1. Shina o‘tkazgichlar va kabel liniyalari


I kV gacha kuchlanishli uch fazali shina o'tkazgich


Download 57 Kb.
bet2/4
Sana13.09.2023
Hajmi57 Kb.
#1677373
1   2   3   4
Bog'liq
Shina o‘tkazgichlar

2. I kV gacha kuchlanishli uch fazali shina o'tkazgich
Xizmat talablari bo'yicha shina o‘tkazgichlarlar magistral (o‘tkazuvchan tokda ShMA va o'zgarmas tokda ShMAD) va trolleyli (ShTA va ShTM) larga bo‘linadi. Magistral turdagi shinalar kuch taqsimlagich punktlarini kuchli energiya qabul qiluvchilar bilan bog‘Iaydi. Trolleyli variantda, asosan, mobil va yarim mobil mexanizmlami elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutiladi.
Yuqoridagi ikki variantdan tashqari yana uchinchi variant — yoritish vositalarini energiya bilan ta’minlovchi shinalar ham mavjud (ShOS).
Kuchl’anish 1 kV gacha bo‘lganda shina o‘tkazgichlar yopiq, himoyalangan va ochiq ko‘rinishlarga ega. Yopiq shina o‘tkazgichlar zavodlarda tayyoriangan elementlardan yig‘iladi. Ulami qo‘llash montaj ishlarini 4—5 marotaba kamaytiradi. Ular nisbatan yuqori bo‘lmagan balandlikka kerakli joyga o‘rnatiladi.
Past kuchlanishli tarmoqlaming shina o‘tkazgichlari har xil maqsadlaiga mo'ljallangan seksiyalardan yig‘iladi: to‘g‘ri, burchakli, uchlangan, kompensatsiyaviy, yoritgichli, egiluvchan, seksiyaviy, o‘tuvchi, ulanuvchi va boshqalar. To‘g‘ri sektsiyalar 3—5 m uzunlikka ega. Seksiyalardan tarmoq, quyidagicha shoxobchalanadi:
— seksiyalar oralig‘ida shoxobchalanish;
— bolt bilan birlashgan, yoki shtepselli joydan bir-biriga nisbatan 0,4—0,6 m oraliqda joylashgan, yerdan o‘tuvchi liniyalar ulanishi; . ri2 ь
— shina o‘tkazgichning barcha uzunligi bo‘yicha qo‘zg'almas yoki sirpanuvchi kontaktlar (teshikli yoki trolleyli shina o‘tkazgichlar).
Past kuchlanishli shina o'tkazgichlarda tekis aluminiyli shinalar qo'llaniladi. Shinalar kontakt yuzalari kerak bo‘lganda mis, kumush va boshqalar bilan qoplanadi. Teshikli va trolleyli shina o‘tkazgichlarda mis. va bimetall (alumin va misli) qoplamalar kvadrat, doira hamda maxsus profilli bo‘lishi mumkin. Uch fazali shina o‘tkazgichlarda shinalar soni uchtadan beshtagacha boiadi.

Barcha shina o‘tkazgichlar o‘xshash konstruksiyalardan tuzilgan. Tekis shinalar enli taraflar bilan yonma-yon joylashganlar. Katta tokli magistral o‘tkazgichlarda shinalar juftlangan.


Shina o‘tkazgichlar o‘zgarmas tokda juft sonli qilib ishlanadi: uch fazali tarmoqlarda shinalar soni uchlamchi qilib, to‘rt o‘tkazgichli zanjirlarda to‘rtta shinali qilib ishlanadi.
Issiqlik o‘tkazish va zanglashdan himoyalashni, fazalar va qutblarni aniq bilish maqsadida shinalar emal buyoqlariga bo‘yaladi (PUE ko‘rsatmasi bo‘yicha). O‘zgaruvchan tokda A fazasi - sariq, В - yashil, S - qizil rangga bo'yaladi. O‘zgarmas tokda musbat qutbli shina-qizil, manfiy qutb kul rangga bo‘yaladi.
Yerlatuvchi o‘tkazgichlar, barcha konstruksiyali o‘tkazgich va yoritish bo‘g‘imlari qora rangda bo‘ladi. Ochiq yerlatuvchi simlar boshqa rangga bo‘yalishi mumkin, lekin ularning ulanish joylarida qopa rangli -kamida ikkita palasa bo‘yoqlar bo‘lishi shart. Shinalarning bir-biri bilan ulangan joylari, ularning apparatlar bilan birlashgan bo‘laklari va yerlatish qurilmasi joylari bo‘yalmaydi.
Past kuchlanishdagi boshqa o‘tkazgichlaiga nisbatan shina o'tkazgichlari quyidagi afzalliklarga ega:
— kam narxga egaligi va elektr manbayi shinalarining tezligi;
— hozirgi zamon shina o‘tkazgichlarida sim va izolatsiyaning yuqori ishlash puxtaligi;
— tarmoq zanjiridagi kichik demontaj ishlari;
— shina o‘tkazgichning seksiya va boshqa bo‘g‘inlarini ko‘p martalab qaytish imkoniyati;
— demontaj va ikkilamchi montaj shina o‘tkazgichning puxtalik ko‘rsatkichlariga ta’siri yo‘qligi; shina o‘tkazgichlarni sim va kabellami o‘tkazish va osib qo‘yishni hamda yoritgichlarni o‘matish uchun ishlatish mumkinligi (bunda montaj ishlari arzonlashadi).
Shu sabablarga ko‘ra, shina o'tkazgichlar past kuchlanishda korxonalar, sexlaming asosiy elektr tarmog‘i hisoblanadi. Shina o'tkazgichlar portlash xavfi bo‘lgan zonalar va atrof-muhit murakkab sharoitga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling