1 “Sifat – xxi asr


Sertifikatsiyaning rivojlanish tarixi?


Download 39.8 Kb.
bet24/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
менежмент жавобла

36 Sertifikatsiyaning rivojlanish tarixi?

36.Qadimdan bizda bir tushuncha bor. Xarid paytida savdo mukammal va to’liq bo’lishi uchun uchta tomon ishtirok etishi kerak. Birinchi tomon - oluvchi (xaridor), ikkinchi tomon - sotuvchi (tayyorlovchi) va uchinchi - xolis tomon. Uchinchi tomon sotilayotgan buyum yoki mahsulotga q¢yilgan narx ushbu mahsulot ega bo’lgan sifat ko’rsatkichlariga mutanosib ekanligi t¢g’risida kafolat bergan. Bunda uchinchi tomon albatta mahsulot to’g’risida o’zining xolisona fikrini haqqoniy bildira olishi, juda ko’p vaqtdan buyon shu faoliyat bilan shug’ullanayotganligi sababli sotilayotgan mahsulotning shu vaqtda va shu bozordagi narxi bir-biriga mos tushushini belgilay oladigan mutaxassis bo’lishi talab etiladi. Savdoning bu turi asosan katta miqdordagi yoki qimmatbaho xarid paytida qo’llanilgan bo’lib, bu holatni hozir ham qoramol, qo’y yoki ot savdolarida uchratishimiz mumkin. O’rtada turuvchi xolis tomon (ularni dallollar deb yuritilgan) savdoni bir muqim bo’lishiga yordam berib, savdo ob’ektiga xos bo’lgan sifat ko’rsatkichlariga tavsif beradi va xolisona baho beradi. Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miqyosda tan olinishi ustida «O’zstandart» Agentligi tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi («O’zdavstandart») va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil «O’zstandart» Agentligi tashkilotiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning mahsuli sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida ishlab chikarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi to’g’risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora- tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o’tilgan so’zlarning yaqqol misolidir.


Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling