Mazmunli dam olish kishi salomatligi, ruhan tetikligi, aqliy va jismoniy kamolotidagi ahamiyati xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida, jumladan, maqollarda aks etgan: -Yaxshi dam - mehnatga hamdam. - Sayohat tanga rohat. -Yaxshi dam olding, ishingga unum solding. -Mol ketsin, pul ketsin, eson-sog‘liqqa ne etsin. - Chiniqqanga gard yuqmas, tiniqqanga - dard. - Mazmunli dam olish kishi salomatligi, ruhan tetikligi, aqliy va jismoniy kamolotidagi ahamiyati xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida, jumladan, maqollarda aks etgan: -Yaxshi dam - mehnatga hamdam. - Sayohat tanga rohat. -Yaxshi dam olding, ishingga unum solding. -Mol ketsin, pul ketsin, eson-sog‘liqqa ne etsin. - Chiniqqanga gard yuqmas, tiniqqanga - dard.
- Sog‘lom turmush tarzining asosiy garovi tozalik ekanligini tasdiqlovchi qator maqollar ham mavjud:
- -Pokliging - sog‘liging.
- -Toza ko'zaning suvi toza.
- -Toza uyda dard qolmas.
- - Ayolning sarishtasi
- - Ro‘zg‘oming farishtasi.
- -Uyi tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham dard yuqmas.
- Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish sog‘liqni saqlovchi asosiy omil ekanligini tasdiqlovchi maqollar ham bor: -Och bo‘l, yalang'och bo‘l, salomat bo‘l. -Kechki ovqat-zahar, ovqat yegin sahar. -Sihat tilasang ko‘p yema, izzat tilasang ko‘p dema. -Tishsiz og‘iz - toshsiz tegirmon. -Qorning ochmasdan ovqat yegin, Qorning to‘ymasdan qo‘l artgin. -Uzoq chaynasang, uzoq yashaysan
«Ibn Sino shogirdlari» deb nomlangan rivoyatda sog‘lom turmush tarzi, salomatlikning besh garovi haqida so‘z yuritiladi: «Tabiblarning tabibi, ulug‘ hakim ibn Sino kunlardan bir kun qattiq og'rib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do‘st-birodarlari yig‘ilishibdi. Do‘st-birodarlari yaxshi so‘z aytib, ulug‘ tabibning ko‘nglini ko‘tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirdlari ustozini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |