1-son Davolash fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Tibbiyot gelmintologiyasi


Download 266.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.10.2023
Hajmi266.37 Kb.
#1693423
1   2   3
Bog'liq
A‘zolar sistemasi ontofilogenezi

Hazm qilish sistemasi 
Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi 
 
Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga 
ajralmagan nay shaklidagi ichakdan iborat. Ichak halqumdan boshlanib 
anal teshigigacha davom etadi. Ichakning oldingi qismidan jigar 
o‘simtasi hosil bo‘ladi.Baliqlardan boshlab hazm sistemasi ancha 
rivojlangan. Jag‘larda bir xilda tuzilgan tishlar joylashgan. Bu tishlar 
faqat oziqni ushlab turish vazifasini bajaradi. Hazm nayi qismlarga 
ajralgan. Hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon
ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va anal teshigi bilan tugaydi. Jigar yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, baliqlardan boshlab o‘t qopi paydo bo‘lgan.



Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar va 
so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan. So‘lak ovqatni ho‘llaydi, lekin 
kimyoviy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ichagi baliqlarnikiga nisbatan uzun va 
hazm bezlari ham yaxshi rivojlangan. Baliqlardan farqli tomoni ichagi 
bevosita tashqariga ochilmay, balki uning kengaygan qismi kloakaga 
ochiladi.Sudralib yuruvchilarning ovqat hazm qilish sistemasi suvda 
hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshash, ular jag‘larida tishlar 
bo‘lishi va bezlarning faoliyati kuchayganligi bilan farq qiladi. Zaharli 
ilonlarda bir juft zahar bezlari ham ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. 
Ingichka ichak bilan yo‘g‘on ichak chegarasida ko‘richak shakllangan, 
yo‘g‘on ichak yo‘li kloakaga ochiladi. 
Sutemizuvchilarda
Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi tufayli hazm sistemasida 
moslanishlar paydo bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i burmali lablar bilan 
o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish hisobiga hosil bo‘lgan. 
Og‘iz bo‘shlig‘ida yuzasi ta’m bilish retseptorlari o‘rin olgan ko‘p 
so‘rg‘ichlardan iborat til, uch Ixtisoslashgan tishlarning paydo bo‘lishi 
sutemizuvchilar hazm sistemasidagi muhim moslanish 
hisoblanadi.Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon 
(sodda yoki Murakkab), ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. 
Ichaklarning o‘lchami kattalashgan. ayniqsa, ko‘richak uzaygan. 
Chuvalchangsimon o‘simta ham ovqat hazm qilishda qatnashadi. Hazm 
bo‘lmagan oziq anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi. 

Download 266.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling