1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilarda o'qish malakalarini shakillantrish \


Download 21.93 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi21.93 Kb.
#1499952
1   2   3
Bog'liq
1-SINF ONA TILI VA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O\'QUVCHILARDA O\'QISH MALAKALARINI SHAKILLANTRISH

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pirniyazova A.Q., Pirniyazov Q., Bekniyazov Q. Baslawish klaslarda ana tili oqitiw
metodikasi. -Toshkent: Sano-standart, 2018. – B. 239.
2. Qosimova K., Matchonova S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyeva Sh. Ona
tili o’qitish metodikasi. – Toshkent: Nosir, 2009. – B. 311.
3. A’bdinazimov Sh., Qutlimuratov B., Ismaylova Z., Salieva P., Qutlimuratova G.
Ana tili ha’m oqiw sawatlilig’i 1-bo’lim. – Tashkent: Respublika bilimlendiriw orayi, 2021. – B. 10.
4. A’bdinazimov Sh., Qutlimuratov B., Ismaylova Z., Salieva P., Qutlimuratova G. Ana tili ha’m oqiw sawatlilig’i 1-bo’lim. – Tashkent: Respublika bilimlendiriw orayi, 2021. – B. 66.
Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarni shaxsiy rivojlantirish masalalari
Yosh iste‘dodlar oʻsib, ulgʻayib, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishi aniq. Modomiki, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yosh avlodga tayanar ekanmiz, avvalambor, ta‘lim sohasiga bir tomonlama qarashdan xalos boʻlishimiz lozim. Ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan oʻzgartirish, barkamol insonni shakllantirish kelajak taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda mustaqil fikrlovchi yoshlarga boʻlgan talab davr taqozosidir. Chunki shaxsiy dunyoqarashga ega boʻlgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta‘minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir boʻladilar. Respublikada olib borilayotgan davlat siyosatining bosh omillaridan biri ham mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Zero, oʻzgalar fikriga qaram boʻlish, turli yot mafkuralarga ergashish psixologiyasi jamiyat ma‘naviyatini tanazzulga olib kelishi shubhasizdir.
O‘qishning dastlabki kunlarida bolalar sinfdagi dars mashg‘ulotlariga juda ham qiziqadilar. Ularni ko‘proq rasm chizish, yozish, doskaga chiqish, qo‘l ko‘tarib o‘qituvchi savollariga javob berish singari ishlar qiziqtiradi. Keyinroq borib ular faqat darsdagi mashg‘ulot jarayonining o‘zigagina emas, balki mashg‘ulotlarning
mazmuniga ham qiziqa boshlaydilar. Shu kezlari bola o‘zining sinf va uyida bajarib kelgan ishlarini, yozma narsalarni o‘qituvchiga tezroq ko‘rsatishga oshiqadi. O‘qituvchining o‘quvchi bajargan vazifani og‘zaki ma‘- qullashi ham uni g‘oyatda quvontiradi.
Bolalarning bu xususiyatlarini yaxshi bilgan mohir o‘qituvchilar e‘tiborini ko‘proq yozishga va berilgan topshiriqlarni tezroq bajarish lozim ekanligigagina emas, balki topshiriqlarni sifatli qilib bajarish, to‘g‘ri va chiroyli qilib yozish kerakligiga ham jalab etadilar hamda topshiriqlarni yaxshilab bajargan, to‘g‘ri va chiroyli yozgan o‘quvchilarni o‘z vaqtida rag‘batlantirib boradilar. Natijada o‘quvchilar sekin-asta dars mashg‘ulotlarining mazmuniga qiziqadigan va ularni sifatli qilib bajarishga harakat qiladigan bo‘lib qoladilar. O‘quvchilar o‘qituvchilarning "yaxshi yozibsan", "to‘g‘ri bajaribsan", "barakalla" singari og‘zaki ma‘qullashigagina emas, balki uning o‘zlarining daftarlarga qo‘yib beradigan baholariga ham qiziqa boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda o‘qishga qiziqishning ortib borishida ularning o‘z bilim va tushunchalarning takomillashib borayotganligini sezib borishlar, o‘z imkoniyatlarining o‘sib borayotganligini tushunishlari katta ahamiyatga egadir.
Ma‘lumki, maktablarda bolalarni og‘zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi ana shu baho ta‘sirida o‘z faoliyatini kuchaytiradi, ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto, o‘quvchi dastlabki paytlarda "yaxshi" yoki "yomon" bahoning farqiga ham bormaydi, uni ko‘proq nechta baho olgani qiziqtiradi. O‘qituvchining rag‘batlantirishi uning uchun eng muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda III - IV sinflardan boshlab burch hissini anglash sezilarli ravishda namoyon bo‘la boshlaydi. Ammo bu yoshdagi burch hissi hali yetarli darajada barqaror va batamom mustaqil bo‘lmaydi. Maktab ta‘limi boshidan bola ikki tomonlama ham oilada, ham maktabda tarbiyaviy ta‘sir ostida bo‘ladi. Shu sababli tarbiyaviy ta‘sirlarning bir xil yo‘nalishda bo‘lishi komil shaxsni tarbiyalashga asos bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf bolalar kattalarning u haqidagi bergan fikr va baholariga qarab, o‘zlariga-o‘zlari baho beradilar. O‘quvchining o‘z-o‘ziga beradigan bahosi, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchining beradigan bahosiga va turli faoliyatlardagi muvaffaqiyatlariga bog‘liq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha - yuqori, adekvat-mos yoki past bo‘lishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishishni belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarini yuzaga kelishi va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin.
Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan bir qatorda, mehnatsevarlik va mustaqillik kabi shaxsiy sifatlari rivojlanadi. Bolalarda mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq. Agar bola haddan ziyod
ishonuvchan, itoatkor, ochiq bo‘lsa, unda asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani vaqtli mustaqillika undash, unda ba‘zi salbiy xususiyatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki hayotiy tajribalarini, asosan kimlargadir taqlid qilgan xolda o‘zlashtiradi.
Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas‘ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari kattalar va boshqa odamlarning lideri deb xis qilsin, ana shu xis bolada mustahkam bo‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishi shaxsiy rivojlanishini ta‘minlaydi. Mustaqil fikrlash borliqni, voqelikni idrok etish usuli sifatida tafakkur jarayonining mahsuli sanaladi. U aqliy faoliyat bilan chambarchas bogʻliqdir.
Oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, erkin tafakkur yuritishga imkon bermaydigan sabablardan biri oʻquvchilar faqat darslik va oʻqituvchi tomonidan dars jarayonida beriladigan ma‘lumotlarga tayanib qolishlaridir. Oʻquvchilarga oʻqituvchi tomonidan qoʻyiladigan talablar, koʻp hollarda mustaqil fikr yuritish ehtiyojini tugʻdirmaydi. Oʻquvchining mustaqil fikrlashidan qanoatlanilmasa uning shaxdini boʻgʻiib, boshqacha usulda mushohada qilishga majburlashning nafidan koʻra zarari koʻproq. Shuning uchun bugungi kun o‘quvchilarining shaxsiy rivojlanishinida ona tili va o‘qish savodxonligi fanida interfaol ta‘limni amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Interfaol ta‘limda o‘quvchilar mustaqil fikrlashga yo‘naltirilishi ularning shaxsiy rivolanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
O'quvchilarning o'qishga qiziqtirishni oshirish: O'qituvchi o'quvchilarni o'qishga qiziqtirish, matn bilan tanishishni rag'batlantirish va o'qish jarayonini qulay va qiziqarli qilish bilan boshlaydi. O'quvchilarning o'qishga qiziqishini oshirish uchun qiziqarli matnlarni tanlash, o'quvchi interaktiv faoliyatlar bilan qatnashishni tashkil etish, qisqa qahramonlar, dasturlar, tasvirli kitoblar, animatsiyalar va boshqa vizual materiallardan foydalanish muhimdir.
O'quvchilarning mustaqil o'qish qobiliyatini rivojlantirish: O'qituvchi o'quvchilarga mustaqil o'qish qobiliyatini rivojlantirishni o'rgatishi kerak. Ular bilan hamkorlikda qo'llanmalar va kitoblar bilan ishlash, matnlardagi muhim ma'lumotlarni izlash, matnni tahlil qilish, savollar berish, javob berish va matndagi fikrlarini bayon qilishni o'rganish muhimdir. O'quvchilarni o'qishning ilovasini, metodi va maqsadini tushunishga va mustaqil o'qishni o'rganishga o'zgartirish qilishadi.
Nutqiy va kommunikatsiya qobiliyatini rivojlantirish: O'qituvchi o'quvchilarga nutqiy va kommunikatsiya qobiliyatini rivojlantirishni o'rgatishi kerak. Ular bilan hamkorlikda suhbatlarni tashkil etish, savollar berish, javob berish, matndagi fikrlarni talqin qilish, masalalar yechish, qatnashchilarning izlanishlarini tinglash, matndagi qoidalar va tartibni tushuntirish va suhbatlarni tartibga solishni o'rganish muhimdir. Bu o'quvchilarning o'qish materialini tushuntirish, o'qishni tahlil qilish va fikr bildirishni o'rganishni rivojlantiradi.
O'quvchilarning fikr bildirish va muhokama qilish qobiliyatini rivojlantirish: O'qituvchi o'quvchilarga fikr bildirish va muhokama qilish qobiliyatini rivojlantirishni o'rgatishi kerak. Ular bilan hamkorlikda o'qish
Download 21.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling