20-modda. Soliq to‘lovchilar
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni
to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb
e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va
yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
hollarda va tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan yeri bo‘yicha bajaradi.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida
bo‘linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va
soliqlarni (yig‘imlarni) to‘laydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan
holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
8. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat
soliq boshqarmalari boshliqlari kim tomonidan lavozimiga tayinlanadi
va lavozimidan ozod etiladi
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va
lavozimdan ozod qilinadilar. 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son
9. O’zbekiston hududiga tovarlarni olib kirishda qo’llaniladigan bojxona
bojlari stavkalari kim tomonidan belgilanadi
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona
bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
10. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi
“Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot
tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha 1 navbatdagi chora
tadbirlar” to’g’risidagi PF-5969-son farmonida soliq tekshiruvlariga oid
Do'stlaringiz bilan baham: |