1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar


Qirindi kanavkalar tishining shaklli va o’lchamlari, geometrik parametrlari


Download 172.41 Kb.
bet5/8
Sana21.04.2023
Hajmi172.41 Kb.
#1368468
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sidirgichlar bilan ishlov berish

Qirindi kanavkalar tishining shaklli va o’lchamlari, geometrik parametrlari. Ichki sidirgichlarni loyihalashda hisoblar. Sidirgichlarning ishlash qobiliyati qirindi kanavkalari tishining tanlangan shakli va o’lchamiga bog’liq. Sidirgichning tishlari qo’yidagi asosiy talablarni qoniqtirishi kerak:

  1. ko’p sonli charxlashlarni ta’minlashi kerak;

  2. etarli miqdorda mustahkamlik zahirasiga ega bo’lishi kerak; 3) sidirgichni yuqori turg’unligini ta’minlovchi geometrik parametrlarga ega bo’lishi kerak;

4) qirindi kanavkalarining shakli va o’lchamlari qirindilarni zich holda o’ralishini ta’minlanishi kerak va kanavkalarning hajmi qirindilarni erkin joylashuvini ta’minlay olish darajasida bo’lishi kerak.
Tishlar va qirindi kanavkalarining o’lchamlarini ortishi sidirgichni uzunligi va mustaxkamligining ruxsat etilgan qiymatlari bo’yicha chegaralanadi.
4-rasmda kesuvchi tishlar va qirindi kanavkalarining to’g’ri chiziqli (a), egri chiziqli (b) va egri chiziqli uzaytirilgan qirindi kanavkali (v) profillari keltirilgan.
To’g’ri chiziqli tishlarni tayyorlash oson, lekin qirindini o’ralishi va joylashuvi bo’yicha egri chiziqli tishlardan keyingi o’rinda turadi. Ularni asosan po’lat va mo’rt materiallarga (cho’yan, bronza va boshq.) ishlov beruvchi yakka sxemali sidirgichlarda qo’llaniladi.
Po’latlarga (guruhli sxemali sidirgichlar bilan) ishlov berishda qalin qirindi kesishda egri chiziqli tishlarni qo’llash tavsiya etiladi.
Qirindi kanavkasining uzaytirilgan shaklli chuqur tishlarga ishlov berishda h/t≤0,35 nisbatda bo’lganida qo’llashni tavsiya etiladi.

4-rasm. Kesuvchi tishlar va qirindi kanavkalarning profili: a – to’g’ri chiziqli; b – egri chiziqli; v – uzaytirilgan shaklli kanavkali
To’g’ri chiziqli va egri chiziqli qirindi kanavkalari va tishlarning asosiy o’lchamlarini quyidagi nisbat asosida aniqlash mumkin:

h = (0,35...0,40)t ; r = (0,50...0,55)h; g = (0,30...0,35)t ;


R = (0,65-0,80)t ,
uzaytirilgan shaklli qirindi kanavkalari uchun:

h = (0,15...0,20)d ; r = 0,5h ; g = (1,5...1,6)3 d ,
bu erda: h kanavka chuqurligi; t – tishlar qadami; g – tishning orqa qirrasi uzunligi; r va R – dumaloqlash radiuslari; d – sidirgich diametri.
H ning qiymatini kanavkalarni qirindilar joylashuviga tekshirishda aniqlanadi. Kanavkalarning yuzasini qirindilarni yaxshi o’ralishi uchun silliqlash va yaltiratish (polirovka) tavsiya etiladi.
γ oldingi burchakni ishlov beriluvchi materialga bog’liq holda tanlanadi. Po’latlar uchun γ =10...200, turli qattiqlikka ega bo’lgan cho’yanlar uchunγ= 4...100, alyuminiy va mis uchun
γ=12...150 olinadi.
Ichki yuzalarga ishlov beruvchi sidirgichlar faqat oldingi burchak bo’yicha charxlanishi va charxlashdan so’ng ularning diametri kichiklashishini hisobga olgan holda dastlabki tishlarda orqa burchak
α= 30, toza ishlov beruvchi tishlarda orqa burchak α= 20, kalibrlovchi tishlarda orqa burchak α= 0...10 olinadi.
Ichki yuzalarga ishlov beruvchi sidirgichlarni loyihalashni muhim bosqichlaridan biri kanavkani kesilgan qirindini sig’uvchanligiga tekshirishdir. Bu sidirish jarayonida hosil bo’ladigan qirindini erkin chiqib ketishini iloji yo’qligi bilan bog’liqdir. Qirindi diametri tishning balandligi (h) ga teng bo’lgan valik ko’rinishida o’ralishi kerak. Bunda kanavkaning kerakli va yetarli hajmi kanavkaning Vk hajmini qirindining Vqir hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Ushbu nisbatning qiymatini kanavkani to’lish koefftsienti deb ataladi:
K=Vk /Vqir
Hisoblarni soddalashtirish maqsadida yuqorida keltirilgan hajmlarni taaluqli maydonlar bilan almashtirish mumkin. Bunda kanavkaning Fk maydonini hammasi olinmay, faqat aylananing diametri h ga teng qismi olinadi, kesiluvchi qirindi maydoni esa Fqir =az L0 bo’ladi, bu erda: L0 – ishlov beriluvchi teshikning uzunligi (5-rasm). U holda
K=Fk / Fqir h2 /(4az L0) (7,1)


  1. 5-rasm. Sidirgich kanavkasining qirindi bilan to’lish sxemasi

Yuqoridagilarga asosan kesilayotgan qirindi kanavkani zich to’ldira olmaydi va o’ramlar orasida maydoni bo’yicha sezilarli tirqishlar bo’lishi mumkin. Tirqishning qiymati qancha katta bo’lsa, qirindini o’ralishi shuncha qiyin bo’ladi, masalan, legirlangan po’latlarga ishlov berishda qirindi qalinligi ortishi va h.k. (1-jadval). Kesishning
guruhli sxemali sidirgichlarda k=2...3 olish tavsiya etiladi
Yakka sxemada kesuvchi sidirgichlar uchun tavsiya etiluvchi kanavkalarni to’lish koeffitsientlarining tavsiya etiluvchi qiymatlari
1- jadval

Qalinligi
az ,mm




Ishlov beriluvchi material




Po’lat, δ6 , MPa

Cho’yan, bronza, latun

Mis, alyuminiy

400 gacha

400...600

600dan yuqori

<0,003

3,0

2,5

3,0

1,5

2,0

0,03...0,07

4,0

3,0

3,5

2,0

3,0

>0,07

4,5

3,5

4,0

2,5

3,5

1 tenglamadan
(7,3)
Sidirgichni kesuvchi qismining uzunligi va bir vaqtni o’zida ishlovchi tishlarning soni qabul qilingan tish qadami va sidirish uzunligiga bog’liqdir.
Tishlarning qadami qo’yidagicha aniqlanadi: a) kesishning yakka sxemasi

Download 172.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling