1 shavkat zokirov
O’zbekistan-Koreya Respublikasi munosabatlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekistan-Koreya Respublikasi munosabatlari. Koreya Respublikasi 1991 yil 30 dekabrda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari orasida birinchi bo'lib, O'zbekiston mustaqilligini tan oldi. O'zbekiston bilan Koreya Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganidan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi. Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi 1994 yilda Toshkentda ochilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi 1996 yilda Seulda ochildi. Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimovning 1992, 1995, 1999 yillarda Koreya Respublikasiga va Koreya prezidentining 1994 yilda O'zbekistonga rasmiy tashriflari chog'ida imzolangan hujjatlar o'zaro hamkorlikning huquqiy poy-devorini yaratdi. 1999 yilda o'zaro tovar aylanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AQSH dollariga yetdi. Koreya Respublikasi O'zbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr asbob- uskuna, xom teri, ipak, kimyo-viy o'g'it olib, O'zbekistonga transport vositalari, elektr va mexanik jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, bo'yoqlar, turli xil asbob-uskunalar, to'qimachilik mahsulotlari yuboradi. O'zbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona bo'lib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, to'qimachilik kabi sohalarga mansub. «O'zDEU avto», «O'zDEUelektroniks», «Kabul-O'zbek kompani LTD», «O'zSamsungelektroniks» kabi qo'shma korxonalar, shular jumlasidan. Ular 131 avtomobil, xalq iste'moli mollari, radioelektron mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. To'ytepa va Toshkentning «Ko'kcha» dahasida kurilgan to'qiimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinayotir. Farg'ona va Namangan shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. SHuningdek, Koreya Respublikasining 19 ta kompaniyasi O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochgan. 1994 yildan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq, masalalari bo'yicha O'zbekiston- Koreya va Koreya-O'zbekiston qo'shma qo'mitasi ishlab kelayotir. O'zbekistan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Koreya Respublikasining 10 ta banki bilan vakillik munosabatlari o'rnatgan. Koreya Xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari bilan yaqindan ish olib bormokda. SHu tashkilot orqali o'zbek yigit-qizlari muntazam ravishda Koreya Respublikasida malaka oshirayotir. Toshkent Iqtisodiyot universitetida va Moliya instituti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari tashkil etilgan. O'zbekistondagi boshqa litsey va kollejlarni o'quv asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi amalga oshirilayotir. Koreya Respublikasi Maorif vazirligining 1992 yil maydan beri ishlayotgan Toshkentdagi koreys ta'lim markazida oliy o'quv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yo'lga qo'yilgan. 1993 yil martida Toshkent SHarqshunoslik institutida koreyashunoslik fakulteti ochilgan. O'zbekistan Jahon tillari universitetida «Koreys tili markazi», Samarqand Davlat chet tillari institutida «Koreys tili va madaniyati markazi» ishlaydi. Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot, video hamda audio kassetalar bilan jihozladi. Ikki mamlakat o'rtasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. O'zbek madaniyat va san'at arboblarining Koreya Respublikasida o'z mahoratlarini namoyish etishi, O'zbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini o'tkazish odat tusiga kirib qoldi. 1998 va 1999 yillardagi ana shunday haftalik doirasida Toshkentda koreys kitoblari va fotosuratlari ko'rgazmasi uyushtirildi. Sport turlari va koreys an'anaviy o'yinlari 132 namoyish etildi. Kinofilmlar ko'rsatildi, nihoyat Alisher Navoiy nomidagi teatrda mashhur koreys ashula va raqs ansambllari katta kontsert berishdi 2005 yil 10 may kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasi Prezidenti No My Xyon O'zbekistan Respublikasiga keldi. YUksak martabali mehmon No My Xyon va mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ikki mamlakat o'rtasidagi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan do'stona aloqalarni mustahkam rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmonlari va tadbirkorlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, ilm-fan, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi ijtimoiy masalalarda hamkorlik qilish yuzasidan suhbatlashdilar. Mehmon mamlakatimizning osori- atiqalari bilan tanishar ekan, dunyoga mashhur Samarqand shahri va uning tarixiy obidalarini ko'rib, hayratini yashira olmadi hamda mamlakatimizning yuksak ma'naviyat, madaniyat, tarixga ega ekaniga yana bir bor amin bo'lganini, bunday xalqning kelajagi ham buyuk bo'lishiga ishonchi komil ekanini qayta-qayta ta'kidladi. O'zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oqsaroy qarorgohida Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralarining vakillarini qabul qiildi. Erishilgan yutukdarda to'xtab qolmasdan, hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish har ikki davlat uchun xam foydali ekanligini ta'kidladi va Koreya ishbilarmonlari hamkorligimizni yanada mustahkamlashga chaqirdi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling