1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?
Yuridik shaxslarning turlarini sanab bering
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
suhbat (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41. Sayyor soliq tekshiruvi haqida gapirib bering 139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi
40. Yuridik shaxslarning turlarini sanab bering
Yuridik shaxs — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. OʻzR fuqarolik qonunchiligiga koʻra, Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida molmulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxs lar mustaqil balans yoki smetaga ega boʻlishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Yuridik shaxslarning quyidagi 2 turi farqlanadi: 1) tijoratchi tashkilotlar, yaʼni foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tashkilotlar. Mas, xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, iqtisodiy sheriklik, jamiyatlar, sheriklik, kooperativlar yoki umumiy korxonalar); 2) tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar, yaʼni foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan tashkilotlar. Mas, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mablag'lar, davlat idoralari, diniy jamiyatlar, uyushmalar va boshqalarning mablag'laridan tashqari 41. Sayyor soliq tekshiruvi haqida gapirib bering 139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir. Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli. Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi. Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi. Soliq to‘lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi. Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi. Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling