1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?
Kimlar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
suhbat (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. O’zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi nechta asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi
14. Kimlar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar
Soliq organlarida xizmatga o‘zlarining kasb malakasi, ishchanlik, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. Quyidagi shaxslar: -O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan; -jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno); -belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan; -mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar. 15. O’zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi nechta asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: -iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish; -soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish; -makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta’minlash; -soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ- huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish; -soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini belgilash; -xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; -soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan, soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling