1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar
Download 172.41 Kb.
|
Sidirgichlar bilan ishlov berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalibrlovchi qism
Ishchi (kesuvchi) qism. Sidirgichlarning ishchi qismi qo’yimni kesib olish va sidirilgan teshik yuzasini shakllanishini ta’minlaydi. Ular datlabki ishlov beruvchi va toza ishlov beruvchi tishlardan tashkil topgan, kesishnng guruxli sxemasida esa o’tuvchi tishlar bilan jihozlangan bo’lib, bu tishlar pog’onali – konussimon yuzada joylashgan. Kesuvchi qism uzunligi unda joylashgan tishlarniing ko’paytmasiga teng bo’lib sidiriluvchi teshikning aniqlik talablari, yuza g’adir – budurligi va kesiladigan qo’yimning qalinligiga bog’liq. Tishlarning diametri qabul qilingan kesish sxemasi asosida hisoblanadi.
Kalibrlovchi qism bir hil diametrli 4...10 tishlarga ega bo’lib, sidirilgan yuzani kalibrlash, uning o’lchamlarini yoyilganligini kamaytirish uchun hizmat qiladi va charxlash uchun zahira hisoblanadi: toza ishlov beruvchi tishlar yeyilishi bilan kalibrlovchi tishlar charxlanib toza ishlov beruvchi vazifaga o’tadi, bu bilan sidirgichni hizmat muddatini uzaytiradi. Kalibrlovchi tishlar qo’yimni kesmaydi, yuzani mikronotekisliklarini bartaraf etib sidirgichni teshik ichida yo’nalishini ta’minlaydi. Sidirgichning kesuvchi qismi konstruktsiyasini qabul qilingan kesish sxemasi asosida aniqlanadi. Kesish sxemasining quyidagi sxemalari mavjud: qo’yimning qalinligi va kengligi bo’yicha taqsimlanishi bo’yicha – yakka va guruxli; ishlov berilgan yuzaning shakllantirish usuli bo’yicha – profilli, generatorli va kombinatsiyalashgan. Yuqoridagi ikkita sxemalarni dumaloq shaklli yuzaga ishlov berish misolida ko’rib chiqamiz. Kesishning yakka sxemasida sidirgichning xar bir tishi qo’yimni ma’lum bir qalinligida ishlov beriluvchi teshikni butun perimetri bo’yicha kesadi, bunda har bir keyinda turgan tishning diametri undan oldingi turgan tishning diametridan 2αz qiymatga katta, bu erda: αz-har bir tishga surish (αz=Sz). Ishlov berishda halqasimon yoki vintli qirindi hosil bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi sababli qirindilarni kengligi bo’yicha bo’lishi uchun kesuvchi qirralarda V – ko’rinishli shakldagi qirindini maydalovchi kanavkalar bajariladi (3-a rasm), bunda kanavkalar bir tishdan ikkinchisiga o’tishda shaxmat usulida joylashtiriladi. Qirindi maydalovchi kanavkalar hk = 0,4...1,0 mm chuqurlikka, Sk = 0,6...1,2 mm kenglikka ega (sidirgich diametriga bog’liq holda). Har bir tish tomonidan kesilayotgan qirindi 2αz qalinlikka ega bo’lgan alohida qismlar shaklida bo’ladi va shuni hisobiga kanavka uchastkasida undan keyingi tish tomonidan qo’yim kesilmaydi. Tsilindirsimon sidirgichlarda az ning ishlov berishda taxminiy kesish qalinligi quyidagicha: po’latlar uchun - az=0,02...0,04 mm; cho’yanlar uchun - az=0,03...1,0 mm; alyuminiy uchun - az=0,02...0,05 mm; bronza va latun uchun - az=0,05...0,12 mm. 3-rasm. Sidirishda qo’llaniladigan kesish sxemalari: a – yakka; b – guruxli; v – profilli; g – generatorli; d – kombinatsiyalashgan; 1 – sektsiyaning birinchi tishi; 2 – sektsiyaning ikkinchi tishi; 3 – sektsiyaning uchinchi tishi (dumaloq) Qirindi maydalovchi kanavkalarni jilvir tosh yordamida jilvirlash yo’li bilan kesib tayyorlanadi. Download 172.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling