1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi. Fanni o‘rganish usullari


Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari


Download 0.84 Mb.
bet27/52
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#231856
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
2 5262643094444051538

4. Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari

Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:

- kadastrli;

- daromad manbaidan;

- daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyicha).

Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob’ektlar (er, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi.

Oliy belgilariga ko‘ra tasniflanadigan ob’ektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo‘ladi. Masalan, er kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi er uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o‘rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma er uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.

Soliqni to‘lashning kadastrli usulining uziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning to‘lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog‘lik bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar kurgonlarida er solig‘i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari erlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan.

Ob’ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o‘rtacha da­romadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko‘p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo‘lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasida er solig‘i kadastli usulda undiriladi. Bunda erlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadi.

Ikkinchi usulda soliqni soliq sub’ektiga daromadni to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish xaqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob kilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.

Soliqning daromad manbaida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo‘yicha to‘lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to‘lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar.

Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari xaqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dehqon (fermer) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling