1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?
Ommaviy mulk tushunchasiga tarif bering
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
suhbat (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Kaysi xollarda solik majburiyati tugatiladi
- 7. Soliq agentlari kim
5. Ommaviy mulk tushunchasiga tarif bering
213-modda. 17 bob. Fukarolik kodeksi. Ommaviy mulk tushunchasi Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki ommaviy mulkdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkchilik munosabatlari, shu jumladan ommaviy mulk munosabatlari ushbu Kodeks bilan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 6. Kaysi xollarda solik majburiyati tugatiladi 87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda tugatiladi: soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘langanda yoki soliq agenti tomonidan o‘tkazib berilganda; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bog‘liq boshqa holatlar yuzaga kelganda. Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: mazkur shaxs vafot etganda; uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda. Vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo‘rlardan undiriladi. Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob- kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda; ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob- kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda. 7. Soliq agentlari kim 23-modda. Soliq agentlari Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi. Soliq agentlari: soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet tizimiga o‘tkazishi; soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida yuritishi; soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar tutilgan da’vo muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart. Soliq agentlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling