1 shavkat zokirov


partiyasida kuchli raqib bo'lib keldi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov


partiyasida kuchli raqib bo'lib keldi. 


122 
Birmuncha ko'zga ko'ringan konservativ siyosatchilar qatriga kiruvchi Ikeda Xayato 
boshchiligida xukumat o'zidan oldingilarini xatolarini xam jadal iqtisodiy o'sishga yo'l 
ochuvchi yangi imkoniyatlarini xam xisobga olib ish tutdi. Ikeda kayshuqoq ichki 
siyosatini o'tkazshi va ijtimoiy guruxlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni qarama - qarshi 
kuchlarni xildagi dialoglari yo'li bilan pasaytirishga intildi. Jamiatni ichki siyosiy 
barqarorlashtirishga ko'rsatilgan bu takti tazim qilgan xolatda (teysi-sey) o'tkazilgan 
siyosat nomini oldi. 
1964 yilning kuzida bosh vazir Ikeda kassaligi tufayli istefoga chiqdi va LDP ichida 
uzoq davom etgan kurashdan so'ng yetakchilik Yaponiya moliya va ishbilarmonlik 
doiralari tomonidan qo'llab quvvatlangan Sato Eysakuga o'tdi. Undan partiya ichidagi 
qarama-qarshi fraktsiyalarni birlashtirishni va muxolifat ta'sirini kuchayib borishiga 
qarshi bir qadar qat'iy yo'l tutishini kutgan edilar. Sato hukumati Yaponiyani qayta 
qurollantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mehnatkashlar huquqlariga 
qarshi hujumga o'tish uchun konstitutsiyaning qayta ko'rib chiqish zaruriyati haqida 
fikr bildira boshladi. Urushdagi mag'lubiyatning barcha oqibatlarini yo'q qilishga 
qaratilgan chaqiriqlar tarqatila bordi. 
1960 yillarning ikkinchi yarmi 2000 yillarning boshlarida iqtisodiy rivojlanish. 
1960 yillar davomida Yaponiya iqtisodiy o'sish sur'atlari bo'yicha boshqa rivojlangan 
mamlakatlarni quvib o'tishda davom etdi. 1961-1970 yillarda YAMM (yalpi ichki 
maxsulot)ning o'rtacha yillik o'sish sur'atlari Yaponiyada 11 foizni tashkil etgani 
holda Buyuk Britaniyada bu ko'rsatgich 2,8 foizdan AQSHda esa 4,1 foiznigina 
tashkil etdi. 1951 - 1970 yillarda sanoat ishlab chiqarishi Yaponiyada yiliga o'rtacha 
15,2 foizni, yuqorida keltirilgan mamlakatlarda tegishlicha. Agar 1950 yili butun 
kapitalistik ulushi 1,7 foizni tashkil etgan bo'lsa, 1970 yilga kelib bu ko'rsatgich 10 
foizga yetdi. 
Yaponiyaning 1960-yillarda iqtisodiy rivojlanishining yuqori sura'tlari bir qator 
olimlar bilan belgilanar edi. Ulardan eng muhimlaridan birini anchayin yuqori mehnat 


123 
unumdorligi sharoitida ish haqining past darajada bo'lganligi tashkil etardi. Binobarin, 
Yaponiyada qayta ishlovchi sanoatda ishchilarning real ish haqlari 1969 yilda 
AQSHdagiga nisbatan 4 marta, Angliya va GFRdagiga nisbatan 40 foiz kam edi. 
Sarmoya jamg'arishi davlatni qo'llab quvvatlashi sharoitida muntazam yuqori darajada 
qolmoqda edi. 
Asosiy sarmoyaga investitsiyalar ulushi YAlpi Milliy mahsulotga nisbatan 1969 yili 
Yaponiyada 35,2 foizni, boshqa rivojlangan mamlakatlarda - AQSHda 14 foizdan, 
Frantsiyada 25,4 foizgachani tashkil etardi. 
Ulkan miqdordagi jamg'arilishlar uskunalashga tezlik bilan investitsiyalar kiritish 
imkonini berdi. Ularning o'sish sura'talari bo'yicha Yaponiya 1950-1970 yillarda 
Angliyadan, GFR, Frantsiyadan 2,6 marta, AQSHdan 4 barobar o'zib ketdi. 
Sarmoyalar avvalo, iqtisodiyotni umumiy o'sishini belgilab beradigan sohalarga - 
metallurgiya, mashinasozlik, neft kimyosigv kiritildi. Jahon fani va texnikasini eng 
yangi yutuqlarini patent va litsenziyalarini sotib olish yo'li bilan ishlab chiqarishga 
ommaviy tadbiq qilish davom etdi. Iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini 
ta'minlanishida uzoq vaqt davomida Yaponiya tomonidan import qilinadigan neft va 
boshqa xom ashyo narxlarining past narxlarda va aksincha Yaponiya eksport qiluvchi 
maxsulotlar, birinchi navbatda mashina va uskunalarning narxlarini birmuncha yuqori 
darajada saqlanib kelganligi ham katta rol o'ynadi. 
Yaponiyada xarbiy ehtiyojlar uchun deyarli xarajat qilinmaganligi (1976 yilga kelib 
bor yo'g'i YAMMning 1 % iga yetgan) sharofati bilan mamlakatda barcha ishlab 
chiqarish 
qudratini 
yangi 
sohalarga 
yo'naltirishga 
erishdi. 
Ular 
orasida 
avtomobilsozlik muhim o'rinni egalladi. 1960-1980 yillarda yengil avtomobillar 
ishlab chiqarish 33 marta o'sdi. Ayni vaqtda mashinasozlikni boshqa sohalarida, 
radioelektronika, EHM, avtomatlashtirish vositalari aloqa uskunalari ishlab chiqarish 
yuqori sur'atlar bilan o'sib bordi. 


124 
Avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha 1980 yili Yaponiya AQSHni quvib o'tib 
jahonda birinchi o'ringa chiqdi. Rabototexnika, maishiy texnika va optikadan 
foydalanishda Yaponiya mustahkam birinchilikni saklab kelmoqda. Yapon sanoatida 
o'n minglab (1990-yillarda 60 mingdan ortiq) turli xil robotlar ishlatilmoqda. Yapon 
sanoatining hozirgi zamon shart-sharoitlariga moslashuvida davlatni boshqaruvchilik 
roli katta bo'ldi. 
Yaponiya YAMM (yalpi milliy maxsulot) hajmi bo'yicha sobitqadamlik bilan avval 
Italiya va Frantsiyani undan so'ng Germaniya Federativ Respublikasini quvib o'tdi va 
1968 yili kapitalistik dunyoda AQSHdan so'ng ikkinchi o'ringa chiqdi. 
Sanoat ishlab chiqarishini tez o'sib borishi bilan monopoliyalar pozitsiyalari kuchayib 
bordi. Ilgarigi yetuk guruhlar, katta uchlik - ---, mitsubisi, Sumitomolar yetakchilik 
qildilar. Biroq 60-yillarda yosh moliya oligarxiya guruhlari - Fudzi, Donti, Sanvolar 
paydo bo'ldi. “Katta uchlik” bilan birga ular ham Yapon iqtisodiyotida katta o'rin 
egalladilar. Yaponiya dunyoning eng boy mamlakatlari yettiligiga kirdi. 
1980-yillarida Yaponiya zamonaviy kapitalizmning uch asosiy markazlaridan biri 
(AQSH bilan YeIH birga) dinamik rivojlanib borayotgan mamlakat bo'lib qolmoqda 
edi. Aholining jon boshiga daromadi Yaponiyada yiliga 18 ming dollardan oshdi. 
(AQSHda 15,5 ming dollar). 
Yapon qishloq ho'jaligida tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Yaponiya hududida 32 
ming kv.km. dan iborat, bu O'zbekiston hududidan 25 foiz kichik degan gap. Qishloq 
ho'jaligidan islohotlarni samarali amalga oshirilishi natijasida 125 millionli aholini 
zaruriy oziq-ovqat bilan ta'minlanishiga erishildi. Mehnat unumdorligi darajasi 
bo'yicha Yaponiya 1991 yil G'arbiy Yevropa mamlakatlarini quvib o'tdi, AQSHning 
90 foizi darajasiga yetdi. 
(1975 yili - 50 foiz). 1970 yillarning o'rtalari 19820-yillarning boshida namoyon 
bo'lgan yoqilg'i - energetika resurslari bilan ishlanmaganligidan kelib chiqadigan 
Yapon iqtisodiyotining noqisligi ilm-fanni talab qiluvchi sohalar: elektronika, 


125 
kompyuterlar, telekommunikatsiya va nazorat-o'lchov aslohalari, avtomatizatsiya 
biotexnologiya vositalari ishlab chiqarish sohalarini ustuvor rivojlantirish zaruriyatini 
ko'rsatdi. 
Hozirgi 
vaqtda 
Yaponiya 
dunyoda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
videoapparaturaarini 90 foizini bermoqda, u kapitalistik dunyodagi barcha 
robotlarning 70 foiziga egalik qilmoqda. Asta - sekin industrial jamiyatdan bilimlar 
asosiy qadriyalar bo'ladigan axborot jamiyatiga o'tish amalga oshirilmoqda. 1970 
yillardayoq patentlar va litsenziyalar sotib olish ilmiy va texnikaviy tadqiqotlarni 
moliyalashga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyat kasb eta boshladi. Bu sohadagi 
ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar mamlakatdagi yuqori ta'lim darajasiga tayanadi : 1980 
yilning o'rtalariga kelibgina Yaponlarning 93 foizi o'rta ma'lumotga, 25 yoshga to'lgan 
yoshlarning 40 foizi oliy ma'lumotga (AQSHda 20 foizi) ega edilar. Biroq 1991 
yilning oxirida Yaponiya 50 yillik ko'tarilishdan so'ng qiyinchiliklarga duch keldi. 
Yapon rasmiy statistikasi guvohlik berganidek 1992 yilda mamlakatda YAMMning 
o'sishi turg'unlikka uchradi: sanoat maxsuloti ishlab chiqarishi oldingi darajada qolgan 
holda eksport esa iyenning kursini tezlik bilan o'sib ketishi va iqtisodiyot rivojini 
sekinlashishi tufayli qisqardi. 1993 yili mehnat unumdorligi bo'yicha Yapon 
ko'rsatgichlari pasayotganligini ko'rsatdi, ishsizlik esa aksincha 3,2 foizgacha ko'paydi 
(bu 1953 yildan eng yuqori daraja edi). 
Natijada Yaponiya xukumatiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
umumdavlat rejasining maqsad va vazifalarini qaytadan ko'rib chiqishga to'g'ri keldi. 
Faqat 1995 yilning oxiridagina asta - sekin iqtisodiy depressiya holatidan chiqish 
belgilari ko'zga tashlandi. Mamlakat uchun 1997 yildagi Osiyo-Tinch okeani 
regionidagi iqtisodiy inqiroz jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. YAIMning o'sish sur'atlari 
1990 yillarning ikkinchi yarmida 1 % dan ko'p bo'lmadi. 
Siyosiy tizim va jamiyat hayotining muammolari (1960 yillarning o'rtalari - 2000 
yillarning boshi). 


126 
1960 yillarning o'rtalarida Yaponiyada yuzaga kelgan ichki siyosiy vaziyat shunday 
ko'rinishga ega bo'ladiki u 1990 yillarning boshlariga qadar ya'ni qariyb o'ttiz yil 
davomida saqlanib keldi. Siyosiy partiyalardan eng kuchlisi xokimiyat tepasida turib 
kelayotgan LDP (liberal demokratik partiya) bo'lib u saylovlarda saylovchilarning 42 
foizdan 58 foizgacha ovoziga (iqtisodiy kon'yuktura - vaziyatga bog'liq holda) ega 
bo'lib keldi. LDP ning yetakchiligiga xavf solmasa-da. Har holda YASP (Yaponiya 
sotsialistik partiyasi) uning asosiy raqibi edi. Undan so'ngroqda Yaponiya 
kompartiyasi bo'lib, uning saflarida chamasi maoizmning kuchli ta'siri tufayli birlik 
yo'q edi. 
Oraliq pozitsiyadagi (LDP bilan YASP o'rtasida) o'rta yo'l partiyalari - Komeyta 
(diniy buddaviylik maqkurasidagi 1964 yili tashkil topgan) partiyasi, Demokratik 
sotsializm partiyasi (DSP, 1959 yili tashkil topgan), YAngi liberal kongress (YALK, 
1976 yili tashkil topgan), partiyalari katta guruhni tashkil etardilar. 
Garchi kuchlarning taqsimlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmasada, biroq partiyalarga 
ular ovozi uchun kurashga va binobarin ular ortida turgan ko'psonli saylovchilar 
fikrini hisobga olishga majbur qiluvchi parlament mustaqil deputatlari sonining 
doimiy ortib borishi Yaponiya siyosiy hayotining xarakterli jihati bo'lib qoldi. 
Zamonaviy Yaponiyaning siyosiy tizimi davlat boshlig'i sifatida imperatorni saqlanib 
qolinganligi sharoitida ko'ppartiyaviylik parlament demokratiyasiga asoslanadi 1993 
yilga qadar 38 yil davosida saylovlarda yetakchi LDP uzluksiz g'alaba qozonib 
hukumatni shakllantirib keldiki, bu holat partiyaga bo'lgan saylovchilarnng hurmat 
e'tibori va mamlakatdagi ichki siyosiy barqarorlikdan darak berar edi. LDPning 
ommaviy 1986 yilga kelib o'zining cho'qqisiga chiqdi. Biroq 3 yildan keyin esa u 
parlamentning yuqori palatasida ko'pchilikdan maxrum bo'ldi. Bu korruptsiya bilan 
bog'liq katta janjalning (katta xukumat almashinuviga olib kelgan “Rikruto” firmasi 
ishi deb atalgan) va yuqori partiya siyosiy doiralardagi ma'naviy buzuqlik, boshqa 
faktlari va aholi orasida iste'molchilik solig'ini joriy qilishning natijasi edi. 


127 
Yapon parlamentining quyi palatasi (vakillar palatasi)ga 1993 ylning yozida bo'lgan 
saylovlar esa LDP hokimiyatini qulashiga va uni Sotsialistik partiya yo'liga o'tishiga 
olib keldi. Natijada Yaponiya siyosiy hayotida kuchlarning haddan tashqari beqaror 
muvozanati yuzaga keldi. Eng yirik partiyalarda bo'linishlar sodir bo'ldi, ularda 
hozirga qadar raqobatlashuvchi guruhlarni kurashi davom etmoqdaki, ularning 
yetakchilari mamlakat siyosatining printsipial muammolariga qarama-qarshi 
qarashlarni ilgari surmoqdalar. 
LDP hokimiyatga qaytib kelishi mumkin edi, lekin uning ahvolini mustahkam deb 
bo'lmasdi. 1998 yilning iyulida yuqori palataga bo'lgan saylovlarda yana yutqazib 
qo'ydi va uning lideri Ryutaro Xasimato bunda o'zini aybdor sanab, darhol iste'foga 
chiqish niyatini bildirdi. Bu voqealardan keyin Vazirlar Mahkamasiga uning 
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling