1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar


Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar


Download 172.41 Kb.
bet2/8
Sana21.04.2023
Hajmi172.41 Kb.
#1368468
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sidirgichlar bilan ishlov berish

2. Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar


Sidirgichlarning konstruktiv elementlari. Sidirgichlar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: quyruq qismi, bo’yin qismi, oldingi va orqa yo’naltiruvchilar, kesuvchi va kalibrlovchi qismlar, orqa quyruq qismi (2-rasm).
Quyruq qism sidirgichni dastgoh patroniga ulanishini ta’minlaydi. Quyruq qismning asosiy turlari va o’lchamlari standartlashgan. Bunda quyruq qism diametri sidiriluvchi teshik diametridan 1...2 mm.ga kichik bo’lish kerak.

2–rasm. Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlarning konstruktiv elementlari:
1– quyruq qism; 2 – bo’yin qism; 3 – oldingi yo’naltiruvchi; 4 – kesuvchi qism; 5 – kalibrlovchi qism; 6 – orqa yo’natiruvchi qism; 7 – orqa quyruq qism
Bo’yin qism va undan keyin turgan o’tuvchi konuslar yordamchi funktsiyalarni bajaradi. Ularning uzunligi sidirgichni patronga, sidirishdan oldin dastgoh patroniga ulashga imkon beradi. Bo’yin qismining diametrini quyruq qismiga nisbatan 0,3...1,0 mm.ga kichik qilib tayyorlanadi.
Oldingi yo’naltiruvchi qism zagotovka o’qini sidirgich o’qiga nisbatan (kalibrlovchi qismni ishlov berilgan teshikdan chiqishini ta’minlash uchun) markazlash uchun hizmat qiladi. Oldingi yo’naltiruvchining uzunligi sidiriluvchi teshikning uzunligi L0 ga teng bo’lishi kerak, agar uzunligi katta bo’lsa, u holda 0,6L0 dan kichik bo’lmasligi kerak. Oldingi yo’naltiruvchi qismning shakli zagotovkadagi teshikning shakli bilan mos bo’lib yo’naltiruvchi diametri f 8 dopusk bilan tayyorlanadi.
Orqa yo’naltiruvchi qism oldingi yo’naltiruvchi kabi vazifani bajaradi. Ularning uzunligi oldingi yo’naltiruvchidan bir muncha kam, diametri f7 dopusk bilan yuqori aniqlikda tayyorlanadi. Orqa yo’naltiruvchining shakli sidiriluvchi teshik shaklli kabi bo’lishi kerak.
Zagotovkadagi teshikni sidirish oxiriga yetganidan so’ng uzunligi va diametri katta bo’lgan sidirgichlarni avtomat ravishda ortga qaytarish uchun dastgoh karetasidagi patronga sidirgichni o’rnatib maxkamlash uchun orqa quyruq qismi loyihalanadi. Orqa quyruq qismning shakli ham oldingi quyruq qism shakli kabi bir hil.

Download 172.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling