1-sinf Matematika Mavzu: Burchaklarning turlari. Darsning maqsadi


Download 1.08 Mb.
bet2/2
Sana17.05.2020
Hajmi1.08 Mb.
#107177
1   2
Bog'liq
1-sinf matematika Burchaklarning turlari Xujamiyarova Uldan

to'g'ri chiziq, siniq chiziq bo'lar ekan deb quyidagi she'riy ibora bilan tushuntiriladi:

Xoh yerda, xoh osmonda,

Xizmatga shay biz chiziq,

Qo 'llang faqat keragin,

To'g'ri, egri yo siniq.

Kesma deganda esa to'g'ri chiziqli narsani olib, qaychi bilan shartta kessak, uning nomini kesma deb atash mumkin.

Kesma:


Chiziq ning bir qismini,

Shartta kesib olingiz:.

Endi «kesma» bo'ldi deb,

Sinfga jar solingiz.

To'g'ri chiziq bo'lsa ham, kesma bo'lsa ham chizg'ich yordamida o'lchash mumkin.



                1. 1-masalani og'zaki va yozma ravishda bajarish.

Bir likopchada 6 ta olma, ikkinchi likopchada 2 ta olma bor. Ikkala likopchada nechta olma bor?

Yechish: 6 + 2 = 8 (ta olma).



Javob: Ikkala likopchada 8 ta olma bor ekan.

                1. 1-masalani (ikkinchisini) og'zaki bajarish.

Ikki bog'lamda 8 ta bug'doy boshog'i bor. Ikkinchi bog'lamda 3 ta bug'doy boshog'i bo'lsa, birinchi bog'lamda nechta bug'doy boshog'i bor?

Yechish: 8-3 = 5 (ta).



Javob: Birinchi bog'lamda 5 ta bug'doy boshog'i bor.

Bug'doydan nima qilinadi?

Bug'doydan un qilinadi.


  • Undan nimalar pishiriladi?

  • Undan non, xamir ovqatlar, har xil pishiriqlar tayyorlanadi. Shuni yodda tutish kerakki, hayotni nonsiz tasawur etaolmaymiz. «Non nashidasi» qo'shig'ini kuylash.

IV. Mustahkamlash.

    1. 4-misol.

9-5=4 4+3=7 8-3=5 4+5=9

7-4=3 5+2=7 7-3=4 2+6=8



    1. 5-masalada esa rasmga qarab masala tuzib, yechishga o'rgatish.

Ta, ortiqda qo'shamiz,

Kichik dovon oshamiz.

Ta, kam bo'lsa, ayiring,

Qancha qoldi, tez biling.

  • Chinnigullar va lolalar hammasi nechta? Sanab aytib bering.

  • Chinnigullar va lolalarning hammasi 8 ta.

  • Lolalar chinnigullardan nechta kam?

  • Lolalar chinnigullardan 4 ta kam.

  • Chinnigullar lolalardan nechta ko'p?

  • Chinnigullar lolalardan 4 ta ko'p.

7-misolda jadvaldagi misollarni yechish, ya'ni berilgan sonlarning har birini 2 ta kamaytirish.

10 ni 2 ta kamaytirsak 8;

7 ni 2 ta kamaytirsak — 5;

5 ni 2 ta kamaytirsak — 3;

8 ni 2 ta kamaytirsak — 6;

4 ni 2 ta kamaytirsak — 2;

9 ni 2 ta kamaytir­sak — 7;

6 ni 2 ta kamaytirsak — 4 bo'lar ekan deb tushuntirish.

8-misolda shakllarning nomini va sonini toptirish.

Har bir o'quvchi o'zining partasi ustidagi geometrik shakllarni o'z o'rniga qo'yib, shunday shakl yasashi mumkin. Bu shakllarni sanoq cho'plari bilan ham yasash mumkin. Demak, bu shakllarda kvadrat, uchburchak, to'g'ri to'rtburchaklar borligini ko'rsatib, aytib berishlari kerak. (Bu amaliy mashg'ulot o'quvchilarning xotirasida yaxshi saqlanib qolishi uchun bajariladi.)

V. Darsni yakunlash.

O'quvchilar bilimini baholash, faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.



VI. Uyga vazifa. Darslikning 84-betidagi 6-misol.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKЕNT VILOYATI CHIRCHIQ PЕDAGOGIKA INSTITUTI

MAXSUS SIRTQI BO’LIM

BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI
1-sinf


Matematika fanidan dars ishlanma




Mavzu: Burchaklarning turlari

ATAMURATOVA DILDORA



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling