1 “Sifat – xxi asr


O‘zbekiston respublikasining “metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni?


Download 39.8 Kb.
bet25/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
менежмент жавобла

37 O‘zbekiston respublikasining “metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni?

zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‟g‟risida” gi Qonuni

Ma‘lumki, 1993 yilning 28 dekabrida ketma-ket uchta, ya‘ni Standartlashtirish to‘g‘risida, Metrologiya to‘g‘risida va Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish Qonunlari qabul qilingan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya‘ni Metrologiya to‘g‘risidagi qonun ustida biroz to‘xtalib o‘tamiz.

Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta‘minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.

Metrologiya to‘g‘risidagi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma‘lumotlar berilgan.

Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish O‘zstandart agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.

Ma‘lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e‘tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari Metrologiya to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasi asosida O‘zstandart agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta‘minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.


Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling