib borish jarayonida bir qancha manbalardan foydalanishga harakat qildik. Shulardan asosiylari quyidagilardir, Filologiya fanlari nomzodi, professor Akram Karimovning “Xitoy (Boshlang’ich bosqichdagi talabalar uchun o’qish kitobi) ” o’quv qo’llanmasidan, “ ” - “Og’zaki xitoy tilida gaplashamiz” xitoy tilida qo’llanmasi, “ ”“Xitoy tilida suhbat quramiz” qo’llanmalari, E.N.Salovovaning “Методика обучения иностранным языкам” (“Chet tillarni o’qitish metodikasi”,(3-nashri) Moskva-2005)2, S.Y.Fyodorova va Y.A.Kvashinalarning “Chegaralangan vaqt ichida xitoy tilini ikkinchi til sifatida o’qitishning ahamiyati va usuli”3 deb nomlangan maqolasi, 史迹 “汉语分级阅读 1,2,3” («Разноуровневые тексты по чтению на китайском языке»)4, 汉语“新目标 ( 1,2,3)5, “新使用汉语课本 2“ Сборник упражнений.6


Download 240.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling