1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi
Download 1.93 Mb.
|
FTU Savol-javob (1)
r, B va U ning berilgan qiymatlari uchun, massasi m bo’lgan ionning tok kuchini aniqlash mumkin. Ionni tezlatuvchi potensial U ni (bu holda, B = const) yoki magnit maydonining induksiyasi B ni (U = const) asta-sekin o’zgartirib ionlarning mass-spektri yozib olinadi. Birinchi holda, elektrostatik maydon kuchlanganligi, ikkinchi holda esa, magnit maydon induksiyasini qiymatlari yoyilgan (bir tekisda o’zgartirilgan). Magnit maydon induksiyasini yoyish ko’proq qo’llaniladi. Ion tokining molekulalarni ionlashtiruvchi elektronlar energiyasiga bog’liqligini o’rganuvchi tajriba B va U ning doimiy qiymatlarida olib boriladi
11. Mass-spektrometrlarning ajratib ko’rsata olish kuchi, fokuslashining sifati va sezgirligi (ionlar dastasi, magnit maydon, kirish, chiqish, tirqish, spektr chiziq, kengayish, energiya, bug’ bosimi, minimal massa). Mass-spektrometrlarning sifatini belgilovchi muhim kattaliklar quyidagilardan iborat: ionlar dastasini fokuslash sifati, ajratib ko’rsatish qobiliyati (kuchi) va sezgirligi. Magnit maydoni ionlar dastasini yo’nalish bo’yicha fokuslashdek qobiliyatga ega. Manbaning tasvirini hosil qilish va ionlar dastasini magnit maydonida yoyilishini kamaytirish, yo’nalish bo’yicha fokuslash deb ataladi (mass-spektrometrni kirish tirqishi manba bo’lib xizmat qiladi). Yaxshi fokuslash amalga oshganda mass-spektrometrning sezgirligi va ajratib ko’rsata olish qobiliyati oshadi. Spektrometrning ajratib ko’rsata olish kuchi R uning ikkita bir-biriga qo’shni turgan massasi m va m + m bo’lgan ionlarga tegishli chiziqlarni alohida-alohida ko’rish mumkinligini ko’rsatadi hamda quyidagi formula orqali ifodalanadi bu yerda, – kirish va - chiqish tirqishlarini kengligi, - fokuslashning mukammal bo’lmagani oqibatida ionlar dastasining kengayishi (magnit maydonining doimiy emasligi, potensial U ning o’zgarishi va boshqa sabablar). Ajratib ko’rsatishi 250 degani massalari 250 va 251 bo’lgan ikki xil ionning o’ziyozar asbobning qog’ozida alohida-alohida chiziqlarini ko’rish mumkinligini ko’rsatadi. Agar, R < 2000 bo’lsa, bunday spektrometrlar ajratib ko’rsata olish kuchi past, R > 10000 bo’lsa, bunday mass-spektrometrlar yuqori klassga kiradi. Mass-spektrometrning ajratib ko’rsata olish kuchi asosan, fokuslashning sifatiga va xiliga bog’liqdir. Ionlarni energiya bo’yicha har xilligi hisobiga spektr chiziqlarini maksimal darajada ajratib ko’rsatishga erishish mumkin emasligi ionlarni magnit maydoni orqali fokuslash va ajratish usulini muhim kamchiligi hisoblanadi. Spektrometrni ajratib ko’rsatish kuchini ko’paytirish uchun ikki marta fokuslash amalidan foydalaniladi. Bunday mass-spektrometrlarning ajratib ko’rsatish kuchi to 3000 gacha, ba’zi maxsus hollarda esa 106 gacha boradi. Asbobni sezgirligi deb o’rganilayotgan moddani aniqlash mumkin bo’lgan bug’ bosimiga yoki bu moddani minimal massasiga aytiladi. Ionlar hosil qilish va ularni massasiga qarab ajratish shartlarini yaratish uchun, modda bug’i bosimini pasaytirish va spektrometrda yuqori vakuum hosil qilish talab qilinadi. Bu shartlar va talablarga rioya qilish namunani massasi kichik bo’lishiga olib keladi. Mass-spektrometrni sezgirligi bug’ bosimi bo’yicha 10-14 Pa, mikrokirishmani aniqlashda 10-7 % gacha boradi. Mass-spektrni qayd qilish uchun moddaning bir necha mikro yoki nanogrami yetarlidir. Xromato-mass-spektrometrik tahlilda elektron zarb usuli qo’llanilganda 10-8 – 10-12 g., ionlashtirishni kimyoviy usuli qo’llanilib manfiy ionlar qayd qilinganda esa hatto 10-18 g modda spektr olish uchun yetarlidir. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling