1. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifati


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana15.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1484369
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Diyarova yulduz 16

Introvert tip – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan 
uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday 
odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy 
hayotlariga takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga 
borishlari mumkin. Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan kuchsiz bog‘langan 
emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy 
qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari ham mavjud – qaysarlik, tafakkur 
rigidligi, o‘z g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi. 
Keyinchalik A.E. Lichko o‘smirlar aksentuatsiyalarini ta’riflash asosida 
xarakterlar tasnifini taklif etdi. 
M.I. Enikeev shaxs muhitga moslashishining umumiy usuli asosida 
xarakterning quyidagi tiplarini keltiradi:[2] 
1. Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan 
birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday 
tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari 


bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli 
odam. 
2. Ichki nizoli, lekin tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki 
intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga 
oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib 
turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin 
ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi 
barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu har 
kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir. 
3. Moslashganligi kuchsiz nizoli tip – emotsional va ijtimoiy vazifalar, 
impulsivlik, salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalarning 
rivojlanmaganligi, o‘zini anglashning etarlicha tarkib topmaganligi 
o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli 
odamlarning hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo‘yicha sodir 
bo‘ladi: o‘zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha 
qiyinchiliklarsiz darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy 
faoliyatning asosiy mexanizmi – zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi 
odamlar barcha og‘ir vaziyatlarni keskin kelishmovchilik sifatida idrok 
qiladilar va anglanmagan psixologik soxta himoya – voqealikni buzib aks 
ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik, mevasiz orzular va shirin xayyollar olamiga 
g‘arq bo‘lish) ga murojaat qiladilar.
4. 
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling