to'lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun
majburiy hisoblanadi.
Qo'mita, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar davlat
soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi
o'rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq
to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda
hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, qo'mita tizimiga kiradigan
tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
tushirilgan hamda o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga,
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligida shaxsiy g'azna
hisobvaraqlariga,
bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi
hisobraqamlariga ega.
Davlat soliq hizmati organlari o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda
amalga oshiradilar.
Qo'mitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
1. to'liq nomi - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi;
2. qisqartmasi - Davlat soliq qo'mitasi yoki DSQ;
b) rus tilida:
1. to'liq nomi - Gosudarstvennыy nalogovыy komitet Respubliki
Uzbekistan;
2. qisqartmasi - Gosudarstvennыy nalogovыy komitet yoki GNK
v) ingliz tilida:
1. to'liq nomi — State Tax Committee
of the Republic of Uzbekistan;
2. qisqartmasi — State Tax Committee yoki STC;
Do'stlaringiz bilan baham: