1. Sidirgichlarning vazifasi, asosiy turi, qo’llanilish sohasi Teshikka ishlov beruvchi sidirgichlar


Download 172.41 Kb.
bet4/8
Sana21.04.2023
Hajmi172.41 Kb.
#1368468
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sidirgichlar bilan ishlov berish

Guruxli kesish sxemasi (3-b rasm) yuqoridagi sxemadan shunisi bilan farqlanadiki, bunda barcha kesuvchi tishlar guruxlar yoki sektsiyalarga bo’linib har biri 2...5 tishdan tashkil topgan va ushbu tishlarning diametri bir hil. Qo’yim qalinligi bo’yicha gurux tishlari orasida, kengligi bo’yicha esa shaxmat holatida joylashgan guruxdagi tishlar orasida taqsimlanadi. Har bir tish kesuvchi qirraning uchastkasi bilan qo’yimni alohida qismini kesadi. Bunda sidirgichlarni guruxli kesish sxemasi bo’yicha loyihalashda guruxdagi oxirgi tishni boshqa tishlar diametriga nisbatan 0,02...0,04 mm.ga kichik tayyorlanadi. Bu halqasimon qirindilarning paydo bo’lishini oldini olish maqsadida bajariladi.
Kesishni guruhli sxemasining asosiy kamchiligi shundaki, sidirgichni tayyorlash mehnat hajmining yuqoriligidir.
Profilli sxemada (3-v rasm) barcha kesuvchi qirralarning profili sidiriluvchi teshikning profili bilan bir hil. Bunda sidirilgan teshikni yakuniy shakllantirish faqat oxirgi tishlar tomonidan
bajariladi, qolgan tishlar faqat quyimni kesishga ishlaydi. Teshikning shakli murakkab bo’lganida bunday sxemani qo’llash maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki bunday murakkab shaklli sidirgichlarni tayyorlash qiyindir. Profilli sxema asosan shakli bo’yicha sodda yuzalarni shaklantirishda qo’llaniladi.
Kesishning generatorli sxemasi (3-g rasm) ni qo’llashda kesuvchi qirra shakli ishlov berilgan yuzaning shakli bilan mos tushmaydi. Ushbu holatda sidirgichni tayyorlash yengillashadi va jilvir tosh bilan barcha tishlar jilvirlanadi. Ammo lekin, ishlov berilgan yuzada chiziqlar (pog’onachalar) hosil bo’lib ishlov berilgan yuzalarning sifati pasayadi.
Ishlov berilgan yuzalarga aniqlikning yuqori talablari qo’yilganida, kesishning kombinatsiyalashgan usuli (3-d rasm) qo’llaniladi va oxirgi ikki va uchta kesuvchi hamda kalibrlovchi tishlar profilli sxema bo’yicha, qolgan tishlar esa kesishning generatorli usuli bo’yicha ishlaydi.

Download 172.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling