1-son Davolash fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Tibbiyot gelmintologiyasi
Download 266.37 Kb. Pdf ko'rish
|
A‘zolar sistemasi ontofilogenezi
Hazm qilish sistemasi
Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga ajralmagan nay shaklidagi ichakdan iborat. Ichak halqumdan boshlanib anal teshigigacha davom etadi. Ichakning oldingi qismidan jigar o‘simtasi hosil bo‘ladi.Baliqlardan boshlab hazm sistemasi ancha rivojlangan. Jag‘larda bir xilda tuzilgan tishlar joylashgan. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turish vazifasini bajaradi. Hazm nayi qismlarga ajralgan. Hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va anal teshigi bilan tugaydi. Jigar yaxshi rivojlangan bo‘lib, baliqlardan boshlab o‘t qopi paydo bo‘lgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar va so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan. So‘lak ovqatni ho‘llaydi, lekin kimyoviy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ichagi baliqlarnikiga nisbatan uzun va hazm bezlari ham yaxshi rivojlangan. Baliqlardan farqli tomoni ichagi bevosita tashqariga ochilmay, balki uning kengaygan qismi kloakaga ochiladi.Sudralib yuruvchilarning ovqat hazm qilish sistemasi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshash, ular jag‘larida tishlar bo‘lishi va bezlarning faoliyati kuchayganligi bilan farq qiladi. Zaharli ilonlarda bir juft zahar bezlari ham ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Ingichka ichak bilan yo‘g‘on ichak chegarasida ko‘richak shakllangan, yo‘g‘on ichak yo‘li kloakaga ochiladi. Sutemizuvchilarda Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi tufayli hazm sistemasida moslanishlar paydo bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i burmali lablar bilan o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish hisobiga hosil bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘ida yuzasi ta’m bilish retseptorlari o‘rin olgan ko‘p so‘rg‘ichlardan iborat til, uch Ixtisoslashgan tishlarning paydo bo‘lishi sutemizuvchilar hazm sistemasidagi muhim moslanish hisoblanadi.Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon (sodda yoki Murakkab), ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Ichaklarning o‘lchami kattalashgan. ayniqsa, ko‘richak uzaygan. Chuvalchangsimon o‘simta ham ovqat hazm qilishda qatnashadi. Hazm bo‘lmagan oziq anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Download 266.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling