1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar


Download 172.41 Kb.
bet1/8
Sana21.04.2023
Hajmi172.41 Kb.
#1368468
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sidirgichlar bilan ishlov berish


Sidirgichlar bilan ishlov berish
Reja:


1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi

2. Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar

3. Dumaloq shaklli teshiklarga ishlov berish uchun sidirgichlar

4. Shakldor yuzalarga ishlov berish uchun sidirgichlar

5. Tashqi yuzalarga ishlov beruvchi sidirgichlar



1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi


Sidirgich – ko’p tig’li yuqori unumli kesuvchi asbob bo’lib seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlarida ko’plab qo’llaniladi. Qo’yimni sidirgich tishlari orasida taqsimlanishi oldingi tishga nisbatan kelgusida turgan tishlarining balandligi va kengligini ortib borishi hisobiga amalga oshiriladi. Qo’yimni kenglik boyicha taqsimlanishi, kesish jarayonini yengillashtirish maqsadida bajariladi.
Turli shaklga ega bo’lgan teshiklarga ishlov beruvchi sidirgichlarni ichki sidirgichlar, tashqi ochiq konturli yuzalarga ishlov beruvchi sidirgichlarni tashqi sidirgichlar deyiladi.
Kesish jarayonini ta’minlovchi bosh xarakat, to’g’ri chiziqli va ilgarilanmadir. Ba’zi holatda aylanma yoki vintli bosh xarakatli sidirgichlar ham qo’llaniladi. Sidirgichlar yordamida sidirish jarayonini maxsus gorizontal yoki vertikal sidirish dastgohlarida bajariladi.
1-rasmda sidirish jarayonini bir nechta sxemalari ko’rsatilgan:

    • teshiklarga (1-a rasm) va tashqi yuzalarga (1-b rasm) kesuvchi asbobni ilgarilanma qaytma xarakatida ishlov berishda;

    • xarakatsiz sidirgichga nisbatan (1-v rasm) zagotovkalarni avtomatik ravishda yuklash va tushirishda tashqi yuzalarni to’xtovsiz sidirish;

    • aylanma detallarga yassi yoki dumaloq sidirgichlar bilan (bunda bosh harakat to’g’ri chiziqli yoki aylanma) ishlov berishda (1-g rasmda);

    • proshivkalar bilan teshiklarga ishlov berishda (1-d rasm) proshivka qisishga ishlashi uchun kuch kesuvchi asbobni torets qismiga yo’naltirilgan. Proshivkalarning bo’ylama turg’unligini ta’minlash uchun, ularning uzunligi 15 diametrdan oshmasligi kerak.

Proshivkalarning konstruktsiyasi sidirgichlar kabi bir hil.

1-rasm. Sidirish sxemalari:
a – teshiklarni; b – tekis yuzalarni; v – tashqi yuzalarni to’xtovsiz sidirish; g – yassi va dumaloq sidirgichlar bilan tsilindirsimon yuzalarga ishlov berish; d – teshiklarga proshivka bilan ishlov berish
Sidirgichlarning afzalliklari kuyidagilar:

  1. Kesish jarayonida qo’yim bir vaqtni o’zida bir nechta tishlar tomonidan kesilganligi uchun ish unumdorligi yuqori, bunda kesish tezligi 6...12 m/min bo’lgani bilan kesuvchi qirralarni faol uzunligi juda katta. Masalan, diametri 30 mm bo’lgan teshikni bir vaqtni o’zida beshta tish bilan sidirishda, sidiriluvchi qatlamni kengligi 470 mm.ni tashkil etadi. Ish unumdorligi boshqa ishlov berish turlariga nisbatan 3 – 12 marta yuqori;

  2. Sidirgichni qora, toza va kalibrlovchi tishlari hisobiga ishlov berilgan yuzalarni aniqligi (IT7… IT8) yuqori va g’adir–budurligi past (Ra 0.32...2,5). Sidirish bilan frezalash, randalash, zenkerlash, razvyortkalash, ba’zida jilvirlash ishlarini bajariladi;

  3. Asbobni yuqori turg’unligi;

  4. Dastgohlar konstruktsiyasining soddaligi. Bunda, sidirish vaqtida surish xarakati yo’q, shuning uchun bunday dastgohlar uzatmalar qutisiga ega emas, bosh xarakat kuch gidrotsilindrlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sidirgichlarning kamchiliklari quyidagilar:

    1. Sidirgichlarning konstruktsiyasini murakkabligi sababli, ularning tayyorlashni murakkabligi va narhining qimmatligi hamda ularni tayyorlash aniqligiga talablarni yuqoriligi;

    2. Sidirgich – bu maxsus kesuvchi asbob bo’lib, faqat bir o’lcham guruxidagi detallarga ishlov berishga mo’ljallangan;

    3. Sidirgichlarning konstruktsiyasi murakkab bo’lganligi sababli, ularni qayta charxlashga xarajatlarni yuqoriligi.

Sidirgichlarni ommaviy va seriyali ishlab chiqarishlarda qo’llanishi yuqori samarali bo’ladi.
Sidirgichlarni loyihalashda ularni quyidagi xususiyatlarini hisobga olish lozim:

    1. Sidirgichlar ishlash vaqtida juda katta cho’zuvchi yuklanish ostida bo’ladi. Shuning uchun sidirgichlarni albatta eng kuchsiz qismi

boyicha mustaxkamlikka sinab ko’rish lozim;

    1. Sidirish vaqtida kesib olinadigan qirindi kesuvchi tish va zagotovkaning birikishida bo’ladigan vaqt davomida qirindi kanavkasida erkin joylashuvda bo’lishi kerak. Shuning uchun qirindilarni joylashuvi va kengligi bo’yicha taqsimlanishiga katta e’tibor berish lozim;

    2. Sidirgichlarning uzunligi sidirish dastgohining ishchi yo’li uzunligiga mos tushishi kerak. Sidirgichlar tayyorlanish va ishlatish vaqtida yetarli bikrlikka ega bo’lish kerak, shuning uchun sidirish vaqtida ba’zi hollarda lyunet va boshqa moslamalar qo’llaniladi.

Sidirgichlarni barcha turlari ichida asosiy qismi (60% gacha) dumaloq shakli teshiklarga ishlov beradigan sidirgichlardir, shuning uchun quyida shu sidirgichlar uchun loyihalash masalalari ko’riladi. Boshqa turdagi (qirrali, щlitsali, tashqi yuzalar) ishlov beruvchi sidirgichlarning asosan farqli xususiyatlari ko’rib chiqiladi.

Download 172.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling