1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?
O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
suhbat (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24. Moliyaviy sanksiyalar nima 218-modda. Moliyaviy sanksiyalar
22. O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi haqida so’zlab bering PF-5837 26.09.2019 23. Soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi? 74-modda. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin. Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi. Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi. Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi. Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo‘nak to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to‘laydi. Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to‘lash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. 24. Moliyaviy sanksiyalar nima? 218-modda. Moliyaviy sanksiyalar Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir. Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech bo‘lmaganda bitta holat mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi. Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘linganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi. Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi. Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling