1. Shina o‘tkazgichlar va kabel liniyalari


V li о ‘zgarmas tok shina о ‘tkazgichlari


Download 57 Kb.
bet3/4
Sana13.09.2023
Hajmi57 Kb.
#1677373
1   2   3   4
Bog'liq
Shina o‘tkazgichlar

3. 1000 V li о ‘zgarmas tok shina о ‘tkazgichlari.
Sanoat korxonalarida o'zgarmas tok motoiiarini, elektr pechlari va elektroliz vannalarini ta’minlash uchun tok shina o'tkazgichlari qo'llaniladl Ular 1 kV kuchlanishga va 1 dan 175 kA gacha toklarga ega.
Taqsimlovchi shina o‘tkazgichlar bir qancha parallel ulangan va shina o‘tkazgich trassasi bo'ylab joylashgan tok iste’molchilaiga xizmat qiladi. Boshqa hoQSftla katta quvvatli iste’molchilami individual ravishda elektr eneigiyasi bilan ta’minlaydi.
Bir qancha o‘zgartgich agregatlar ulanadigan shina o‘tkazgich bosh qismida shinalar nimstansiyalaming yig‘ma shina o‘tkazgichi hisoblanadi. Sanoat korxonalari sexlaridagi taqsimlovchi shina o‘tkazgichlar, odatda, 6,3 kA dan oshmaydigan tokka va 230 dan 910 V gacha kuchlanishga mo‘ljallangan W lib, ochiq va yopiq konstruksiyalarda ishlatiladi.
O‘zgarmas tok shinalar kesimidan bir xilda o‘tish tufayli ularni to‘g‘ri burchak to‘rt burchakli shaklda yasashlik maqadga muvofiq bo‘ladi. ShMAD—70 va ShMADK—70 turidagi o'zgaimas tok magistral shina o'tkazgichlarning asosiy texnik ko'rsatgichlari 8.8-jadvalda keltirilgan.

O'zgarmas tide magistral shina о‘tkazgichlarining asosiy texnik ko‘rsatgichlari8



SHMAD—70 turidagi shina o‘tkazgichlar qopqog'i bo‘lmaganligi uchun ulami elektr binolaiga o‘rnatish mumkin. SHMADT—70 turidagi shina o‘tkazgich qopqoqlar bilan berkitilganligi uchun elektr binolardan tashqari korxona sexlariga ham o‘rnatilishi mumkin. Shina o‘tkazgichlar alohida seksiyalardan yig'iladi. Ular uchun to‘g‘ri bo‘lib 750, 1500, 3000, 4500 mm o'lchamlarda hamda moslashgan va egilgan burchakli qilib tayyorianadi. Seksiyalar izolatsiyalanmagan alumin shinalardan iborat.
SHMADK—70 shina o'tkazgichdan tarmoqlanish tarmoq seksiyalari yordamida, SHMAD—70 da esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shina seksiyalarisiz shinaning o‘zida amalga oshiriladi. SHMADK—70 shina o‘tkazgich shina bo‘g‘inni faqat seksiyalar biriashgan joyga o'rnatiladi. SHMAD—70 da istalgan joyga o'rnatilishlari mumkin. Tarmoq seksiyasi shina o‘tkazgichi nominal toki 1,6 va 2,5 kA—0,63 kA, shina o‘tkazgich 4 va 6,3 kA.
QT davridagi shina o‘tkazgichning dinamik bardoshligi va boshqa muammolar hamda maxsus texnik adabiyotlarda yoritilgan.
Kabel liniyalari boshqa izolatsiyalangan tok o‘tkazgichlardan germetik qobig'i bilan farqlanadi. Bu qobiq kabel o‘tkazgichlari va izolatsiyasini tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi. Elektr tarmoqlarida qo‘llanuvchi kuch kabellari quyidagi elementlardan tashkil topgan:
alumin yoki mis simlar (past kuchlanishda simlar soni 1-6 ta, yuqori kuchlanishlarda 1—3 ta); ko‘p sonli simlar bo‘lganda, ular ko‘ndalang kesimni kichraytirish uchun preslangan bo'ladi. Ko‘p simli kabellarda simlar profilli, sektorli, segmentli, ellipsli bo'lishi mumkin;
silliqlovchi (elektr maydonni tenglashtiruvchi) o'tkazuvchi plyonkalar. Ular sim ustida hosil qilinadi (yuqori kuchlanishli kabellarda);
yog‘ shimdirilgan yoki qog‘oz aralashmalari qorishmadan yasalgan pohetilen, polivinil xlorid (past kuchlanishli kabel) yoki sintetik kauchukli (10 kV gacha kuchlanishda, ayniqsa, ko'chuvchi izolatsiyalar). Sintetik izolatsiyalar hozirgi vaqtda muvaffaqiyat bilan qog‘ozli shimdirilgan izolatsiyani siqib chiqarmoqda. Ayniqsa, katta muvaffaqiyatga yuqori kuchlanishlarda vulkanizatsiyalangan pohetilen izolatsiyali kabellar sazovor bo'lmoqda; ^ *
o‘tkazuvchi ekranlovchi plyonka bilan qoplangan izolyatsiya (yuqori kuchlanishlarda);
kamarsimon izolatsiya (ko‘p simlik kabellarda);
metall (alumin yoki qo‘rg‘oshin) yoki polimer materiallar (polivinil xlorid, sun’iy kauchuk, polietilen, polupropilen va boshqalardan) tashkil topgan germetik qoplama, ba’zida shlang shaklida (asosan shikastlanishdan asrash uchun);
bronni korroziyadan saqlash uchun qoplama (bitum, bitum bilan shimdirilgan juft).
Kabel tarkibiga qo'shimcha simlar kirib, ular ikkilamchi zanjirlarda, trost sifatida (havo kabellari) ishlatiladi.
Har xil materiallar qo‘llanilganligi va har xil konstruksiyalarda ishlangani uchun kabellar barcha kassdagi kuchlanishli ichki va tashqi binolar va zonalar tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Binolar, inshootlar, sanoat korxonalari kabellami quyidagi ko‘rinishda o‘matadilan qurilish konstruksiyalari devorlari, yuzalaridan ochiq shaklda; metall trubalarda ochiq yoki berk holda; kabel «kemalari» qutblarda; kabel kanallarda; lortilgan troslarga osilgan holat; trosli kabellari havodan o‘tkazish yo‘li; qurilgan imoratning kabel uchun mo‘ljallangan qismi ikki qavati poli kabel shaxtalaridan kabel o‘tkazish.
Imorat ichida va kabel inshootlarda mexanik shikastlanish tasodifiga qarab yaroqsiz yoki yaroqsizlanmagan va yonmaydigan tashqi qoplamasiz kabellar ishlatiladi. Ochiq o‘tkazilgan kabellami yong‘indan himoyalash maqsadida (masalan, kabel «kemalarida») yong‘inda bardoshli moddalar suriladi yoki qotib qoluvchi yong‘inga bardoshli suyuqlik quyiladi.
Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida, odatda, kabel inshootlarf va konstruksiyalari ishlatiladi. Kabel tunnellarida bronlanmagan metall yoki polimer qoplamasiz kabel yotqiziladi. Tunneldan o‘tkaziladigan kabelning umumiy soni 100 tagacha bo'lishi mumkin. Tunneldan, shuningdek, aloqa nazorat va boshqa kabellari ham o‘tkazilishi mumkin.
Agar kabel sonlari 20—30 dan oshmasa, tunnel o‘miga kabel kanallari yoki yer usti betonli kabel «kemalari» qo‘llanishi mumkin. Trassadagi kabellar soni ko‘paysa, kabel estakadasi va galereyasi inshootlaridan foydalaniladi.
Parallel trubalardan tashkil topgan kabel bloklarini yer ostidan o‘tkazishda hozirgi vaqtda shu trubalar temir beton, asbotsement, polimer va boshqalardan yasalgan bo‘lishi kerak. Bu trubalaming asosiy afzalliklari — ularning yaxshi texnologik sifatga egaligi, vazni kamligi, zaibaviy bardoshlikning yuqoriligi ichki yuzasining silliqligida.
Kabel liniyalari elektr energiyasini uzatishda yetarli darajada universal qurilma hisoblanadi. Ayniqsa, ulami ob-havo sharoiti og‘ir bo'lgan hollarda va shohobchalanmaganliniyalarda qo'llanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Katta quvvatli energiyalarni uzatishda bitta uch fazali kabel o‘rniga ikkita va bir qancha parallel ulangan kabellardan foydalanish mumkin. Bunda har bir kabel o‘z himoyalagichiga yoki hamma kabel uchun bitta himoyalagichdan foydalanish mumkin.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling