1. Shaxs tushunchalarining ijtimoiy psixologik mohiyati


Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi


Download 217.37 Kb.
bet22/26
Sana24.04.2023
Hajmi217.37 Kb.
#1395014
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
ijtimoiy psixologiya.28.06.2022

23. Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi.
Shaxsning ijtimoiy psixologik tipologiyasi--Shaxs psixologiyasining shakllanishiga u mansub
bo‘lgan ma’lum bir ijtimoiy guruhlarning munosabatlari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday
o‘zaro ta’sir va muloqot jarayonida shaxslarning bir-biriga ta’siri sodir bo‘lishi bilan birgalikda,
jamiyatga, mehnatga, odamlarga, o‘zining shaxsiy sifatlariga nisbatan o‘z qarashlariga, ijtimoiy
ustanovkalariga ta’sir o‘tkazishi sodir bo‘ladi. Ma’lum bir ijtimoiy muhitda yashar ekan, shaxs u
yerda o‘ziga xos o‘ringa, obro‘ga, rolga ega bo‘ladi. Shaxs — ijtimoiy munosabatlarning
obyektigina emas, balki uning subyekti va faol ishtirokchisi hamdir. Shaxs — bu konkret inson,
ma’lum bir davlatning, jamiyatning, guruhning (bu guruh ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy, yoshga oid
va h.k. bolishi mumkin) vakili, o‘z atrofidagilar bilan ongli munosabat o‘rnata oladigan, ongli
ravishda faoliyat yurita oladigan, barcha munosabatlarda o‘ziga xos insoniy qiyofani namoyon
qila oladigan, shuningdek, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan kishidir.


18.24. Ijtimoiy tasirning shaxs tomonidan qabul qilinishi--
--Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum
ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning
ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z
-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki
imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq –
shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari,
o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali,
rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari,
jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning
qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va
uning barkamolligi mezonlaridan hisoblanadi.“Men” – obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati
shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi.



Download 217.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling