1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi


Download 1.93 Mb.
bet6/20
Sana16.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1095085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
FTU Savol-javob (1)

22. H2O va COmolekulalari qanday normal tebranishlarga ega. Molekula tebranganda uning dipol momenti qanday o’zgaradi (valent, deformasion, tebranishlar soni, simmetrik, asimmetrik, tebranish davri, vыrojdeniya, chiziqli, chiziqsiz). Tebranishlar infraqizil sohada faol bo’lishi uchun, ya’ni shu nurlarni yutib, spektrda yutilish polosasi hosil qilishi uchun tebranish vaqtida molekulaning dipol momenti davriy ravishda o’zgarishi kerak. Tebranish vaqtida zaryad taqsimlanishining o’zgarishi natijasida hosil bo’luvchi o’zgaruvchi elektr maydon elektromagnit nurlanish bilan bog’liq.


1- rasm. Suv molekulasining normal tebranishlari natijasida hosil bo’ladigan elektrik dipol momentining o’zgarishlari. O’zgarishlar simmetriya o’qiga parallel yoki perpendikulyar yo’nalishlarda sodir bo’ladi. Tushunish oson bo’lishi uchun tebranishlarning amplitudasi bo’rttirib ko’rsatilgan.

2-rasm. Uglerod ikki oksidining simmetriyasi va asosiy tebranishlari. a - valent simmetrik sm-1; b - valent antisimmetrik sm-1; v - deformasion sm-1


23. Molekulaning xarakteristik va skelet (gavda) tebranishlari (tebranish modasi, atom gruppasi, tebranish chastotasi, spektrning qismi, xarakteristik gruppa, molekulaning tuzilishi, “barmoq izlari”). Har bir tebranish modasi molekulaning hamma yoki bir qism atomlarini shu harakatga jalb qiladi, lekin tebranishning ba’zi xilida hamma atomlar taqriban bir xil masofaga siljiydi, boshqa xilida esa atomlarning kichkina guruhsi boshqalariga nisbatan ancha ko’p siljiydi. Mana shu belgiga qarab normal tebranishlarni ikkiga ya’ni molekula gavdasining (skletining) tebranishlari va xarakteristik (funksional) guruhlarning tebranishlariga ajratish mumkin. Molekulaning gavdasi tebranganda uning hamma atomlari bu tebranishda bir xilda qatnashadi, xarakteristik guruh tebranganda esa molekulaning bir guruh atomlari harakatga keladi. Bu tebranishlarni alohida-alohida qaraymiz. Molekula gavdasi tebranishlarining chastotasi odatda, 1400 - 700 sm-1 oraliqqa to’g’ri keladi va molekuladagi chiziqli hamda tarmoqlangan zanjirli strukturaga (tuzilishga) tegishlidir. Molekula gavdasi tebranishlarining spektral polosalari shaklini ko’rinishi zanjirda yoki halqada joylashgan o’rinbosarning tabiatiga juda sezgirdir. Shuning uchun ham bunday polosalarni ba’zida «barmoq izlari» ham deyishadi, chunki ularning borligi orqali butun molekulani yoki uning strukturasini bir qismini bilish mumkin. Tabiiy va sintez qilib olingan timidinning IQ spektrlarini taqqoslash bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu spektrlarni «barmoq izlari» sohasida bir-biriga aynan o’xshashligi sintez yo’li bilan olingan timidinni tabiiysiga aynan o’xshashligini ko’rsatadi. Xarakteristik guruhning tebranish chastotasi umuman olganda molekulaning tuzilishiga bog’liq emas va ko’pincha ularning chastotalari gavda tebranishlari chastotasidan ancha katta yoki ancha kichik sohada joylashgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling