1. So‘nish jarayonidagi yo‘qotishlar qanday tashkil etuvchilardan tarkib topadi


Download 259.52 Kb.
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi259.52 Kb.
#1252614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Optika Lab 5 6 ASH

6-Labaratoriya ishi
1.Optik ulagichlarning qanday turlarini bilasiz?
2.Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar qaysi hollarda qo‘llaniladi?
3.Shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishini tavsiflang.
4.Optik tolalarni ajralmaydigan ulashning qanday usullarini bilasiz?
Optik ulagichlar
Tolali optik aloqa tizimlari liniyalarini o‘tkazishda uzatuvchi, qabul qiluvchi va liniya traktlarini tashkil etuvchi elementlarni o‘zaro ulashdan iborat texnik masala yuzaga keladi va bu masala optik ulagichlar yordamida hal etiladi. Optik ulagich – bu nurlanishni kiritish va chiqarish joyida tolali optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini, optoelektron modullarni kabel tolalari bilan ulash, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri yoki boshqa komponentalar bilan ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ulagichlarning ajraladigan va ajralmaydigan turlari mavjud. Ajralmaydigan ulanishni ta’minlovchi asosiy montaj usuli payvandlash hisoblanadi. Ajraladigan ulagichlar (ularni belgilash uchun konnektor, connector atamalaridan keng foydalaniladi) ko‘p martalab ulash/ ajratishlarni bajarish imkonini beradi [6].
6.2. Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi
Optik aloqa tarmog‘ining har bir tugunida kabelning optik tolalarini optik sxema elementlariga ulash imkoniyati ta’minlanishi kerak. Buning uchun odatda ajraladigan ulagichlardan foydalaniladi. Optik tolalarni optik sxema elementlariga ulash kommutatsiya qutilari, taqsimlovchi shkaflar va krosslar yordamida amalga oshiriladi. Ularda optik rozetkalar va optik kabelni mahkamlovchi elementlar joylashtiriladi. Tolali kabelning yorug‘lik uzatgichlari zaruriy kommutatsiyani amalga oshiruvchi optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.
Ajraladigan ulagichlardan optik aloqa liniyasining alohida passiv elementlarini ulashni ta’minlash uchun ham foydalaniladi. Bu turdagi ulashlar odatda tolali shnurlar – pigteyllar yordamida amalga oshiriladi. Har bir shnurning oxirgi uchlari sifatli ulanishga erishish uchun optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.

Download 259.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling