1 “Sifat – xxi asr


Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar


Download 39.8 Kb.
bet21/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

31 Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar.

Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar

Sertifikatsiyalash tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Sertifikatsiya o’tkazish uchun qaror va ariza deklaratsiya berish;

Sertifikatsiyalashtiriladigan maxsulotlardan tajribalar o’tkazish uchun namunalar olish.

Me’yoriy xujjatlar bo’yicha namunalar olish miqdorini belgilash.

Maxsulot yoki ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish sxemasini tanlash;

Olingan natijalarni taxlil qilib muvofiqlik sertifikatini berish to’risida qaror qabul qilish;

Davlat standarti ro’yxatidan maxsulotni o’tkazib, muvofiqlik sertifikatini berish;

Xalqaro sertifikatlash tashkilotlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish;

Sertifikatsiyadan o’tgan maxsulotning sifat ko’rsatkichlarining barqarorligini nazorat qilish;

Sertifikatsiya natijalarining axboroti;

Noroziliklarni ko’rib chiqish.

Sertifikatsiyalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatsiyaga tegishli tashkilotga ariza-deklaratsiya va unga qo’shimcha xujjatlar jo’natiladi. Tegishli arizani qabul qilgan tashkilot bir oy davomida xujjatlarni ko’rib chiqib, sertifikatsiyalashga oid talablarga mos kelishi to’risida qaror qabul qiladi, qaysi tartibda va kimlar tomonidan o’tkazilishi belgilanadi.

Tanlangan namunalar Milliy sertifikatsiyalash tizimining akkreditlangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Lozim bo’lsa sertifikatsiyalashtirish tashkiloti tajribalar o’tkazish uchun usulubiy ko’rsatmalar ishlab chiqishni tashkil eatadi.

Sertifikatlangan maxsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati shu maxsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.


Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling