1 Soʻzlashuv uslubi


Download 19.85 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi19.85 Kb.
#1770725
Bog'liq
AY 2


1) Soʻzlashuv uslubi;
Bemor vrach huzuriga keldi
- Numadan shikoyatingiz bor?
Tuni bilan uxlamay chiqdim, dam istmam chiqadi, dam bezgak tutadi.
- Oldinroq boshqa kasal bilan og'rimaganmisiz?
Biroz, shamollashim bor edi.
- Qanday muolaja choralarin ko'rgandingiz?
Antibiotiklar ichgandim.
- Oilangizda boshqa biror kishi grippga chalinganmidi?
Ha, akam og’rigandi.
- Tushunarli, Sizga va'zi dorilar yozib beraman, shular qabul qilishingiz losim bo'ladi.


2) Rasmiy uslub;
University of management
and future technologies 1-bosqich talabasi
X.A.Radjiyevadan
A r i z a
2023-yilning 27-28-may kunlari Toshkent shahrida viloyat birinchiligi uchun o'tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etishim uchun ruxsat berishingizni hamda ko'rsatilgan kunlarda darslardan ozod qilishingizni so'rayman.

___________X.A.Radjiyeva 2023-yil 24-may




3) Ilmiy uslub;
Bakteriyalarni o'ldiradigan va organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi chidamli qiladigan moddalar qonda bo'ladi.
Leykotsit tarkibidagi leykin ham bakteriyalarni o'ldiradi. Shuningdek, leykinga o'xshash plakin degan modda qon trombotsitlaridan ajratib olinadi.
Qonning tabiiy muhofaza moddalaridan biri betalizin hisoblanadi.
Mana shulardan tashqari, qon va organizm suyuqliklarida «ingibitorlar» deb atalgan moddalar ham topilgan. Ular mikroblarning rivojlanishini va ko'payishini to'xtatibgina qolmay, balki viruslarga qarshi g'oyatda faol ta'sir qiladi. Chunonchi, nukleazalar oqsil tabiatli fermentativ moddalar bo'lib, nuklein kislotalarni parchalaydi. Shunisi ham borki, ribonuklein kislota RNKning faqat ribonukleaza fermenti, dezoksiribonuklein esa DNKning dezoksiribonukleaza fermentinigina parchalaydi.


4) Publitsistik uslub;
TEMUR BOBOGA MUROJAAT!
Tun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alla. Parquv bulutlarga boshini qo'yib, hilol uxlayotir shirin, beozor. Go'zal kanizaklar — hadsiz yulduzlar uning tegrasida qurishar davra. Sokinlik ko'rpasin yopinib olib, mizg'iyotir Zamin tinch va osuda... Faqat mening bezovta qalbim uyqu to'rlariga ilinmaydi hech. Ichki tug'yonlarim bo'g'zimdan toshib. Sizga xat bitmoqqa tutaman qalam. Siyohimning rangi etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezg'ilab to'kdim.
Dil so'zlaring ne deysizmi? Eshiting bobo!
Siz tiklagan Turonzamin halihanuz turadur, og'a-ini turkiyingiz bir-birini suyadir. Biri o'zbek, biri tojik, biri qirg'iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog'a, og'a-ini, singildir.
Bobojonim, axir ayting, orzuyingiz shul emasmi, tomirimda oqayotgan Turkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko'hna bino, qarang, qanday ko'rkamdir. Bir-biriga do'stlasharkan o'g'lonlaringiz, Bobo, yurtning, elning kelajagi gullab, yashaydi obod.
Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e'tiqod, go'yo qora zulmat ichra balqib chiqdi, nur, oftob. Erlarida mardlik mo'l-ko'l, ayolida nazokat, farzandlari bari baxtli, yurtda ko'pdir halovat. Tinglang, bobo. O'g'lonlari yurtim deya uyg'onsin, qalbimda erk ataluvchi o'chmas olovlar yonsin, yog'iylarning ko'zi chiqib, soqolini silasin, qabrdan ham qo'llab turgan qo'ling yaxshi deyarlar, fido bo'lay, jonim bobo, qo'llab turing o'zingiz. Ijobat bo'lur, bilaman, Sizning har duoyingiz...
...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol yorug' bo'lsin kelajak, pok ruhingiz qo'llasin, farzandingiz kutajak.
(D. Jo'rayeva)


5) Badiiy uslub
— Hozir, hozir! — dedi, — Suyar! Ho, Suyar! Bu yoqqa chiq, o'g'lim! E, yotganmiding! Mayli bu yoqqa o'tir. Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shedrin katta yozuvchimi?
Suyar goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi.
— Yo'q, Siz savolni noto'g'ri qo'ydingiz, — dedi Zargarov.
— Bunday: Saltikov ilgari o'lganmi, Shedrin?
— Ikkovi bitta odam-ku! — dedi Suyar, nima ekanini bilolmay. Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay o'rnidan turib o'yinga tushdi. Qutbiddinov do'q urdi:
— Saltikov bilan Shedrin-a? Kim aytdi senga?
— O'zim bilaman, kitobda bor.
— Kitobda bor? Shaxmatni ko'proq o'yna, itvachcha!
Qutbiddinov bola bechorani ko'p urishdi... Suyar yig'lab yubordi...
Anchadan keyin Suyar kattakon bir kitob ko'tarib chiqdi.
— Mana, — dedi portretni ko'rsatib, — mana, Saltikov-Shedrin!
Download 19.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling