1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1001265
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
suhbat (1)



1. 
Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering? 
143-modda. Soliq auditini o‘tkazishga doir cheklovlar 
Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil 
soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan 
soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar 
aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy 
soliq auditini tayinlashga haqli. 
2. 
 Yakka tartibdagi tadbirkor 1 yoki 2 gurux nogironi bo‘lsa daromad
solig‘ining kat’iy belgilangan summasini qanday stavkada to‘laydi 
383-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq
summalari 
 
Qat’iy 
belgilangan 
miqdorlardagi 
soliq 
summalari 
O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi. 
I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar, faoliyat turi va uni amalga oshirish 
joyidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan summaning 50%ini, biroq BHMning 
50%idan 
ko‘p 
bo‘lmagan 
miqdorda 
to‘laydi. 
 
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir nechta faoliyat turi bilan 
shug‘ullangan taqdirda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘ining kat’iy belgilangan summalari qay tartibda to‘lanadi 
bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-
alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan 
ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan 
yuqori stavkada soliq to‘lanadi; 
4. Divident nima? 
41-modda. Dividendlar va foizlar 
Quyidagilar dividendlar deb e’tirof etiladi: 
1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha 
foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) 
tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) 
tomonidan olingan har qanday daromad; 
2) tugatish chog‘ida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu 
aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismi bo‘yicha pul yoki natura 
shaklidagi to‘lovlar; 


3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining 
chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun 
jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy 
qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav 
fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha 
to‘lash; 
4) ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi 
(ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) 
qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan 
daromadlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar, basharti ular 
aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni to‘lovchi yuridik shaxsning 
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, 
dividendlar deb e’tirof etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet 
davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har 
qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof etiladi. 
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy 
korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga bunday yuridik shaxslar 
tasarrufida qolgan foyda summasidan to‘lanadigan daromadlar dividendlarga 
tenglashtiriladi. 
Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday 
turdagi qarz majburiyatlari bo‘yicha diskont tarzida olingan daromad (uni 
rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar), shu jumladan pul omonatlari bo‘yicha olingan 
daromad foizlar deb e’tirof etiladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling